Pedagogikasi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/107
Sana29.12.2021
Hajmi3,59 Mb.
#80238
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

ABU  RAYHON BERUNIY 
(973-1048)
Abu  Rayxon  Beruniy  973  yil  Xorazmning 
qadimgi  poytaxti  Kat  shahrida tavallud  topgan.  U 
o ‘spirinlik  va  yoshlik  yillarini  turli  ilmlami 
egallashga  bag'ishlagan  va  olim  sifatida  shakl- 
langan.  Zamonasining  mashhur  olimi  Abu  Nasr 
Mansur  ibn  Iroqda  tahsil  olgan  va  ilk  astronomik 
tajribalarini  16  yoshida  o ‘tkazgan.  U  fors,  yunon, 
arab,  sug'd,  sanskrit tillarini o ‘rgangan.
Xorazmdagi  siyosiy  vaziyat  tufayli  olim  998 
yil  Jurjon  shahriga  ketadi  va  shu  yerda  1004 
yilgacha  yirik  izlanishlar  olib  boradi.  Astronomiya,  tabiiy  fanlar,  tarix, 
din  tarixi  bilan  lum   shug'ullanadi.  Olimning  «Qadimgi  xalqlardan 
qolgan yodgorliklar»  asari  unga katta shuhrat keltiradi.
Beruniy 
1004-1007  yillarda  Xorazmga  qaytib,  Xorazmshoh 
M a’mun  rahbarligidagi  ilmiy  markazda  faoliyat  olib  boradi.  Lekin 
Xorazm  Mahmud  G ’aznaviy  tomonidan  bosib  olingandan  keyin,  uni 
G ’azna shahriga asir qilib olib ketiladi.  Olim  Mahmud G ’aznaviy  saroyi- 
da  kechgan  yillarida  astronomiya  va  geodeziyaga  oid  asarlar  yaratadi. 
1029  yili  G ’aznada «Munajjimlik san’atidan  boshlang‘ich  tushunchalar» 
asarini tugatadi.
Mahmud  G ’aznaviyning  Hindistonga  qilgan  yurishlari  sababli 
Beruniy  ham  munajjim  sifatida  bir  muddat  Hindistonda  yashaydi  va 
sanskrit  tilini  mukammal  o ‘rganib  oladi.  Olim  hindlaming  tarixi,  urf- 
odati,  madanivati  bilan  yaqindan  tanishadi  va  o ‘zining  mashhur 
«Hindiston»  asarini yaratadi.
1030  yil  Mahmud  G ’aznaviy  vafotidan  so‘ng  uning  o ‘rniga  o ‘g ‘li 
M a’sud  o ‘tiradi.  Olim  o'zining  astronomiyaga  oid  eng  yirik  asarini  shu 
hukmdorga  bag‘ishlab  «M a’sud  qonuni»  deb  atagan.  1041-1049  yillari 
«Mineralogiya»  va  «Farmakognoziya»  deb  nomlangan  ikkita  asarini 
yozadi.  Bu  asarlarning  har  biri  mazkur  sohalar  bo‘yicha  jahon 
madaniyatining noyob durdonalaridan hisoblanadi.  Abu Rayhon  Beruniy 
1048 yili  G ’azna shahrida vafot etadi.
Qomusiy  olimning  astronomiya,  astrologiya,  matematika,  geode- 
ziya,  geologiya,  mineralogiya,  geografiya,  arifmetika,  tabobat,  farma­
kognoziya,  tarix,  filologiya  va  boshqa  fanlar  bo‘yicha  yozib  qoldirgan 
160dan ortiq asarlari  ushbu fanlarning riv’ojiga ulkan hissa qo‘sha oldi.
23


Beruniyning  pedagogik qarashlari  oilada  bola tarbiyasi,  aqliy  ta'lim, 
axloqiy  va  jismoniy  tarbiya,  mehnat  va  insonparvarlik  tarbiyasi  kabi 
masalalarni  qamrab olgan.  Buni  quyidagi  misralarda ko'rish mumkin:
1.  Butun  kuchimni  yig‘ib,  bor  imkoniyatni  ishga  solib,  goh  eshitish. 
goh ko‘rish va qiyos  qiiish  orqali,  bilimim yetganicha,  u narsalarni  bayon 
etishga bel  bogladim.  («Qadimgi  xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari.)
2.  Yaxshilik xislatlari:  taqvodorlik, to ‘g ‘rilik,  o ‘zini  saqlash,  odillik, 
insoniy  kamtarlik,  latofat,  sobitqadamiik,  ehtiyotkorlik,  saxiylik, 
muloyimlik,  siyosat  va  boshqarish  ishlarida  bilimdonlik,  tadbirkorlik, 
to‘g ‘ri  taxmin  qila  olish  kabi  sifatlardan  iboratdir.  («Qadimgi  xalqlardan 
qolgan yodgorliklar»  asaridan.)
3.  Til  so‘zlovchi  istagini  eshituvchiga  etkazuvchi  tarjimondir. 
(«Hindiston»  asaridan).
4.  Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.  («Hindiston»  asaridan.)
5.  Fanlarning  foydasi  -   ular  yordamida  oltin  va  kumush  to ‘plash 
emas,  balki  kerakli  narsalar  hosil  qilishdir.(«Maskanlar  orasidagi  maso- 
falarni  aniqlash  uchun joylarning chegaralarini  belgilash»  asaridan.)
6.  Inson  hamisha o ‘zgalarning baxt-saodatlari  haqida o'ylashi  kerak. 
Har  bir  insonning  qadr-qimmati  o ‘z  ishini  qanday  bajarayotgani  bilan 
oichanadi.(«M ineralogiya»  asaridan.)
7.  M ehnatsiz  shon-shavkatga,  martabaga  erishgan  kishi  hurmatga 
loyiqmi?  Yuqori  martabaga  mehnatsiz  erishgan  kishi  farosat  va  rohat 
soyasida  yashaydi,  yaxshi  kiyinadi,  ammo  ulugMik  libosidan  mahrum, 
yalang‘ochdir.  («Mineralogiya»  asaridan.)
8.  Kishi  tabiati  bilolmagan  narsani  bilishga  muhabbatlidir.  Faqat 
haqiqiy  bilimga  ega  boMganda,  bilolmagan  narsani  bilishga  ehtiyojli  bo1- 
lib, axtarganini topadi, bilimni  chuqurlashtiradi.  («Hindiston»  asaridan.)

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish