Kutubxonashunoslik


Kutubxonashunoslik va bibliografiyashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Kutubxonashunoslik va bibliografiyashunoslik 
Bular – mustaqil, bir - biriga yaqin, bir - biri bilan yaqin aloqada 
bo‘ladigan va bir - birini boyitadigan fanlardir. Bibliografiyashunoslik 
kutubxonashunoslik fanini ilmiy - nazariy potentsialini sezilarli darajada 
kengaytiradi. U bibliografik informatsiya ilmiy tushunchasidan 
foydalanadi, Bibliografiyasiz kutubxona ishining ko‘pgina ishlarini 
amalga oshirib bo‘lmaydi, masalan: fondlarni komplektlash, axborot - 
qidiruv tizimlarini ishlab chiqish, kutubxona fondini o‘rganish, 
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda tavsiya bibliografiyasidan 
foydalanish, yangi adabiyotlar haqida axborot berish va boshqalar. 
Bibliografiya ma’lum darajada kutubxonalar orqali tarqaladi. 
Shuningdek bibliografiya nazariyasi - bibliografiyashunoslik rivojlanadi. 
U o‘z navbatida kutubxonashunoslik fani tamoyillari, nazariyasi, 
usullari, tushunchalaridan foydalangan holda uning ilmiy-nazariy 
potentsialiga suyanadi. Ushbu fanlarni bir-biriga yaqinlashtirish, olimlar 
oldida turgan muhim vazifalardan biridir. 
Kutubxonashunoslik va kitobshunoslik 
Kitobshunoslik - kutubxonashunoslik bilan yaqin, bir - biriga 
bog‘langan 
ilmiy 
fan. 
Lekin 
ko‘pgina 
kitobshunos 
olimlar 
kutubxonashunoslikni, kitobshunoslik fanini tarkibiy qismi sifatida 
qarashadi. 
Kitobshunoslik, kitobshunos olimlarning bergan ta’rifiga ko‘ra 
kitob haqidagi barcha fanlarning quramasidir. Kutubxonashunoslik 
fanini kitobni o‘zini emas, balki axborotni saqlovchi elementlardan biri - 
nashr shakl sifatidagi holati, mazmuni qiziqtiradi. Kutubxonashunoslar 
o‘z faoliyatlarida ushbu fanning asosiy tushunchalari: kitob, kitobat ishi, 
nashriyot, kitob tarqatish va boshqadan foydalanadilar. 
Kitobshunoslik va kutubxonashunoslik fanlari kitobxonlik deb 
ataluvchi tadqiqot sohasida bir - biriga juda yaqin aloqada bo‘ladi. 
“Kitobxon”, “o‘qish” tushunchalari kutubxonashunoslikdagi muhim 
tushunchalar bo‘lsada, ular tor ma’noda ishlatiladi. Kitobni bilish, uni 
ma’nosini, maqsadi va qanday kitobxonlar guruhiga mo‘ljallanganligi - 
bu kutubxonachining kasbiy faoliyatidir. Ba’zi bir kutubxonachilik 
tadqiqotlari kontsepsiyalarini ishlab chiqishda kitoblarni ijtimoiy hodisa 
sifatida rivojlanishining umumiy qonuniyatlari katta rol o‘ynaydi. 
Kitobshunoslar o‘z navbatida kitobxonlar, ularni qiziqishlari, 
axborotga bo‘lgan talablari, alohida nashr turlaridan foydalanish, aniq 


53 
nashrlar va boshqalar haqidagi nazariy xulosalar va empirik 
ma’lumotlardan foydalanadilar. Kitobshunoslik va kutubxonashunoslik 
fanlarini juda ham yaqinligi, ushbu fanlarni yagona fan deb qarash yoki 
biri ikkinchisini tarkibiga kiradi deb hisoblashga hech qanday asos yo‘q. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish