FAT fayl tizimi. FAT fayllarni jadval ko‘rinishida joylashtiradigan fayl
tizimi bo‘lib u MSDOS va Windowsning boshlang‘ich lahjalarida qo‘llanilgan. Bu
fayl tizimning qator lahjalari mavjud: FAT12, FAT16, FAT32,EXFAT. FAT12
fayl tizimi 12-bitli adres tizimi bo‘lib egiluvchan diskga mo‘ljallangan, FAT16 esa
kompyuterlarda qattiq disklar ishlab chiqilgan vaqtda qabul qilingan edi. Bu fayl
tizimlari xozirgi kunda ishlatilmaydi. Umumiy foydalanishdan chiqib ketgan
FAT32 fayl tizimi Windows 95, Windows 98 va Windows Millennium amaliyot
tizimlarida ishlatilgan. FAT ning nisbatan yangi laxjasi EXFAT yoki FAT 64 deb
ataladi. EXFAT ―USB-ruchka‖ ga o‘xshash katta bo‘lmagan qurilmalarni saqlash
uchun mo‘ljallangan shuning uchun FAT ning bu laxjasi xozir ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |