Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni


Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana17.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#811677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
-----Dusiyarov BMI uz fdc98-разблокирован

Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. 
Bitiruv malakaviy 
ishi kirish, uchta bob, oltita paragraf, har bir bobga qisqacha xulosa, umumiy 
xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 


6
1-BOB. “BUXGALTERIYA BALANSI, UNING TUZILISHI VA 
MAZMUNI” MAVZUSINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI 
1.1. Buxgalteriya balansi, uning tarkibi va tuzilishining mohiyati 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriyaning o‘rni va vazifasi aniq qilib 
belgilab olingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda 
qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 24 moddadan iborat Qonuni 
buxgalteriya hisobining uchta asosiy vazifasini belgilab berdi: 
1. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, 
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq 
ma’lumotlarni shakllantirish; 
2. Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
umumlashtirish; 
3. Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. 
Mamlakatimizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 
qonunga muvofiq ma’lumotlar jamlanma holida va pul ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
ma’lum sanaga taqdim etilishi kerak. Ushbu ma’lumotlardan xo‘jalik yurituvchi 
subyekt mablag‘lari tarkibi va ularning manbasi o‘rganish uchun ma’lum iqtisodiy 
ma’noda guruhlash zarur. Bu jarayon buxalteriya balansini tuzish deb ataladi. 
Balans
so‘zi ikkita lotin so‘zlaridan iborat bo‘lib, "bis"-ikki karra (marta) va 
"banx"-tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, tom ma’noda «ikki palla» 
degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya
 
balansi

xo‘jalik mablag‘larini ularning turlari va tashkil 
topish manbalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks 
ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir. U buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosiy 
usullaridan biri hisobladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy 
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 
Mablag‘lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadida
O‘zbekistоn Respublikasi Mоliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sоnli 
buyrug‘i bilan qabul qilingan buxgalteriya balansi ikki qismdan iborat bo‘lgan 
jadval shaklida tuzilgan.


7
Buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik mablag‘larini 
ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o‘tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini 
qanday holatga olib kelganligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, balans xo‘jalik 
yurituvchi subyekt mablag‘larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim 
axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to‘g‘risidagi 
hisobotdir. 
Buxgalteriya balansi, ma’lum sanaga tuziladi va xo‘jalik yurituvchi subyekt 
faoliyatining ma’lum davrdagi holatini o‘zida mujasamlashtiradi.
Uning chap tomonida mablag‘lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va 
u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o‘ng tomonida 
mablag‘lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko‘rsatiladi. 
Aktiv
 
qism - asоsiy va aylanma mablag‘larning hоlatini ko‘rsatib, mоliyaviy 
xo‘jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan fоydalanadi. Mulk 
to‘plangan mоliyaviy hamda davlat tashkilоtlari mablag‘i, hususiy shaxslar 
jamg‘armasi, hissadоr va ta’sischilarning ulushi, bank krediti, chet ellik 
sarmоyadоrlar va hakоzо mablag‘lar evaziga sоtib оlinadi. Ayrim hоllarda 
ta’sischilar asоsiy vоsita va mоddiy bоyliklarning o‘zini berishi ham mumkin. 
Asоsiy va aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish faоliyatini uzluksiz yuritishga
xizmat qiladi. O‘z-o‘zidan bu faоliyat davоmida o‘zgaradi, harakatda bo‘ladi va 
tarkibi yanada yangilanadi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish