174
Bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha
hisob-kitoblarni auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazish uchun ma’lumot manbalar quyidagilardan
iborat: kredit shartnomalari, kredit va qarzlaridan foydalanganligi uchun
foizlar to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar, to‘lov hujjatlari ilova qilingan
bank ko‘chirmalari, 3-sonli jurnal-order va sintetik va tahliliy
hisoblarning
boshqa registrlari, Bosh kitob, balans, moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot va hokazolar. Bank kreditlari va qarzlar hisobini
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad korxonaning olingan
kreditlar va boshqa qarz mablag‘larini
aks ettiruvchi hisobot
ko‘rsatkichlarining ishonchliligi to‘g‘risida yetarli dalil-isbotlarga ega
bo‘lishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak:
- kredit va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligi;
- kredit va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz
mablag‘larining olingan manbalari);
- qarz mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ularni to‘liq hamda
o‘z vaqtida qaytarish (qarz mablag‘lari qaysi maqsadlar uchun
ishlatilgan,
kreditlar
va
qarzlar
bo‘yicha
qarzdorlik
qanday
qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik mavjudligi);
- qaytarilmagan kredit va qarzlarning qoldiqlari hamda ular
bo‘yicha foizlar to‘lanishini baholash;
- kredit va qarzlar bo‘yicha sintetik
hamda analitik hisobning
yuritilishini
tekshirish
(kredit
va
qarzlarni
hisobga
oladigan
schyotlarning qo‘llanilishi, qarz mablag‘larini olish va qaytarish
muomalalarini aks ettirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish
tamoyillariga rioya qilinishi).
Auditorlik dalil (isbot) larga ega bo‘lish uchun turli usullar
(hujjatlarni
tekshirish, muomalalarni ko‘pib chiqish, o‘z mablag‘lari
bilan qarz mablag‘larning nisbatini aniqlash maqsadida analitik
amallarni bajarish) va axborot manbalaridan foydalaniladi. Bank
kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagi
ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:
- bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini
va soliqqa tortish muomalalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;
- bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha muomalalarni rasmiylashtirish
va hisobda aks ettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar (kredit
va
qarz shartnomalari, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining o‘zgarishi
to‘g‘risida kredit shartnomalariga qo‘shimcha qilinadigan bitimlar,
kreditni qaytarish muddatlari, kredit shartnomalarining boshqa shartlari);
175
- kredit shartnomasiga muvofiq qaytariladigan kredit va foiz
summalarining
akseptsiz
(roziliksiz)
hisobdan
o‘chirilishini
tasdiqlaydigan memorial-orderlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir
sintetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta
tekshiruvdan o‘tkaziladi. Mazkur sohani tekshirish uchun zarur
axborotlar moliyaviy hisobotning quyidagi
shakllarida aks ettiriladi
(9.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: