Xix. Suv iste’molchilari uyushmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining ish faoliyatini o’rganish


Irrigatsiya va melioratsiya tizimi boshqarmasi tomonidan suvni



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#816226
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XiPhZlBcBjCJU4uaB0nD16BO7oCYM6Pe3nlVUSjI

19.3. Irrigatsiya va melioratsiya tizimi boshqarmasi tomonidan suvni 
yetkazib berish bo’yicha qilinadigan xarajatlar
Suv istemolchilar uyushmalari lar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 5 yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo’jaligi korxonalarini 
fermer xo’jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan va 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 72-moddasi talablari doirasida 
notijorat, nodavlat tashkilot sifatida tashkil etilgan bo’lib, asosan, o’z faoliyatini suv 
iste’molchilarining to’lovlari hisobiga moliyalashtiradi. 
Ta’kidlangan 8-sonli qaror bilan tasdiqlangan «Qayta tashkil etilayotgan 
qishloq xo’jaligi korxonalari hududida o’zaro suv xo’jaligi munosabatlarini tartibga 


solish tartibi» sobiq shirkat xo’jaliklari ichki sug’orish tarmoqlari hududida 
joylashgan barcha suv iste’molchilarini suvdan birgalikda jamoa bo’lib foydalanish 
uchun ixtiyoriy ravishda birlashishni huquqiy jihatdan tartibga soldi
1

Suv iste’molchilari uyushmalari suv xo’jaligi quyi tizimidagi tashkiliy-
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish imkonini beradi va sobiq shirkat xo’jaliklari 
tasarrufidagi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, tashkil 
qilingan fermer xo’jaliklariga o’z vaqtida talab qilinadigan suvni yetkazib berish 
vazifalariga xizmat qiladi. 
Suv iste’molchilari uyushmalari, asosan, aniq irrigatsiya-melioratsiya 
tizimiga bog’liq bo’lgan suv iste’molchilarning o’z xohishi bilan tuziladigan va ular 
tomonidan boshqariladigan notijorat va nodavlat tashkilotdir. Ya’ni, suv 
iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan samarali foydalanish 
va oqovaga chiqarish bilan bog’liq xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi fermer 
xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining birlashmasidir. 
Qishloq xo’jaligida suv iste’molchilari cheklangan miqdordagi suvni olish, 
undan va ichki suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish bilan bog’liq xo’jalik hamda 
boshqa faoliyatlarini amalga oshiruvchi fermer va dehqon xo’jaliklari hamda boshqa 
suv iste’molchilari hisoblanadilar. 
Suv iste’molchilari uyushmalarni tashkil etishdan maqsad qishloq xo’jaligida 
suvdan foydalanishning eng quyi bo’g’inida adolatli suv taqsimoti va irrigatsiya-
melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish orqali uyushma 
hududida suvdan samarali foydalanish uchun iste’molchilarning texnik-moliyaviy 
imkoniyatlarini birlashtirishdan iborat. 
Amalga oshirilayotgan agrar iqtisodiy islohotlarning chuqurlashishi sharoitida 
qishloq xo’jaligi korxonalarida suvdan foydalanishda bozor tamoyillarini joriy qilish 
va irrigatsiya-melioratsiya xizmati ko’rsatishni zamonaviy darajaga ko’tarish, ya’ni 
ushbu munosabatlarni bozor talablariga javob beradigan munosabatlarga aylantirish 
zaruriyati ortib bormoqda. Ammo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan 
1
«
Қ
айта ташкил этилаётган 
қ
ишло
қ
хўжалиги корхоналари 
ҳ
удудида ўзаро сув хўжалиги 
муносабатларини тартибга солиш тў
ғ
рисидаги» тартиб. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Ма
ҳ
камасининг 
2002 йил 5 январдаги 8-сонли 
қ
арорига илова / –Т.: – “Фан”. – 2003. – 38 б. 


shug’ullanuvchi fermer va dehqon xo’jaliklarining ekinlarni sug’orish uchun 
ajratilayotgan suvni yetkazib berish xarajatlarini to’la qoplash imkoniyati ob’ektiv 
va sub’ektiv sabablarga ko’ra cheklangan. Aksariyat qishloq xo’jaligi korxonalari 
iqtisodiy ahvolining zaifligi va, umuman, qishloq xo’jaligi tarmog’ining 
xususiyatlari doimiy ravishda moliyaviy ko’mak berishni taqozo etadi. SHuningdek, 
respublikamiz qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suvning 50 foiziga yaqini 
nasoslar yordamida dalalarga yetib boradigan sharoitda nasos stantsiyalari, 
gidrotexnik inshootlarini ekspluatatsiya qilish bilan bog’liq sarflarning tez ortib 
borishi qishloq xo’jaligi korxonalarini yanada og’ir ahvolga olib keladi. Bu 
holatning oldini olish uchun qishloq xo’jaligida suvdan samarali foydalanishning 
muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan suv xo’jaligi tizimining quyi bo’g’inida 
shartnoma munosabatlarini takomillashtirib borish kerak bo’ladi. Bu jarayon erkin 
bozor shartnomalarining qo’llanish sohalari kengayishiga, tadbirkorlik 
tashabbuslarining yanada to’laroq namoyon bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Shuningdek, bozorning faoliyat ko’rsatishi, har bir tadbirkorning imkoniyatlardan 
to’laroq foydalanishi uchun keng shart-sharoitlar yaratib beradi.
Suvdan foydalanishning quyi bo’g’inida shartnomalar suv iste’molchilari va 
suv iste’molchilari uyushmalari o’rtasida ularning manfaatlari yo’lida erkin tuziladi. 
Shartnoma xo’jalik munosabatlari mexanizmini tartibga solib turuvchi bosh omil 
sifatida amaldagi qonun talablarini hisobga olgan holda tuzilib, muhim huquqiy 
xujjat sifatida tomonlar tengligi va ularning manfaatlarini himoya qilishning 
xuquqiy tartibini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksida 
shartnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: “SHartnoma bilan ikki yoki bir qancha 
shaxsning fuqorolik huquqi va vazifalarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish 
to’g’risidagi bitimi tan olinadi”
2

Odatda shartnomalar vazifasi bo’yicha ko’p ma’noli bo’lib: 
– tomonlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yuridik jihatdan 
mustahkamlaydi, ularga majburiyat tusini beradi, ularni bajarish qonun bilan 
himoyalanadi; 


– majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash va ularning buzilmasligi uchun 
javobgarlik usullarini ko’zda tutadi, majburiyatlarni to’xtatish asoslarini ko’rsatib 
beradi. 
Shuningdek, shartnomalar pullik va bepul bo’lishi mumkin. Tomonlarning biri 
shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajargani uchun haq olsa, bunday 
shartnoma pulli hisoblanadi. Tomonlarning biri ikkinchi tomonga shartnoma 
bo’yicha biror nimani berish majburiyatini olsa, buning evaziga to’lov yoki boshqa 
biror narsa olmasa, bunday shartnoma pulsiz shartnomalar hisoblanadi. 
SHartnomaning har ikkala shakli ham vaziyat va imkoniyatdan kelib chiqqan holda 
amalda qo’llaniladi. Tadqiqot natijalari ko’rsatadiki, shartnomalarning ko’pchiligi 
pullik ko’rinishga ega bo’ladi, bular qatoriga suv iste’molchilari uyushmalar bilan 
qishloq xo’jaligi korxonalari o’rtasida suv yetkazib berish borasida tuziladigan 
shartnomalarni ham kiritish mumkin. 
Fermer xo’jaliklarining barqaror rivojlanishini belgilab beradigan asosiy 
shartlardan biri xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma sub’ektlari bilan tuzilayotgan 
shartnomalarga to’la amal qilish hisoblanadi. O’z navbatida, infratuzilma sub’ektlari 
ham fermer xo’jaliklari tomonidan o’z vaqtida ish va xizmatlarga buyurtma berish 
hamda to’lovlarni vaqtida amalga oshirish bilan bevosita bog’liqdir. Umuman 
olganda, qishloq xo’jaligi korxonalari va suv iste’molchilari uyushmalar o’rtasida 
o’zaro manfaatli tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirmasdan turib, 
samarali faoliyat yuritish juda qiyin.
Respublikamizda hozirda sug’orma dehqonchilikni suv bilan ta’minlash pulsiz 
amalga oshirilmoqda. Suv iste’molida suvdan foydalanish tekin bo’lishi, 
ta’kidlanganidek, suv iste’molchilarining suv sarfiga nisbatan befarq bo’lishiga va 
undan tejab-tergab foydalanishdan manfaatdor emasligiga olib keladigan holatlarga 
qarshi kurashish lozim bo’ladi.
Sug’oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash xarajatlarining asosiy qismi davlat 
byujetidan qoplanmoqda va bu xarajatlar tarkibi jihatidan quyidagicha ko’rinishga 
ega: 
– havzaviy boshqarma xarajatlari; 


– magistral kanallardan foydalanish xarajatlari; 
– irrigatsiya tizimlaridan foydalanish xarajatlari; 
– gidropostlarni saqlash va suv taqsimlash ob’ektlari xarajatlari; 
– suv omborlaridan foydalanish sarf-xarajatlari. 
Bugungi kundagi shakllangan suv taqsimoti tizimiga e’tibor qaratadigan 
bo’lsak, havza boshqarmasiga qarashli tizimlardan suv qabul qilib olish fermer 
xo’jaliklari va boshqa suv iste’molchilariga yetkazib berish uchun oxirgi vaqtda suv 
iste’molchilari uyushmalar suv yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar 
miqdoridan kelib chiqqan holda bir m
3
suvning bahosini belgilashadi va ushbu 
bahoda suvni iste’molchilarga yetkazib berishadi. 
Havza boshqarmasi esa manbalardan olinayotgan suv resurslarini o’zining 
tizimlari orqali suv iste’molchilari uyushmalarga bepul yetkazib beradi. Havza 
boshqarmasi qoshidagi magistral kanallar tizimi birinchi bo’lib manbalardan suv 
qabul qilib oladi. Ular, o’z navbatida, mavjud irrigatsiya tizimlariga ushbu suvlarni 
taqsimlab beradi. Irrigatsiya tizimlari esa qabul qilib olgan suvlarni gidropostlar 
o’rtasida taqsimlaydi. Gidropostlar havza boshqarmasi tizimidagi oxirgi nuqta 
bo’lib, ular suvni suv iste’molchilari uyushmalar va boshqa suv iste’molchilarga 
bevosita shartnoma asosida yetkazib beradi. Havza boshqarmasi tizimidagi hamma 
tashkilotlar davlat byudjeti mablag’lari bilan moliyalashtiriladi va, o’z navbatida,
suvni bepul yetkazib beradi. 
Bugungi kunda amalda suv iste’molchilar uyushmalari qabul qilib olgan 
suvlarni fermer xo’jaliklariga va boshqa suv iste’molchilarga shartnoma asosida 
yetkazib berishadi. Ayni paytda suv iste’molchilari uyushmalarga yetkazib 
beriladigan havzaviy boshqarma bo’yicha bir m
3
sug’orish suvini yetkazib berish 
tannarxi (S
Tan
) shakllanishi quyidagicha ko’rinishga ega 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish