Bunday faollik turlari
-
muloqot, o’yin, o’qish
va mehnat
faoliyatlaridir.
217
➢
ma’ruza yakunida erishiladigan natijalarni va talabalar nimalarni
o’rganishlarini aytib bera olishi kerak. Bu ma’lumot biroz qisqa
ko’rinishda bo’lishi mumkin.
➢
mavzuga oid muammoni tasvirlab berib, ushbu muamo yechimini
topish bo’yicha mulohazalarni ifodalay olishi lozim;
➢
mavzuga bo’lgan qiziqishni sababini tushuntirib, jo’shqinlik va
ishiyoqni baxam ko’rishi kerak.Ayrim hollarda ushbu jihat talabalarni
qiziqishlarini kelgusi tadqiqot yo’nalishlariga aylantirishi mumkin;
➢
ma’ruzani joriy yangiliklar yoki faoliyat bilan bog’lashi darkor. Bu
borada ma’ruzachi talabalarga mavzuga oid ma’lumot yoki misollar
topib, olib kelishi bo’yicha topshiriqlar berishi mumkin.
Talabalarni ma’ruza davomida qiziqishlarini rag’batlantirish bo’yicha:
➢
maqsadni izohlovchi joriy va tegishli misollarni keltirish mumkin;
➢
tegishli holatlarda talabalarning tajribalarini misol tarzda keltirib
o’tish mumkin;
➢
talabalarni qo’llab quvvatlovchi ritorik savollardan foydalanib
turish kerak;
➢
ma’ruzani o’zlashtirish davomida talabalarning ehtiyojlarini
o’zgartiring. Yozib borish, tinglash hamda faol ishtirok etish farqlarini
keltirib o’ting (bu masala yuzasidan quyida to’xtalib o’tiladi);
➢
ma’ruza mavzusi bilan bog’liq bo’lgan ko’rgazmali materiallar
yoki badiiy buyumlarni taqdim eting;
➢
taqdim etilgan materiallarning joriy vaqtda muhim ahamiyat kasb
detayotganligi bilan bog’liq bo’lgan web sahifalarni namoyish qiling.
115
Mehnat
qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib,
uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish,
jamiyat taraqqiyotiga xissa qo’shishdir.
Bir vaqtlar pedagogning malaka oshirish masalasi, ya’ni qanday
materialdan foydalanish, uning hajmi o’qituvchining o’ziga havola edi.
Hozirgi kunda ta’lim mutaxassislari turli attestatsiya va tekshiruvlardan o’tib
turishadi. Ish jarayonini baholash va sifat nazorati, institut yoki alohida fan
miqiyosida audit, ta’lim idoralariga a’zolik talablari kabi qattiq tekshiruvlar
ta’lim sohasini shaffof saqlaydi. Oliy ta’lim tuzilishidagi o’zgarishlar,
masalan, Quality Assurance Agency(mahsulot sifati kafolati agentligi)ning
ta’limdagi roli, Oliy Ta’lim Akademiyasi (HEA).
116
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan
amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal
115
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.pp: 59,60.
116
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 485,486.
218
qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador
bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish
orqali uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga
yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab
jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat
turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim
bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.
Kasbni egallash jarayoni juda murakkab faoliyatni o‘z ichiga oladi.
CHunki biror ishni o‘zlashtirishda dastlab ongni batamom ishga solish qiyin
bo‘ladi. SHu bois ham masalan, tiquvchi o‘z shogirdiga ayrim-alohida ish
turlarini, tikishning detallarini nisbatan uzoq vaqt o‘rgatadi. Sekin asta-sekin
ishlar avtomatlashib, ayrim harakat turlari bo‘yicha malaka hosil qilingach,
ayrim operatsiyalar birlashtirladigan bo‘ladi. SHu kabi har qanday kasbda har
bir element, ish turi mukammal o‘zlashtirilgach, ular ongda muayyan tizim
hosil qilingandan so‘ng, yaxlit bir ishlar, operatsiyalar tarzida malakaga
aylanadi. Ayrim- alohida operatsiyalarning avtomatlashuviga malaka deb
qarasak, ko‘nikma esa - hosil bo‘lgan malakaning shaxsdagi bilimlarga qat’iy
bo‘ysunishi va anglanishi oqibatida muvaffaqiyatni ta’minlashidir. Ya’ni,
ko‘nikmalar hamisha bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Amalda malaka va
ko‘nikmalar quyidagi yo‘llar bilan shaxs xulqida mustahkamlanadi:
✓
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
✓
tushuntirish yo‘li bilan;
✓
ko‘rsatish va tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
Bundan tashqari, o‘quvchilardagi malaka va ko‘nikmalarning
samaradorligini o‘rgangan olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy
inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar ekan:
➢
20% eshitganini xotirada saqlab qoladi;
➢
30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;
➢
50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;
➢
70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida
o‘zlashtiradi;
➢
100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi
orqali o‘zlashtiradi.
Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan
foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan
foydalanilmasa, takrorlab turilmasa hotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz
aytmagan ”Takrorlash-bilimning onasidir” deb.
San’at, gumanitar va ijtimoiy fanlarini o’qitishda, ehtimol, talabalarni
baholanishidan ko’ra munozarali masala bo’lmasa kerak, hech qaysi soha,
ehtimol, o’tgan 10 yil davomida amaliyotda bu qadar ko’p innovatsiyani
ko’rmagan (ba’zi universitetlarda imtihon orqali baholanish nisbatida
qat’iylik bilan talaba plagiati tufayli yozilayotgan qoldirilgan vaqtida
innovatsiyalar). Hozirgi vaqtda baholanishning juda ko’p shakllari mavjud
219
bo’lib, ular ijodiy yoki amaliydan tasviriy va dizayn ishigacha, mulohazali
esselar va tezislar, ijtimoiy fan uslubidagi so’rovlar va ma’lumotlar sharhi,
ijro va og’zaki taqdimotlar guruh yoki alohidda, onlayn baholash va shu kabi
uslubda olinadi. Baholashning bu kabi shakllari imtihon, kurs ishi, ma’nodor
va umumlashtirilgan turli usullarga ham aylantirishi mumkin.
111
Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan
foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim faol bilim zahirasi yoki
sust bilim zahirasiga aylanadi.
Olingan axborot filtrdan o‘tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat
yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash,
foydalanish, takrorlash tufayli faol bilim zahirasiga aylanadi. Lekin
keyinchalik bu bilimlardan foydalanilmasa yoki takrorlab turilmasa, passiv
bilim zahirasiga aylanadi va borabora yoddan ko‘tariladi. Bilimni takrorlash
tufayli yoddan ko‘tarilishini oldini olish mumkin. Bulardan shunday xulosa
chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o‘quv materialini o‘zlashtirishi,
yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko‘rish
orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida sinab ko‘rish orqali
etkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo‘li amaliy va
seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir.
Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u
yoki bu
uslubni tanlash:
o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga;
o‘tilayotgan mashg‘ulotning mavzusiga;
seminar darsida qo‘yilgan maqsadga;
tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga
bog‘liq.
Shunday qilib, har qanday faoliyatni o‘rganishdan maqsad - uning
samaradorligini oshirishdir.
111
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 317.
Aynan amaliy mashg‘ulotlar hamda seminar darsida o‘quvchi yoki
talabalar ma’ruza, kitob, jurnal va xokazolar orqali olgan axborotlari,
bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
220
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni
o‘zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini
tutish ko‘nikmalarini hosil qiladi, o‘zi uchun qiziqarli, manfaatli kasb va hunar
tanlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni
bilishiga, anglashi va yashashiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |