www.ziyouz.com
kutubxonasi
384
aytgan so‘zlarini, qilgan ishlarini yaxshilik o‘lchovi qildim. Har nimani qilmoqchi
bo‘lsanglar, shunga qarab, shundan ibrat olib qilinglar.
Demak, Rasulullohning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari ummatlari uchun saodat o‘lchovi
ekandur. Agar ummatlari shunga qarab ish olib borsalar, haq yo‘ldan hech
adashmaydilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Xudo tarafidan bir yo‘l keltirdim. U ersa Islom dinidur. Insonlar uchun moslashgan bir
ilohiy qonundir. To‘g‘ri, keng, yumshoq va yorug‘ yo‘ldur. Bu yo‘lning boshi — shu
dunyoda, oyog‘i u dunyoda — jannatdadur. Bundan tashqari chiqqanlar oxiratda abadiy
azobga qolgaylar, bu dunyoda ersa, qo‘llari ishdan bo‘shamagay. Ko‘ngillari g‘am-
qayg‘udan chiqmagay. Agar ummatlarim shu yo‘ldan chetga chiqmay to‘g‘ri tursalar,
qaysi yoqqa qo‘l uzatsalar, rizqini olib yeydi, — dedilar.
Rasulullohning bu so‘zlari haqdur, chunki shunga o‘xshash so‘zlarni Alloh amri bilan
ayturlar.
TUGANCHI
(xotima)
Endi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ummatlari uchun shuncha qilg‘on
og‘ir xizmatlari, islom dini yo‘lida tortgan cheksiz azoblari, mashaqqatlarining ajr-
savoblarini u zotga Alloh taolo O‘zi ato qilsin.
Bu kitobda yozilgan Rasulullohning sifatlarini o‘qiganlar, har bir o‘rinda aytgan so‘zlarini
anglab, qilg‘on ishlaridan musulmonlar ulgu olib, amal qilsalar, Allohning ulug‘ rahmatiga
loyiq bo‘lib, uning diydoriga musharraf bo‘lg‘aylar, inshaalloh. Ushbu so‘zlarini to‘plab,
kitob yozguvchi bu gunohkor bandani ham eskarib duoda yod qilguvchilar bo‘lsa, ularni
ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomat kuni shafoat vaqtida yod qilg‘aylar.
Ey Rabbim, mundoq ulug‘ ne’matni — habibing Rasululloh Hazrati Muhammad Mustafo
sollallohu alayhi vasallamning tarix va tavsiflarini yozishni mendek g‘arib qulingga nasib
qilding. Men endi bu ulug‘ davlat shukrini qandoq ado qila olgayman? Uning dargohida
shu tilim birla nima deb shukr aytishimni bila olmayman.
Bayt:
Bu ulug‘ ne’matni shukrin men kabi ojiz quli,
Qancha aytsa bo‘ldirolmasdur aning mingdin biri.
Imom Buxoriy rivoyat qilur, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayturlar: «Ilon
odamni ko‘rganida o‘z iniga qarab qochganidek, iymon ham Madinaga qochadi».
Rasululloh oxirzamon alomatlari bayonida bu so‘zni demishlardur. Alarning aytganlari
shu kunlarda boshimizga kelib, ko‘zimiz bilan uni ko‘rib turibmiz.
Ulug‘ avliyolardan imom Sha’roniy aytadur: «Tarix hijrat bir mingdan o‘tdi ersa, ajoyib
zamonlar bo‘lg‘ay. Ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, ko‘ngilga kelmagan ishlarni
ko‘rgaylar. Ilm oshib, hunar ko‘payib, tabiat sirlari yuzaga chiqqay. Lekin din
tashlanganlikdan iymon, insof, adolat yer ustidan ko‘tarilgay.
Rasululloh aytganlaridek, shu kunlarda butun Yer usti kofirlarga to‘ldi. Yarim milliarddan
ko‘p musulmon atalgan kishilar ichida Islom homiyi bo‘lg‘udek biror podsho yoki biror
hukumat hech yerda yo‘qdur. Dinsizlik ofati butun olamni qoplamishdur. Din ilmi xalq
ko‘nglidan burundanoq ko‘tarilmish edi. Yaqin ming uch yuz yil islomiyatda o‘tgan
Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, butkul Turkiston bolalari shu kunlarda
musulmonchilikdan «Bismillah»ni ham bilmay qoldilar. Og‘izda bo‘lsa ham iymon
kalimasini o‘qishdan ajradilar. Yer ustiga tarqalmoqda bo‘lgan dinsiz kommunistik
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |