joylashgan tangacha barglar asosi bilan о‘sadi, shuning uchun bahorda
uchki qismi qurib ketadi masalan: na’matakda.
Kurtakdan chiqqan yashil assimilyatsiya qiladigan barglarning
plastinkasi va barg bandi kuchli о‘sadi. Bо‘g‘im oralig‘i
interkalyar
meristema (bо‘g‘im osti о‘sish) hisobiga о‘sadi. Bu vaqtda kо‘pchilik
birpallali о‘simliklarning (qaysiki bо‘g‘imlari barg asoslari bilan
о‘ralgan) yopiq bо‘g‘imlari ichidan yangi naysimon barg asosiga
о‘ralgan yosh barglar birin - ketin paydo bо‘lib turadi. Agar bо‘g‘im
oralig‘i tez о‘ssa uzun novdalar paydo bо‘ladi. Agar bо‘g‘im oralig‘i
о‘smasa kalta novdalar paydo bо‘ladi. О‘t о‘simliklarning
kalta
novdalarini tо‘p novdalar deyiladi (qoqi, zubturm). Ba’zi о‘t
о‘simliklarning novdasi juda qisqa bо‘lganligidan novdasiz deyiladi,
bu albbatda notо‘g‘ri.
Novdaning uchki kurtagi doimo yangi barglarni hosil qilib turadi.
Ba’zida biror bir sabablarga kо‘ra uchki kurtak о‘sishdan tо‘xtaydi. U
vaqtda novdaning uchida boshqa kurtak paydo bо‘lmaydi. Poyaning
о‘sishi yon kurtaklar hisobiga bо‘ladi.
Novdaning uchida gul yoki
tо‘pgul paydo bо‘lganda vegetativ kurtak qaytadan paydo bо‘lmaydi
va novda bо‘yiga о‘smaydi. Uchki kurtak batamom yо‘qoladi.
Yillik va elementar novdalar. Mavsumi iqlim bо‘lgan zonalarda
kurtakdan novda bir marotaba bahorda yoki yozda shakllanadi (daraxt,
buta, kо‘p yillik о‘t о‘simliklar). Sо‘ngra boshlang‘ich novdasi
bо‘lgan qishlovchi tinimdagi kurtaklar paydo bо‘ladi. Bir vegetatsiya
davrida kurtakdan о‘sib chiqqan novdalarga yillik novdalar deyiladi.
Bu ayniqsa, daraxtlarda yaxshi kо‘rinadi. Barglarini qishda tо‘kadigan
daraxtlarda yangi barglar faqat bir yillik novdalarda hosil bо‘ladi.
Kо‘p yillik novdalarda barglar hosil bо‘lmaydi.
Doimo yashil bargli
о‘simliklarning barglari 3-5 yillik novdalarda saqlanadi.
Kurtakdan yangi novdalar bir yilda bir necha marotaba paydo
bо‘lishi mumkin. Mavsumsiz iqlimli tropik yerlardagi daraxtlarda bir
qancha vaqtgacha tinimdagi kurtaklar paydo bо‘lib turadi, sо‘ngra yil
davomida bir necha marta ulardan yangi novdalar shakllanadi (95-
rasm).
183
Ularda yana yangi kurtaklar paydo bо‘ladi. Masalan, kauchuk
beradigan Braziliya Geveya daraxti. Bunday novdalarning о‘sishi
tashqi muhit ta’siriga bog‘liq bо‘lmagan
hodisalar subtropik
о‘simliklarda uchrashi mumkin. Masalan, choy butasi, bir yilda 3-4-
marotaba novdalarining yangidan о‘sishi mumkin. Demak, bir yilda
bir necha marotaba yangidan о‘sishi vujudga kelgan novdalarni
elementar novdalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: