61
Hujjatiy AISda hujjat matnlari saqlanadi. Masalan: referatlar, bibliografik
kartochkalar va boshqalar.
Faktografik AISda aniq daliliy ashyolar saqlanadi. Masalan, jadvallar,
formulalar, turli suratlar va boshqalar.
Hozirgi kunda ham hujjatiy, ham faktografik AIS birgalikda ma’lumotlar
bazasida (MB) saqlanadi. AISni ishlash jarayonida maxsus til qo‘llaniladi. Bu til
indeksatsiya yoki indekslash deyiladi. Birinchi marta amerikalik olim M.Taube AIS
uchun UNITERM nomli maxsus deskriptor til yaratgan. UNITERMda deskriptorlar
sifatida hujjatning kalit so‘zlari – unitermlar ishlatiladi. Hozirgi kunda ushbu tildan
takomillashtirilgan holda foydalanilmoqda.
Matnning asosiy mazmun-mundarijasini aks ettiradigan kalit so‘zlar, tayanch
tushunchalar, atamalar bazasi asosida kompyuterda lug‘at tuziladi. Bunday lug‘at
information qidiruv tezaurusi deb ataladi.
Tezauruslar ensiklopedik va izohli lug‘atlardan farqli ravishda til birliklarining
matnda qo‘llanish chastotasi va matnning predmet mundarijasini aks ettirish
darajasiga qarab tuziladi. Bunday tezauruslar matnni tezkor tanlab olish va topish
imkonini beradi.
MBsidagi axborotlar olimlarimiz tomonidan yaratilgan mashina lisoniy-axborot
ta’minoti bilan to‘ldiriladi. Ishlangan lisoniy algoritmlar, modullar bir sistemaga
jamlanishi lozim. Sistemaga jamlangan lisoniy-axborot, kompyuter-axborot
ta’minoti, ma’lumotlar bazasi (bank) ma’lum bir matnni avtomatik qayta ishlash
mexanizmini yaratadi. Mexanizmni ishlash jarayonida har bir soha mutaxassisi
o‘zining axborotlari bazasi bilan ta’minlaydi.
Ma’lumotlar bazasining kengayishi bilan lisoniy-axborot ta’minoti muammosi
kamayadi. Lisoniy ma’lumotlar banki umumiy tizimda blok-sxemada o‘z ifodasini
topadi, ya’ni tilning mashina fondi (TMF) yaratiladi. Amaliy ishlarda TMF zarur
bo‘lib, unda til tizimining modellari, tizim sifatida aniq bir uslubning (funktsional
uslublari, hozirgi va qadimgi adabiy til) barcha til birliklari, nutqdagi til birliklarining
qo‘llanish qonuniyatlari, nutq birliklarining yuzaga kelish qoidalari to‘liq o‘z
ifodasini topmog‘i lozim.
Bu yo‘nalish INTERNET yuzaga kelgandan so‘ng yanada rivojlandi. Masalan,
Internetda Google, Yandex, Rambler, Yaho kabi qidiruv tizimlari ishlamoqda.
Axborotni qidirish 4 bosqichni o‘z ichiga oladi:
-
axborotga bo‘lgan talabni aniqlashtirish hamda informatsiyon so‘rovni
shakllantirish;
-
so‘ralgan axborotni saqlagan manbalarni aniqlash;
-
axborot massivlaridan zarur axborotni ajratib olish;
-
axborot bilan tanishish va qidiruv natijalarini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: