Mavzu: Harakatli o’yinlar haqida asosiy tushunchalar. Reja



Download 200,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana29.12.2021
Hajmi200,58 Kb.
#80524
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MARUZA MATNI - 2020 (2)

         O’yinning paydo bo’lishi. 

Insoniyatning  qadim  o’tmishida  rivojlanish  davrida  ularning  faoliyati 

hayvoniy  mehnat  faoliyatiga  asoslangan.  Bu  vaqtda  ularda  ovqat  topishda 

hayvoniy harakatlar bajarilar edi. 

(hayvoniy o’yinlar) 

Bunday harakatlar inson ajdodlarining jismoniy rivojlanishiga yordam berar 

edi. 

Hayvoniy  instinktning  fikrlashga  olib  kelib,  I.P.Pavlov  aytganiday  harakat 



hayvonning miyasida har xil fikrlar qoldirar edi. 

O’tish  davrida  bo’lgan  insonning  psixikasi  uning  harakati,  tanasining 

rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan. 

Shunga  binoan  qandaydir  harakat  funksiyalari  insonning  tabiatdan 

ajralishiga olib kelgan degan xulosaga kelish mumkin. 

Jamiyatda o’yinning rivojlanishi jamiyatning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq 

bo’lgan. 



Buni  rivojlanishga  eng  birinchi  davrida  ovchilar  mehnat  harakatining  

takrorlanishi deb tushunish mumkin. 

Ular ijodiy-taraqqiyot harakatlarni, qo’shiq, musiqani olib kirishdi. 

Bu yerda o’yin bilan birga boshqa harakatlar ham kiritilgan. 

San’atning  birlamchi  davrdagi  ko’rinishi  harakatlar  bilan  bog’liq  bo’lib, 

qadimgi  odamlarning  rivojlanishida,  tabiat  bilan  bo’lgan  kurashda  va  dushman 

bilan bo’lgan janglarda yordam berib, insonda muloqotga, muloqotga, birgalikdagi 

harakatga olib keldi. 

Bolalar  kattalarga  taqlid  qilar  edi.  Bu  bolalarning  qadimiy  o’yinlarga 

bo’lgan qiziqishi deb faraz qilish mumkin. 

Buni  XIX  asrda  ba’zi  bir  qabila  va  halqlarning  ibtidoiy  jamoasi  saqlab 

qolinganidan va arxeologik qazilmalar topilganidan bilish mumkin. 

Mehnat faoliyatining oshirilishi san’atning rivojlanishiga olib kelgan. Asosiy 

sabablari  ishlab  chiqarishning  murakkablashuvi,  (o’q  bilan  ov  qilish),  ayol  va 

erkaklar mehnatining ajralishini va hokazo. 

Ishlab  chiqarish  rivojlanishning  rivojlanib  borishi  ibtidoiy  san’atdan  asta-

sekin harakatli o’yinlar mustaqil bo’lib chiqa boshladi. 

Bu  ovchilar  va  harakatlar  o’yinida,  ritmik  o’yinlar,  dramatik  o’yinlarda 

asosan bolalar va ayollarning xo’jalik harakatida aks ettiriladi. 

Musobaqalar,  tasviriy  o’yinlar,  ibtidoiy  davrdan  hozirgi  davrgacha 

murakkab davrni boshdan kechirdi. 

O’yin tarbiya vositasi sifatida. 

Harakatli  o’yinlarning  rivojlanishi  o’sib  kelayotgan  avlodning    hayotiy 

faoliyatga tayyorlashda yordam berish uchun deb tushunish mumkin. 

Jamiyatning  sinflarga  bo’linishi  bilan  quyi  tabaqa  bolalari  va  orqa  tabaqa 

bolalariga ajralib  chiqib o’yinlar ham farq qila boshladi. 

Xalq  orasida  harakatli  o’yinlar  jismoniy  tarbiya  vositasi  sifatida  qo’llanib 

kelingan. 

Ko’p o’yinlar avloddan- avlodga o’tib kelib, o’zgarib kelgan va yangi qiyofa 

aks etgan.  

Xalq  yangi  o’yinlar  tashkil  qilib  kelgan,  ularda  oddiylik,  katta  his-hayajon 

va jismoniy kuch va qobiliyatni oshirishga keng yo’l ochib berilgan. 

Bunday o’yinlar asrlar bo’yi jamiyatda keng ommalashib kelgan. 

O’yinlarda  xalqlarning  tarbiyasi,  madaniyati  urf-odati  va  fonidagi  nutqlari 

namayon bo’ladi. 

Bundan tashqari ba’zi o’yinlar geografik va iqlimiy jihatdan ham farq qilib, 

bular o’yinlarda aks ettirilgan. 

Bola hayotidagi o’yin. 

O’yinlar bolaning mehnat faoliyatiga qiziqishga asosiy omil bo’lib qoladi. 

I.M.Sechenov kichik bolalar (go’daklar) o’yinida bolalarning tashqi olamini 

tushunish,  tashqaridan  olingan  lazzatlanish  (masalan  yorqin  narsalardan, 

qo’ng’iroq ovozidan) asos bo’ladi deb aytgan. 

Harakat  kam  bo’lsa  unda  kayfiyati  yomonlashib  boradi.  Mushak  harakati 

bolada fikrlashga, o’ylashga yordam beradi. 




Bola  keyinroq  o’zining  hatti-harakatini  his-hayajon  bilan  emas,  fikrlash 

qobiliyati bilan ham ifoda eta boshlaydi. 

U ongli harakatlar qila boshlaydi, deb I.M.Sechenov aytgan. Bu harakatlarni 

qilish deb aytgan edi u. 

I.P.Pavlov  aytganday  bola  faoliyatini  ongli  ravishda  rivojlantirishda  xizmat 

qiluvchi reflekslar deb aytgan. 

N.I.Krasnogorskiy,  N.M.Aksarinov ishlaridan kelib chiqib aytish mumkinki 

yangi  to’g’ilgan  bola  faqat  mahalliy  reflekslarga  ega  (ko’z  yumish,  oyog’ini 

qitiqlaganda ko’lish va hokazo). 

Katta miya sharlarining faoliyati ikkinchi oyning oxirida ishlay boshlaydi. 

Bola predmetlarini, qiyofalarini ko’rib taniy boshlaydi. 

Lekin 3 oylik bolaning harakati signal sistemasi katta rol o’ynaydi. 

4-5  oylarda  o’yinchoqlar  bilan  o’ynash  davomiyroq  kechadi,  6  yoshida 

ushlash  harakatlari  dadilroq  kechadi.  Yaxshi  ko’rgan  o’yinchoqni  olish,  bir 

o’yinchoqni boshqasi bilan qiyoslash kabi. 

7-8 oydan keyin bola ba’zi bir tovushlar chiqara boshlaydi.  

Kattalar  aytgan  so’zlarni  qaytarib  ayta  boshlaydi.  Ba’zi  so’zlarni  u 

predmetlar  bilan  bog’lay  boshlaydi.  Bolada  nerv  sistemasi  faoliyatining  yangi 

bosqichi boshlanadi.  

Keyinroq so’zlasha olish va jismoniy rivojlanish faoliyati boshlanadi. 

Shunday  qilib  harakatli  o’yin  faoliyati  to’g’ma  qobiliyat  emas.  O’yin 

faoliyati rivojlanishiga reflekslar xizmat qiladi. 

Bola hayotidagi o’yin faoliyati shartli refleks yo’li bilan paydo bo’ladi. 


Download 200,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish