Kutubxonashunoslik


Kutubxonashunoslik va informatika



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Kutubxonashunoslik va informatika 
Kelib chiqishi bo‘yicha kutubxonashunoslik “informatsiyani 
asoschisi” hisoblanadi. Lekin shunday davr bo‘ldiki, informatika 
kutubxonashunoslikni egallash, uni yutib yuborishga harakat qildi. 
Kutubxonashunoslik va bibliografiyani informatikani bir usullari deb 
hisoblab, uni mustaqil bilim sohasi deb hisoblamadi. 
Informatika keng ma’noda – fundamental ilmiy fan bo‘lib, bir 
obyektni boshqa bir obyektda namoyon bo‘lishi natijalarini, jamiyatda, 
tabiatda va texnik qurilmalardagi barcha turdagi axborotlarni ishlab 
chiqish, qayta ishlash, saqlash va tarqalishini o‘rganuvchi bilimlar 
tizimidir.
Tor ma’noda esa - bu turli xil ilmiy - texnika axboroti xizmati 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy informatika. Kutubxonashunoslik 
va amaliy informatika fanlarini o‘zaro hamkorligi kelib chiqishi bir 
bo‘lgan, bir - biriga yaqin, teng, ikkala tomon ham bir - biriga foyda 
keltiruvchi fanlar sifatida qadrlanadi. 
Informatika tufayli kutubxonashunoslar jamiyatni axborotlashtirish 
va o‘z fanlarining nazariy va amaliy tomonlarida tub o‘zgarishlarni 
amalga oshirish zarurligini anglab yetmoqdalar. Hozirgi kunda 
kutubxonashunoslik 
fanining 
ilmiy tushunchalariga “axborot”, 
“axborotlashtirish”, “kompyuterlashtirish” va boshqa tushunchalar kirib 
bormoqda. Fanning o‘zi esa yangi yo‘nalishlarga o‘tish bosqichini 
tugallamoqda. 
Kutubxonachilik 
ishi 
endi 
axborotlashtirish 
industiriyasining bir sohasi sifatida faoliyat yuritmoqda. 
Hozirda kutubxonashunoslik va amaliy informatika fanlarining 
o‘zaro aloqalarida integratsiya tendentsiyasining kuchayishi holati 
ko‘rilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda “kutubxona - axborot fanlari” 
tushunchasi qo‘llanilishi bu tasodif emas. Kutubxonashunoslik va 
amaliy informatika fanlarining o‘zaro aloqa jarayonlarining rivojlanishi, 
bu inkorni inkori qonuniyatiga ko‘ra, yaqin kelajakda ularni o‘zaro 
aloqalari integratsiyalash jarayonida yangi bir asosda faoliyat yuritishga 
olib keladi. 
Kutubxonashunoslik fanini fundamental informatika faniga bo‘lgan 
munosabatiga kelsak, fundamental informatika kutubxonashunoslik fani 
uchun umumlashtiruvchi fan sifatida qaralishi, uning qonuniyatlari, 


54 
tamoyillari, kategoriyalaridan kutubxonashunoslik fani axborot - 
kutubxona faoliyati uchun xarakterli bo‘lgan axborot jarayonlarini 
o‘rganishda toboro ko‘proq foydalanishi kerak.
Shunday qilib kutubxonashunoslik kelib chiqishi bir bo‘lgan fanlar 
bilan o‘zaro aloqalarini nisbatan yuqori darajada doimiy va 
muvofiqlashgan deb xarakterlash mumkin.
Yaqin 
kelajakda 
kutubxonashunoslik, 
bibliografiyashunoslik, 
kitobshunoslik, amaliy informatika fanlari sohasida jiddiy o‘zgarishlar 
bo‘lishi uchun bir qator asoslar mavjud. Yuqoridagi fanlar yangi, yana 
ham umumiy nazariy asoslarga ega bo‘lgan fan - fundamental 
informatika asosida o‘z ilmiy bilimlarini qayta quradilar.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish