G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


Botanika fanining rivojlanish tarixi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Botanika fanining rivojlanish tarixi.
О‘simliklar haqidagi 
bizgacha yetib kelgan dastlabki ilmiy ma’lumotlarni eramizdan 
avvalgi III–IV asrlardagi yunon klassik faylasufi Aristotel va uning 
shogirdi, botanika fanining asoschisi Teofrast asarlarida kuzatish 
mumkin. 
8


XV–XVIII asrlar botanikaning rivojlanishida о‘simliklarni 
dastlabki rо‘yxatga olish davri hisoblanadi. Bu davrda о‘simliklar 
morfologiyasining asosiy tushunchalari, ilmiy atamalar vujudga keldi. 
О‘simliklarni klassifikatsiya qilishning uslublari va qonun-qoidalari 
ishlab chiqildi. О‘simliklar dunyosining dastlabki tizimlari yaratildi. 
XVII–XVIII asrlarda organizmlarning tuzilishi va vazifalari, ba’zi 
bir umumiy qonuniyatlar haqida juda kо‘p ashyoviy materiallar 
tо‘plandi. Ayniqsa, о‘simliklarning tashqi muhit bilan о‘zaro aloqada 
bо‘lishi, ularning yashash sharoitiga moslanishi haqida ma’lumotlar 
kо‘paydi. 
XIX asrining о‘rtalari hujayra nazariyasining yaratilishi M. 
Shleyden va T. Shvannlardir. 
XIX asrining ikkinchi yarmida evolyutsion ta’limot va tarixiy uslub 
asosida biologiyaning yangi tarmoqlari kelib chiqa boshladi. Ana shu 
davr turli о‘simliklar guruhlarining filogenetik tizimlarini yaratish 
bilan ham xarakterlanadi. 
XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida optik asboblar ustasi 
gollandiyalik Gans va Zaxariy Yansenlar mikroskopni kashf etdilar. 
XVII asrda о‘simlik organlarining hujayralardan tuzilganligi 
aniqlandi. 1665-yili ingliz fizigi R. Guk (1636–1703) о‘zi 
takomillashtirgan mikroskop orqali turli narsalarni: pо‘kak bо‘lagi, 
marjon daraxti о‘zagi, ukrop va boshqa о‘simliklarni о‘rganib, uning 
natijalarini о‘zining “Ba’zi bir mayda narsalarni tasvirlash” asarida 
bayon etdi. Bu asarda Guk birinchi bо‘lib “hujayra” atamasini 
ishlatgan. 
О‘simliklar anatomiyasi haqidagi birinchi asar angliyalik Gryu va 
italiyalik Malpigilar tomonidan yozilgan. Gryu о‘z ishlarini 
“О‘simliklar anatomiyasining boshlanishi” (1682), Malpigi esa ikki 
Aristotel
M. Shleyden
T. Shvann 
9


jildli ”О‘simliklar anatomiyasi haqida tasavvurlar”(1671) nomli 
asarlarida chop etdilar. 
Robert Guk
(1635–1703) 
Malpigi Marchello
(1628–1694) 
S.G. Navashin 
(1857–1930) 
1831-yili R. Braun hujayra yadrosini aniqladi va yadro hujayra 
hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrni olg‘a surdi. 
1884-yili rus olimi P.F. Goryaninov (1796-1856), keyinchalik chex 
olimi Purkinye va uning shogirdlari hujayra ichidagi tiriklik 
moddasiga katta ahamiyat berdilar. 1830-yili Purkinye bu moddani 
protoplazma
deb atadi. 1838-yili Shleyden tomonidan piyoz pо‘sti 
hujayralaridagi yadrocha aniqlandi. 
I.D. Chistyakov (1874), E. Strasburgerlar (1875) yadroning kario-
kinetik bо‘linishini yoki mitozni, V.I. Belyayev (1892–1894) 
reduksion bо‘linish yoki meyozni, S.G.Navashin esa (1898-y.) gulli 
о‘simliklardagi qо‘sh urug‘lanish kabi muhim yangiliklarni 
yaratganlar. 
XX asr biologiya fanining jadal rivojlanish davri hisoblanadi, bu 
davda biologiya sohasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar yangi ilmiy 
uslublardan samarali foydalanish bilan bog‘liqdir. 
XX asrda botanika sanoat, qishloq xо‘jaligi, tibbiyotda va atrof-
muhitni muhofaza qilish kabilarda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib 
borishidagi tushuncha va ta’limotlar Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin 
Muhammad Bobur kabi allomalarning asarlarida о‘z infodasini 
topgan. 
О‘rta Osiyo olimlarining fan tarixida qoldirgan olamshumul kо‘p 
qirrali ilmiy merosini о‘rganishga e’tibor har tomonlama ortib 
bormoqda. Keyingi о‘n yilliklar davomida О‘rta Osiyo mazkur 
olimlar ilmiy merosini о‘rganish markaziga aylanib qoldi. О‘rta 
10


Osiyolik olimlarning tabiiy-ilmiy merosini о‘rganish borasida olib 
borilgan tahlillar shundan dalolat beradiki, О‘rta Osiyo olimlari о‘z 
asarlari bilan jahon biologiya fanlarini rivojlantirishga beqiyos hissa 
qо‘shgan. Keyingi vaqtda О‘rta Osiyo olimlarining asarlarini har 
tomonlama tahlil qilinayotganligi va ularni chop etib, keng 
kitobxonlar ommasi hukmiga havola etilayotganligi ham fikrimizning 
dalilidir. Ayniqsa, О‘rta Osiyo olimlari, jumladan, Al-Xorazmiy, A. 
N. Forobiy, Z. M. Bobur kabi allomalarning ilmiy merosini 
о‘rganishga bag‘ishlab о‘tkazilgan yubiley anjumanlari munosabati 
bilan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ularni tabiiy fanlar sohasida 
qoldirilgan ilmiy merosini va biologiya fanlarini rivojlantirishga 
qo‘shgan hissalarini aniqlash va uni chuqur о‘rganishda muhim omil 
bо‘ldi. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish