35
TDMAning kamchiliklariga sinxronlashtirishning uzilishiga
sezgirlikni kiritish mumkin. Sinxronlashtirishga ega bo‘lmagan analog
standartlarda amalda sotaning radiusi 35-40 kmni tashkil etadi, bunda
radioaloqaning “qattiq baqirsa uzoqqa eshitiladi” tamoyiliga muvofiq,
ya’ni uzatkichning chiqish quvvatini oshirilishi bilan uni 60 kmgacha
yoki hatto 80 kmgacha (nazariy) oshirish mumkin. Raqamli
standartlarda esa kamida TDMA texnologiyasida amalga oshirilgan
absolyut kechikish vaqtini kompensatsiyalash tizimi 250 mksgacha
intervalda ishlay oladi, bu sotaning 35 km maksimal radiusiga mos
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: