Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
 
 


154 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Pul mablag‘lari auditida qanday ma’lumot manbalaridan 
foydalaniladi?
2.
Kassa muomalalari auditi qanday amalga oshiriladi? Uning 
kassani taftish qilishdan farqi nimada? 
3.
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbalari bo‘lib 
nimalar hisoblanadi? 
4.
Kassa operatsiyalari tekshiruvining asosiy bosqichlari nimalardan 
iborat? 
5.
Pul hujjatlari va qimmatli qogozlar qanday tekshiriladi? 
6.
Kassa muomalalari bo‘yicha savolnoma qanday maqsadlar uchun 
tuziladi? Kassa auditida eng ko‘p uchraydigan xatolarni ta’riflang. 
7.
Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalarni tekshirish qanday 
amalga oshiriladi? 
8.
Valyuta schyoti auditining xususiyatlari nimalardan iborat? 
9.
Bankdagi maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalar qanday 
tekshiriladi? 
10.
Banklarda schyotlarni ochish va yopish qanday me’yoriy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi? 
11.
Xorijiy valyuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks 
ettirish qanday me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi? 
12.
Pul mablag‘lari va kassa operatsiyalarini yuritishda odatda 
uchraydigan xato va kamchiliklar nimalardan iborat? 


155 
9-MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA 
BOSHQA QARZLAR AUDITI 
 
9.1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo‘yicha muomalalar 
auditining uslubi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro 
hisob-kitoblarni amalga oshiradilar, ya’ni erkin iqtisodiy munosabatga 
kirishadilar. Bunda mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va 
boshqa Xo‘jalik muomalalari vujudga keladi. Natijada subyektlar 
o‘rtasida hisob-kitob muomalalarini amalga oshirish jarayoni vujudga 
keladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan xom-
ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar
xaridor va buyurtmachilar bilan ortib jo‘natilgan mahsulot, transport 
tashkilotlari bilan yuklarni tashish, soliq organlari bilan budjetga 
to‘lovlar yuzasidan va h.k. Bulardan tashqari jismoniy shaxslar, 
xodimlar bilan turli xil hisoblashishlarni amalga oshirish mumkin. 
Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, kreditga 
olingan tovar-moddiy boyliklarga to‘lovlar yuzasidan va h.k. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar asosan 
naqd pulsiz amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat 
safarlariga, xo‘jalikning mayda xarajatlariga hisobdorlik asosida 
beriladi.
«Korxonaning ba’zi xarajatlari hisobdor shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladi. Korxonaning ayrim xodimlariga xizmat safari 
xarajatlari, ayrim mayda Xo‘jalik xarajatlari uchun kassadan mablag‘ 
beriladi. Hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan 
mehnat haqi bo‘yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar 
bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bu hisob-
kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki 
hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko‘p xato-kamchiliklarga yo‘l 
qo‘yiladigan soha bo‘lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor 
qaratishni talab etadi»
1
.
Hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan asosiy 
maqsad buxgalteriya hisobidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir 
debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo‘limning ishonchliligi, 
qo‘llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi 
1
Umarova M. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-T.: 2004., 95-b. 


156 
me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida fikr shakllantirib, 
quyidagilarni aniqlashdan iborat:
- to‘liqligi - barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks 
ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yuqligi; 
- mavjudlik - balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat 
haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo‘yicha majburiyatlar 
mavjudligi; 
- majburiyatlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar 
summalari qonuniyligi va to‘g‘riligi; 
- baholashlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; 
- aniqligi - mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat 
safari bo‘yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to‘g‘ri 
hisoblanganligi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining sintetik va 
analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi; 
- hisob davrining cheklanganligi - ichki hisob-kitoblarga doir 
barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo‘lsa, aynan mana shu 
hisob davrida aks ettirilganligi; 
Taqdim etish va bayon qilish - ichki hisob-kitoblarga doir 
majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi. 
Ushbu maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi 
vazifalar hal etilishi lozim: 
- auditor tekshiruv mobaynida hisobot ko‘rsatkichlarida jiddiy 
xatolar yo‘qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilish; 
- dalillarni to‘plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan 
axborot bazasidan foydalanish; 
- auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni 
tekshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va 
analitik hisob registrlari va boshlang‘ich hujjatlarni jamlash; 
- ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks 
ettirish; 
- soliqqa tortish bo‘yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi 
me’yoriy hujjatlar paketini mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini 
hisobga olgan holda shakllantirish. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar asosan 
naqd pulsiz amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat 
safarlariga, xo‘jalikning mayda xarajatlariga hisobdorlik asosida 
beriladi. 


157 
Auditor ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan 
schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob registrlari korxonada 
qo‘llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order, memorial-order, jadval va 
h.k.) bog‘liqligini bilishi kerak. Masalan, buxgalteriya hisobi jurnal-
order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK 8-ASK va 10-ACK 
jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) 
shaklida – 4210 - «Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘nak», 6510 - 
«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar», 6710 - «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar 
bilan hisob-kitoblar», 6720 - «Deponentlangan mehnat haqi», 4220 - 
«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar», 4230 - «UmumXo‘jalik 
xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar», 4290- «Xodimlarga berilgan 
boshqa bo‘naklar», 6870-«Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710 - 
«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari», 4720-
«Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari», 4730 - «Moddiy 
zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» va 4790 - 
«Xodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo‘yicha debet va kredit 
oborotining mashinogrammalari tekshiriladi. 
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor ushbu hujjatlarning 
belgilangan 
tartibda 
tasdiqlangan 
namunaviy 
shakllaridan 
foydalanilganligini ham aniqlashi zarur. 
Hisob-kitob va kredit operatsiyalar auditining asosiy manbasi 
bo‘lib quyidagi me’yoriy va dastlabki hujjatlar hamda buxgalteriya 
hisobi registrlari hisoblanadi (9.1-jadval).

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish