Stol tennisi
— kichik koptok va raketkalar bilan stolda uynaladigan sport
oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp
mamlakatlarga tarkalgan. Dastlab "pingpong" (frans. pingpong — koptokning
raketka va stolga urilishida chikadigan ovoz) deb atalgan. St. uchun, odatda, stol
oʻlchami 152,5x274,3 sm; bal. 76 sm; turi 183x 15,25 sm boʻladi. Yogoch
raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi,
diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g . Uyin maydonchasining oʻlchami
6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobakalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va
ayollar — jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda
musobakalashadilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 21
ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 boʻlib qolsa, unda
oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi
Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926 y. tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy
federatsiyani birlashtiradi. 1926 yildan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi,
1988 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va
kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi
federatsiyasi 1993 y. ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura
Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa
sh., Qatar, 2004 y. mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqsirlanishdi. Ular
bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro
turnirlarda gʻolib boʻlishgan.
6.
SUZISH
Suzish-
jismoniy tarbiya va sportning ommabop, hayotiy zarur turlaridan
biri.
Suzish sog‘lomlashtiruvchi amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u yurak-qon tomir va
nafas tizimi faoliyatiga ijodiy ta’sir etadi, gavda muskullarini rivojlantiradi,
organizmning yuqumli kasalliklarga qarshiligini oshiradi. Bundan tashqari, suzish
har bir kishi uchun hayotiy zaruratdir. Chunki suzishni bilmaganlar uchun suv
baxtsizlik keltirishi mumkin. Suzishni bilgan kishi har qanday suvda xavfsiramay
suzaveradi, bordi-yu, mushkul vaziyat yuz bersa, qirg‘oqqacha yetib oladi yoki
yordam kelgunga qadar, suvda ushlashib turishiga ko‘zi yetadi. Yaxshi suzuvchi
cho‘kayotganga yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoladi.
Suzish o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy yuksak va sog‘lom qilib
tarbiyalashda yaxshi vositadir. Suzish mashg‘ulotlari, qat’iyatlik, tezkorlik,
chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashga
yordam beradi. Suzish talabalarni, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lajak
zobitlarni tayyorlashda muhimdir.
Suzish-sport suzishi, sinxron, suv osti, suvga sakrash va boshqa turlarni o‘z
ichiga oladi. Sport suzishi to‘rt asosiy turdan iborat: erkin (krol) usulda suzish,
chalqancha yotib (krol) usulida suzish, brass va batter–fley (delfin) usulida
suzish. Bu turlar bo‘yicha turli xil musobaqalar hamda Yevropa va jahon
birinchiliklari o‘tkaziladi. Suzish Olimpiya o‘yinlari dasturidan ham keng o‘rin
olgan.
Oliy ta’lim muassasasi talabalarga suzishni o‘rganishlarda yordam berish,
o‘quv dasturi talab va me’yorlari hamda suzish bo‘yicha “Alpomish” va
“Barchinoy” maxsus test me’yorlarini bajarish, shuningdek, suzishda sport
mahoratini takomillashtirishdir. Suzishni biladigan va bilmaydiganlar uchun
alohida mashqlar bayon qilinadi, mustaqil ta’lim mashg‘ulotlar o‘tkazish
bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ularni berilib o‘rganilsa, shug‘ullanuvchilar tez
orada suvda muallaq turadigan bo‘lib, sport suzishi usullarini egallab, mahoratlari
oshadi.
Suvga tushishga shoshilmang. Avval, suvda suzishni o‘rgatish qoidalari
bilan yaxshilab tanishing.
Suzishga o‘rganish, faqat mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarni tashkil etish va uy
topshiriqlarini vijdonan bajarishni emas, balki quruqlik hamda suvda muntazam
mashqlar o‘tkazishni talab qiladi. E’tiborli bo‘ling, berilgan tavsiya va
ko‘rsatmalarga amal qilishga intiling.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, suzishni yanada
ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida yangi hovuzlar, sport majmualari
qurildi. Bu sport turi bilan shug‘ullanuvchilar soni ortdi, o‘zbekistonlik
sportchilarning sport-texnikaviy ko‘rsatkichlari muntazam oshib bormoqda.
Shunga qaramay, suzish hovuzlarini qurish, ochiq suv havzalarida inshootlar
barpo etish ishlari hali yetarli darajada emas.
Suzishning o‘ziga xos hikmati bor. U insonlarga quvonch bag‘ishlaydi, dam
olish va chiniqishning ajoyib vositasi bo‘lib xizmat qilidi. Mashg‘ulot paytida
inson organizmi quyosh, havo va suvning sog‘lomlashtirish ta’siridan to‘liq
foydalanadi. Suvdagi mashqlar asab tizimini tinchlantiradi, kuchni oshirib,
bo‘g‘inlar harakatchanligini ta’minlaydi. Suv inson terisini tozalaydi, teri nafas
olishning yaxshilanishiga yordamlashadi. Suzish vaqtida moddalar almashinuvi
kuchayib, organizmning kislorod bilan ta’minlash miqdori keskin ortadi. Suvda
ko‘p shug‘ullanish organizmning tiniqib dam olishini ta’minlaydi. Suzuvchining
umumiy nafas olish, muskullari insonning kuchayishiga olib kelib, ularning har
tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Suzuvchilar muskullarning mutanosib
rivojlanganligi, chiroyli qaddi-qomatning shakllanishiga amaliy yordam beradi.
Suzish ba’zi mehnat turida amaliy ahamiyatga ega. Masalan, dengizchilar,
g‘avvoslar, gidrotexnik inshoot quruvchilar, baliqchilar uchun hayotiy zarurat
hisoblanadi. Suzishni bilish, turli vaziyatlarga ust-bosh bilan, ust-boshsiz, suv
havzasi, anhor orqali suzib o‘tish, falokat yuz berganda suvda cho‘kayotgan
o‘rtog‘iga yordam ko‘rsatishda zarur bo‘lgan muhim hayotiy malakadir. Bunday
malakalar harbiy xizmatdagi zobitlar uchun ham nihoyatda zarur.
Suzishda jismoniy rivojlantirish vositasi sifatida har tomonlama foydalanish
uning jismoniy tarbiya tizimida asosiy sport turlaridan biri sifatidagi o‘rnini
belgilab beradi. Suzish musobaqalari “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test
me’yorlarining barcha bosqichlari uchun majburiy talablardan biri hisoblanadi.
Yagona sport tasnifi talablarini bajarganlik uchun sport razryadlari va sport faxriy
unvonlari beriladi. Suzish umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim
muassasalari o‘quv dasturiga kiritilgan. Jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat ta’lim
standartlari va uning dasturi, suzishni o‘rgatish barcha o‘quvchilar uchun
majburiy ekanligini ko‘zda tutadi.
Бутун иш куни давомида хизматчи иш қобилиятининг юксаклигини
ва турғунлигини яратиш масаласи меҳнатни илмий ташкил этиш
(МИТЭ)нинг долзарб муаммоларидан бири ҳисобланади. Ишлаб
чиқариш жисмоний тарбиясининг шакллари бунга хизмат қиладиган
энг таъсирчан воситалар ҳисобланади.
Do'stlaringiz bilan baham: |