A.N.Seversov
bilan
V.A.Vangerning
ilmiy ishlarida rivojlantirildi. Bu hayvonlar psixik
faoliyatining turli xil shakllarini, ularning kelib chiqishidan boshlab tadqiq etish
imkonini beradi. A.N.Seversovning tasdiqlashicha, hayvonlarda organizmlar
tuzilishi o’zgarmagan holda faqat ularning xatti-harakatini o’zgartirish yo’li bilan
muhitga moslashtirishning evolyusiyasi bir-biriga qo’shilmaydigan ikki yo’ldan
borgan va hayvonot olamining ikkita tipida o’zining yuksak taraqqiyot darajasiga
erishgan. Bug’imoyoqlilar turida xatti-harakatning irsiy o’zgarishlari jadal tarzda
evolyusiyalasha boshladi, ularning yuksak taraqqiy etgan vakillari bo’lgan
hashoratlarda esa hayot tarzining barcha ikir-chikirlariga moslashgan g’oyat
murakkab va mukammal instinktiv faoliyatning bu murakkab va mukammal apparati
ayni chog’da o’ta qoloq hamdir, hayvonlar muhitning tez o’zgarishlariga moslasha
olmaydilar. Xordalilar turida evolyusiya boshqa yo’ldan boradi, instinktiv faoliyat
juda katta yuksaklikka erishmasa, ham lekin xatti-harakatni individual tarzda
o’zgartirish orqali moslashuv jadalroq rivojlana boshladi va organizmning
o’zgaruvchanligini juda ham oshirib yuboradi. Irsiy moslashuvchanlik ustida xatti-
harakatning individual tarzda o’zgaruvchanligidan iborat ustqurma paydo bo’ladi.
Shunday
qilib,
evolyusion
ta'limot
xulq-atvorning
irsiyat
bilan
programmalashtirilgan instinktiv shakllarining ham hayot kechirish davomida
shartli reflekslar murakkab tizimining paydo bo’lishi natijasida orttiriladigan
shakllarining ham kelib chiqishini tushuntirib berish imkonini tug’diradi.
Tibbiyot psixologiyasi
asoslarini tadqiq etgan klinisist psixologlar (V.M.Bexterov,
S.P.Botkin,
S.S.Korsakov,
A.R.Luriya,
V.N.Myasishchev
va
boshqalar)
tadqiqotlarining kishi xulq-atvorida psixikaning qanday rol o’ynashini aniqlashdagi
o’rni kattadir. Psixologiya va tibbiyotning tutashgan joyida bo’lgan tibbiyot
psixologiyasi psixologiya fanining yutuqlarini kasalliklarning oldini olish bilan
bog’liq masalalarni o’rganishda qo’llab kelayotir. Kasallikning zo’rayishi bir
tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash va
shu kabilarga) bog’liq bo’lsa, ikkinchidan dardning o’zi ham, jumladan terapevtik
muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bo’lgan alohida psixik
holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuchg’ayratlari
birlashtirilishini zarurat qilib qo’yadi. Shu bilan barobar miya qobig’ining ba'zi bir
joylari, masalan, chakka qismi lat yeganda psixikaning buzilishini klinik-psixologik
Do'stlaringiz bilan baham: |