11.4. Subyektning moliyaviy hisobotini o‘rganish va u belgilangan
muddatlarda topshirilishi ta’minlanishini tekshirish
Korxonaning asosiy vazifasi – mahsulot (ishlarni bajarish yoki
xizmatlarni ko‘rsatish) ishlab chiqarish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
sotilishidan istiqbolda ko‘zlangan natijalarni olish - ishlab chiqarish va
iste’molchilarga sotuv bozorida tovarlarni, nomoddiy xizmatlarni sotish
(loyiha-tadqiqot ishlarni bajarish, transport va bank xizmatlarini
ko‘rsatish va boshqalar) va iste’molchilarga boshqa xizmatlarni bajarish
jarayonida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-Xo‘jalik faoliyati jarAyonida korxona ishlab-
chiqarish-Xo‘jalik jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan
schyotlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi
lozim. Bu korxonani faollik bilan moliyaviy faoliyatini amalga
204
oshirishga, investitsiya bozorlarida faoliyat ko‘rsatishga undaydi.
Xodimlarni boshqarish va ma’muriy faoliyat ham ishlab chiqarishning
bir qismi hisoblanadi, chunki u ishlab chiqarish jarayonini qo‘llab-
quvvatlaydi va uning rivojlanishiga imkon yaratadi.
Korxona o‘zining ishlab chiqarish faoliyati bilan yagona tizim
hisoblangan jamiyatning bir qismi hisoblanadi. Bu umumiy tizimning
boshqa bo‘g‘inlaridan turli darajada qaram bo‘lgan ochiq bo‘g‘indir, o‘z
navbatida, ular ushbu bo‘g‘inga bog‘liqdirlar. Korxona bilan o‘z
manfaatlari va maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan va, shu bois, unga
qaram bo‘lgan shaxslar, guruhlar yoki uyushmalar korxonaning o‘zaro
bog‘liq guruhlari deb ataladi. Bular: xususiy mulkdorlar, xodimlar,
moliyachilar, ta’minotchilar, Xaridorlar va umuman jamiyatdir. O‘zaro
bog‘liq guruhlar korxonaga qo‘yilmalarni amalga oshiradilar va buning
uchun turli ko‘rinishdagi ulush to‘lovlarini oladilar. O‘zaro bog‘liq
guruhlar ichida korxona faoliyati va uning natijalariga muayyan ta’sir
ko‘rsatuvchi ayrim raqobatchilar ham bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlari va pul aylanishi u yoki bu darajada
vaqt bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tarkibiy
qismlarni sotib olish va ishlab chiqarishni o‘zini tashkil etish ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan daromadlardan oldin hosil
bo‘lishi munosabati bilan korxona rahbariyati ishlab chiqarish jarayonini
korxonaning moliyaviy imkoniyatlari bilan muvofiqligini ta’minlashi
lozim. Bu korxonaning moliyaviy-Xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida haqqoniy
xulosalar shakllantirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar
kiritish uchun korxonada audit o‘tkazishning eng muhim bosqichlaridan
biri hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy-Xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda mahsulot
(ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishining hajmi ko‘rib
chiqiladi; ular hisobot davrida mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar bilan
solishtiriladi; mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishi
dinamikasi, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi va hisobga olinishi,
sifatsiz
mahsulot
(ishlar,
xizmatlar)
ishlab
chiqarishdan
nobudgarchiliklar va sifatsiz hamda butlanmagan mahsulot yetkazib
berilganligi uchun to‘lovlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish
va sotish bo‘yicha xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish
bo‘yicha hisobot ma’lumotlari dastlabki hujjatlar va buxgalteriya hisobi
ma’lumotlariga muvofiqligi, korxonaning sanoat-ishlab chiqarish va
barcha xodimlarining soni va korxonaning o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar tahlil qilinadi.
205
Yuqorida qayd etilganidek, korxonaning moliyaviy-Xo‘jalik
faoliyati
to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning asosiy hajmi korxona
faoliyatining barcha jabhalarini pul ifodasida aks etuvchi va bir vaqtning
o‘zida hisobot davri bo‘yicha hisob ishlarining yakuniy bosqichini
ifodalovchi moliyaviy hisobotda mujassamlangan.
Moliyaviy
hisobotlarning
namunaviy
shakllari,
tayyorlash
qoidalari, taqdim etish muddatlari, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash
tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonuni (keyingi kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar bilan) va
korxonalarning chorak va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to‘ldirish
to‘g‘risida
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining
yo‘riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Korxonalar tomonidan chorak va yillik moliyaviy hisobotlarni
tayyorlashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim: hisobot davri
bo‘yicha barcha Xo‘jalik operatsiyalar va ishlab chiqarish zaxiralari,
tayyor mahsulot va hisob-kitoblarni inventarizatsiya natijalari to‘liq aks
etilishi; sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlari bir biriga mos kelishi;
hisobot va balans ko‘rsatkichlari sintetik va tahliliy hisob ko‘rsatkichlari
bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilgan asos bo‘luvchi hujjatlar yoki
ularga tenglashtirilgan ma’lumot texnikaviy saqlovchi manbalar asosida
to‘ldirilishi va bir biriga to‘liq muvofiqligi; balans moddalari to‘g‘ri
baholanishi.
Balans ma’lumotlari yil boshi va oxiriga solishtirishligini
ta’minlash uchun tasdiqlangan balansining yil boshiga moddalar
nomenklaturasi balansning yil oxiriga belgilangan bo‘limlar va
moddalar nomenklaturasi va guruhlanishi bilan muvofiq bo‘lishini
ta’minlanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil
27-dekabrda «Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va ularni
to‘ldirish qoidalari to‘g‘risida»gi 140-sonli buyrug‘i bilan yuridik
shaxslar uchun (budjet muassasalari, sug‘urta tashkilotlari va banklar
bundan istisno) yillik va chorak hisobotlari quyidagi shakl va hajmlarda
tasdiqlagan:
yillik hisobot:
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha
ma’lumotnoma»;
3-sonli shakl «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot»;
206
4-sonli shakl «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»;
5-sonli shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot».
yarim yillik va chorak hisobot:
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha
ma’lumotnoma»;
Korxonaning yillik moliyaviy hisobotiga hisobot yili davrida
korxona faoliyati natijalariga ta’sir etgan omillarni yoritgan holda,
korxonada yillik moliyaviy hisobot natijalari va sof foydani taqsimlash
yuzasidan ko‘rib chiqib qabul qilingan qarorlarni aks ettiruvchi
tushuntirish xati va buxgalteriya hisoboti tekshiruvi to‘g‘risida auditorlik
xulosasi ilova qilinadi.
Agar yil boshiga kirish balansi o‘zgartirilgan bo‘lsa, hisobotga
ilova qilingan tushuntirish xatida buning sabablari ko‘rsatiladi. Bunda,
shuningdek, korxonada qabul qilingan hisob siyosati, kelgusi yil uchun
hisob siyosati, agar u hisobot yilida qabul qilingandan farq qilsa,
keltiriladi.
Chorak va yillik hisobotlarni tayyorlashda korxona egalari va
davlat manfaatlariga rioya qilish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar,
soliq idoralari, ta’sischilar, banklar, xalqaro andozalar talablarini
hisobga olish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun,
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda buxgalteriya
hisobini yuritish va hisobotlarni tayyorlashga oid amaldagi barcha
yo‘riqnomalarga asoslanish lozim.
Moliyaviy hisobot tuzish uchun sana bo‘lib hisobot yilining oxirgi
taqvimiy kuni hisoblanadi. Tugatilgan yoki hisobot yilida davlat
tasarrufidagi mulkchilikni jamoa mulkchiligiga aylantirib qayta tashkil
etilgan korxona tomonidan yil boshidan tugatilgan (qayta tashkil etilgan)
vaqtgacha bo‘lgan muddatga amaldagi yillik hisobot shakllari bo‘yicha
hisobot taqdim etiladi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar hisobotda o‘z mablag‘lari va
ularning manbalarini (sotib olingan, qabul qilingan qiymati bo‘yicha)
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan oyning 1 sanasidan hisobot
yilining 31-dekabrigacha hisobotda ko‘rsatadilar, hisobot yiling
1-oktabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa - davlat ro‘yxatidan
o‘tgan sanadan boshlab keyingi yilning 31-dekabrigacha hisobot
207
beradilar. Qayd etilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan)
korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalariga taalluqli emas.
Korxona balansining bandlari aktivlar va passivlarning sinchkovlik
bilan o‘tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi lozim. Bunda yillik
hisobot taqdim etilgunga qadar, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi
inventarizatsiya
komissiyasi
tomonidan
inventarizatsiya
vaqtida
qiymatliklarning amaldagi mavjudligi bilan buxgalteriya hisobidagi
ma’lumotlar o‘rtasidagi farqlar tartibga keltirilishi lozim. Shuningdek,
solishtirma dalolatnomalari yoki o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiqni
tasdiqlovchi xatlar bilan rasmiylashtirilgan debitorlik va kreditorlik
qarzlari bo‘yicha inventarizatsiya amalga oshiriladi. O‘tkazilgan
inventarizatsiyaning
soni
va
natijalari,
shuningdek,
ular
o‘tkazilmaganligi sabablari yillik hisobotga ilova qilinadigan
tushuntirish xatida aks etilishi kerak.
Moliyaviy, soliq idoralari va bank muassasalari bilan hisob-
kitoblar bo‘yicha balans moddalaridagi summalar ular bilan kelishgan va
muvofiq bo‘lishi lozim. Balansda ushbu hisob-kitoblar bo‘yicha tartibga
solinmagan summalarni qoldirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |