Guruh talabasi karimov mansurning umumiy pedagogika fanidan


V) Taksining orqa eshigini ochib qizni o‘tqazib, keyin uning yoniga o‘zi



Download 443,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/27
Sana17.07.2022
Hajmi443,5 Kb.
#813024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Mansur Karimov Umumiy pedagogika amali topwirq

V)
Taksining orqa eshigini ochib qizni o‘tqazib, keyin uning yoniga o‘zi 
o‘tirishi kerak, chunki taksi yo‘lda yana yo‘lovchi oladigan bo‘lsa, orqa 
o‘rindiqqa o‘tirgan yo‘lovchi, agar qiz taksiga yigitdan keyin o‘tirsa, begona 
kishi bilan yonma-yon o‘tirib qoladi. 


Masala 37.
SHoirani qimmatbaho ko‘ylak kiyib kelgani uchun sinf rahbari darsdan 
chaqirib oldida, uyiga borib, boshqa oddiy kiyim kiyib kelishini aytdi. Bu holatga 
oila a’zolarining munosabatlari? 
A) Dadasi qiziga: o‘qituvchingning sening kiygan kiyiming bilan nima ishi bor 
ekan? Bor maktabga boraver. O‘qituvchining bekor aytibdi; 
B) Oyisi: qizimni qanday kiyintirish mening ishim. Sinfidagi ba’zi qizlarga o‘xshab, 
qizim maktabga bir pullik kiyimda borsinmi? 
V)
Buvisi nabirasiga: O‘qituvching to‘g‘ri aytibdi, qizim. Maktabga o‘zingni 
ko‘z-ko‘z qilgani bormaysan, bilim olgani borasan. Ikkinchidan, boshqa 
o‘rtoqlaring oldida sening ajralib turishing yaxshi emas. Ularning ota-
onalarining qizlarini senga o‘xshab kiyintirishlariga imkoniyatlari bo‘lmasligi 
mumkin. Bundan ularning ko‘ngli o‘ksiydi. Demak, bu bilan sen ularni xafa 
qilgan, qalbini cho‘ktirgan bo‘lasan. SHuning uchun o‘qituvchingning 
aytganini qilib, maktabga oddiyroq kiyimlaringni kiyib bor. 
“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANIDAN VAZIYATLI 
TOPSHIRIQLAR TO‘PLAMI 
1. Ma’naviyat haqidagi ma’ruzadan so‘nggi yozib qoldirilgan xat: “Pedagogika 
bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ham o‘qituvchi vijdoni haqida kamdan-
kam gapiriladi. Uni qanday izohlash mumkin?” Siz «o‘qituvchi vijdoni» deganda, 
nimani tushunasiz? O‘z fikringizni ilmiy asoslang.
2. Yozma refleksiya uchun o‘quvchilarga mavzu berildi: “Bugungi kundagi 
tarbiyaning eng xarakterli belgisini ayting”. Bolalar turlicha javob berishdi: ular 
siyosiy madaniyatni oshirishdan, televizorda narkotik moddalarni iste’mol qilishga 
qarshi mavzularda reklama berishgacha. Sinf xonasi bahs maydoniga aylanib ketdi. 
Siz sinfdagi bahs san’atini qanday tashkil etgan bo‘lardingiz? 
3. Sinfda subkultura tushunchasi atrofida munozara boshlandi. Kimdir uni ijobiy 
baholagan bo‘lsa, kimdir salbiy fikr bildirdi. Siz mazkur tushunchani qanday 
izohlagan bo‘lardingiz? 
4. Bir mashhur pedagogning xotira daftarida shunday fikr yozib qo‘yilgan: “Iqtidorli 
bola – me’yordan og‘ishgan bola”. Mazkur fikrga siz qanday munosabat bildirasiz? 


5. Siz sinfxonaga dars o‘tishga kirdingiz. Biroq xona iflos. Qog‘ozlar sochilib 
yotibdi. Siz sinfdagi bir o‘quvchi qizga qog‘ozlarni terib olishni aytdingiz. Lekin qiz 
sizga qog‘ozni u tashlamaganligi, shuning uchun olishga majbur emasligini bildirdi. 
Siz mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutardingiz?. O‘zingiz tutadigan yo‘lni ilmiy 
jihatdan asoslab bering. 
6. Tarbiyasi og‘ir o‘smir. Biroq kimningdir darsida u jim o‘tiradi, hamma narsani 
vaqtida bajaradi. Biroq sizning darsingizda esa, o‘zini tartibsizligini namoyish etadi. 
Siz mazkur vaziyatdan qanday chiqishingiz mumkin? 
7. Siz ishlaydigan pedagogika kollejidagi bir nechta o‘quvchiga o‘zingiz o‘tayotgan 
fandan 1-semestr bo‘yicha baho qo‘ymadingiz. Biroq o‘quv yili yakunida jurnalda 
mazkur o‘quvchilarga baho qo‘yilganining guvohi bo‘ldingiz. Siz o‘quv ishlari 
bo‘yicha direktor o‘rinbosariga uchrashdingiz. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor 
o‘rinbosari ularga bahoni guruh rahbari qo‘yib yuborganini aytdi. Mazkur vaziyatda 
siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
8. Siz kollej rahbarisiz. Qo‘l ostingizdagi o‘qituvchingiz ertalab ishga kelib, 1-parani 
tugatib uyiga ketib borayotgan edi. Siz qaerga ketayotganini so‘raganingizda, darsini 
o‘tib bo‘lib, uyga ketayotganligini aytdi. Siz ish vaqti tugamaganligini aytdingiz, 
biroq o‘qituvchi indamasdan ketib yubordi. Mazkur vaziyatni baholang va uni hal 
eting. 
9. Siz kollej rahbari sifatida Pedagogik Kengash o‘tkazyapsiz. Lekin orqada o‘tirgan 
yosh o‘qituvchilardan ikkitasi gapni eshitmasdan, o‘zaro gaplashib o‘tirishibdi. Siz 
ogohlantirish berdingiz. Lekin ular mazkur holatni qayta takrorlashib o‘tiribdi. 
Mazkur vaziyatni baholang. Siz qanday yo‘l tutar edingiz? 
10. Geografiya darsiga har doim tayyor bo‘lib keladigan Sunnatni o‘qituvchi 
doskaga chaqirdi. Biroq u tayyor emasligini aytdi. O‘qituvchi unga ikki baho qo‘ydi. 
Sunnat indamasdan joyiga o‘tirdi. Sunnatning uch kun oldin buvisi vafot etgan edi, 
shuning uchun u darsga tayyorlana olmagan edi. Siz sababni bilgan va bilmagan 
holatda tutishingiz mumkin bo‘layotgan vaziyatni sharhlang. 


11. Sizni 9-cinf bitiruvchilari bitiruv oqshomiga taklif etdi. Ketma-ket qo‘ng‘iroqlar 
bo‘laverdi. Sizni boshqa joyga ham mehmonga taklif etishgan. Siz mazkur vaziyatda 
qanday yo‘l tutardingiz?
12. Odatda, tez-tez o‘qituvchilar jamoasi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasida 
“o‘zaro masofaviy chegara” bo‘lishi lozimligini ta’kidlashadi. Sizningcha, bunday 
“o‘zaro masofaviy chegara” nima? O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi “o‘zaro 
masofaviy chegara”ni qanday baholaysiz? 
13. O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida do‘stlik bo‘lishi mumkinligi haqida ham 
turlicha fikrlar bor: kimdir o‘qituvchi o‘quvchi bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi 
zarur, desa, kimdir esa, aksincha. Siz o‘zingizning shaxsiy bahongizni ilmiy 
asoslagan tarzda bayon etib bering. 
14. Tasavvur qiling: Siz o‘quvchingizga bilim – kuch ekanligini tushuntirmoqchisiz. 
Buni qanday uddalaysiz?
15. Individuallik. Bu tushuncha bilan birga individualizm tushunchasi ham 
ishlatiladi. Siz quyidagi tushunchalarni amaliy pedagogik nuqtai nazardan izohlang: 
“o‘quvchining individualligi”, “shaxsdagi individualizm”.
16. Sergeli tumanidagi 268-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi “Ma’naviyat va 
ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari” bo‘lganligi uchun darslarni ham 
vaqtida o‘ta olmas edi. Darslarni o‘tgan vaqtida ham o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma, malakalarini nazorat qilib bormasdi. O‘quv yilning birinchi choragi 
tugab, o‘quvchilar ta’tilga chiqishganida o‘qituvchi ularning choraklik baholrini 
qo‘yib qo‘ygandi. II chorak boshlangach o‘quvchilar sinf rahbarlaridan biologiya 
fanidan qo‘yilgan baholarni eshitib hayratlanib qolishdi. CHunki baholar 
o‘quvchilar tomonidan olinmagan edi. 
1. O‘qituvchi to‘g‘ri ish qilgan deb o‘ylaysizmi? 
2. O‘qituvchi ta’lim olganlikni tashxislashning qaysi tamoyillarini buzgan? 
3. O‘qituvchining o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini bunday nazorat qilishi ularning 
bilim olishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi? 
17. Ertalab soat 8.00. Hali maktabda dars boshlanishiga yarim soat bor. Ikrom 
ertacha kelgani uchun tashqarida turmasdan kimyo fani o‘qituvchisining xonasiga 


bordi. Xonada kimyo o‘qituvchi bilan birga adabiyot o‘qituvchi gaplashib o‘tirgan 
edi. Ikrom kimyo o‘qituvchisidan kirib o‘tirishga ruxsat so‘radi. Sinfga kirib 
joylashdi-da, kimyo kitobini olib darsga tayyorlana boshladi. Biroq xayoli bo‘linib 
ketaverdi. CHunki adabiyot o‘qituvchisi kimyo o‘qituvchisiga Ikrom o‘zini ham, 
darsini ham yaxshi ko‘radigan geografiya fani o‘qituvchisini yomonlashardi. 
Mazkur vaziyatga baho bering. Vaziyatning o‘quvchiga qanday ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligini izohlang. 
18. Ona tili darsi. Eshik ochilib, uzr so‘ragan holda 9-«B» sinf o‘quvchisi Barno 
o‘qituvchidan 6-«A» sinf jurnalini geografiya fani o‘qituvchisiga berib turishni 
so‘radi. Biroq o‘qituvchi jurnalni o‘zi to‘ldirayotganligini aytdi. Bir oz o‘tib, 
o‘quvchi yana qaytib keldi. Bu safar besh minutga berib turish so‘ralgan edi. 
O‘qituvchi yana o‘zi ham o‘quvchilarni baholayotganligini aytib, jurnalni bermadi. 
Bir oz vaqt o‘tib, geografiya fani o‘qituvchisining o‘zi keldi. Eshikni ochib, to‘g‘ri 
kirib keldi va ona tili fani o‘qituvchisiga baqirib ketdi. Turli haqoratli so‘zlar aytib, 
o‘qituvchini o‘kuvchilar oldida izza qildi. Biroq ona tili o‘qituvchisi ham qarab 
o‘tirmadi. U ham geografiya fani o‘qituvchisiga jurnalni bermasligini, sinfdan 
chiqib ketishini aytdi. Vaziyatni tahlil eting va pedagogik etika nuqtai nazaridan 
unga baho bering.
19. CHizmachilik darsi. 9 «V» sinfning ikki o‘quvchisi – SHuhrat va Elmurod 
an’anaviy tarzda darsga kechikib keldi va o‘qituvchidan o‘tirishga ruxsat so‘radi. 
Biroq o‘qituvchi kirishga ruxsat bermadi. O‘quvchilar esa, sinfga baribir kirishlarini 
zarda bilan aytishib, chiqib ketishdi. Oradan besh minut o‘tib, o‘quv ishlari bo‘yicha 
direktor o‘rinbosarini aytib kelishdi. Direktor o‘rinbosari kirib, o‘qituvchiga o‘zi uch 
kundan bo‘yon darsga kelmasdan, bugun o‘quvchilarni darsga kiritmay o‘tirishi 
mumkin emasligini aytdi-da, o‘quvchilarga sinfga kirishini aytdi. O‘qituvchi esa, 
o‘quvchilarni sinfga kirmasligini aytib, eshikni yopib oldi. Mazkur vaziyatga baho 
bering. Rahbarlik mahorati va o‘qituvchi kompetentligi nuqtai nazaridan vaziyatni 
tahlil eting. 
20. Adabiyot darsi boshlanmoqda. Qo‘ng‘iroq chalinib, o‘qituvchi sinfga kirganida, 
o‘quvchilar o‘zaro bir-biri bilan janjallashib turganini, SHuhrat Dostonni bo‘yniga 


zanjir solib bo‘g‘ib turganini ko‘rdi va yugurib ularning oldiga bordi. SHuhratni 
qo‘lidan tortib, Dostondan uni ajratib oldi. Biroq SHuhrat Dostonni qo‘yvorishi 
bilan u bor bo‘yi bilan polga ag‘darilib tushdi. O‘quvchilardan biri sinfxonada 
turgan suvdan bir hovuch olib keldi-da, Dostonning yuziga sepdi. Dostonni o‘ziga 
keltirib olishdi va o‘qituvchi o‘quvchilardan ikkitasidan uni uyiga olib borishini 
iltimos qildi. Biroq o‘qituvchi mazkur holatni rahbariyatga ma’lum qilmadi. Siz 
mazkur 
vaziyatni 
qanday 
baholaysiz? O‘qituvchi tutgan yo‘lga o‘z 
munosabatingizni bildiring. 
21. Tarix darsi. Darsning o‘rtasida 6-sinf o‘quvchisi Abdurahmon eshikni taqillatib, 
uzr so‘rab, o‘qituvchini chaqirdi. O‘qituvchi uning kirishiga ruxsat berdi. O‘quvchi 
o‘qituvchiga hozir ularda ona tili darsi ekanligini aytdi. Biroq o‘qituvchi uning 
daftarini yirtib tashlaganligini aytib, o‘qituvchidan xarita ko‘rsatadigan tayoqchani 
berib turishini so‘radi. O‘qituvchi hayron qolib, tayoqchani nima qilishini so‘radi. 
O‘quvchi esa, o‘qituvchini urmoqchi ekanligini aytdi (O‘qituvchi ayol kishi edi). 
O‘qituvchi bunday qilish, umuman, to‘g‘ri emasligini, o‘quvchining o‘zidan ayb 
o‘tganligini aytib tushuntirmoqchi bo‘ldi va o‘quvchidan darsga qaytib borishini 
so‘radi. Biroq o‘quvchi o‘qituvchining darsiga kirmasdan, shu erda o‘tiraman, deb 
turib oldi. SHundan so‘ng o‘qituvchi sinfdagio‘quvchilarga topshiriq berdi va 
o‘quvchini olib, xonasiga bordi. O‘qituvchini uzr so‘rab, tashqariga chaqirdi va 
o‘quvchilarni o‘zidan bezdirmaslikni iltimos qildi. O‘qituvchi esa, o‘quvchilardan 
shikoyat qilib ketdi. Tarix o‘qituvchisi esa, shu sinf o‘quvchilariga u ham dars 
o‘tishini, ularga shaxsga yo‘naltirilgan tarzda munosabatda bo‘lishni iltimos qildi. 
Vaziyatga baho bering. Nega o‘quvchilar ona tili o‘qituvchisini hurmat qilishmaydi? 
Vaziyatni baholang. Mazkur vaziyatda ona tili o‘qituvchisining o‘rniga o‘zingizni 
qo‘yib, vaziyatdan chiqish yo‘lini tushuntiring. 
22. Adabiyot darsi. O‘qituvchi o‘quvchilarning uy vazifalarini tekshirib chiqa 
boshladi. Har doim uy vazifasini bajarib kelayotgan Jamshidning uy vazifasi 
bajarilmagan edi. O‘qituvchi jahl ustida uni yuziga shapaloq tushirib yubordi. 
O‘qituvchining xatti-harakatiga pedagogik psixologiya nuqtai nazaridan baho 
bering. O‘qituvchining valeologik tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz? 

Download 443,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish