hodisaning qonuniyati
deyiladi. Ularda o’zgarmas
xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash,
harakatlarni muvofiq yo’naltirish imkonini vujudga keltiradi.
Borliqdagi jonli mavjudotlarning o’ziga xos tarzda, muayyan
yo’nalishda, ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga
undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi.
Amerika, Lotin Amerika va Afrika davlatlarida agar o’smir bola gapirib
turgan bo’lsa, kichiklar uni hurmat qilib eshitishlari va gapini bo’lmasligi
kerak (TorresGuzman, 1998). Sinfxonada o’qituvchi o’quvchilarning ko’zlari
unga yo’naltirilmagan (hammagni ko’zlaring menda bo’lsin yoki doskada
bo’lsin degablaridek) bo’lsa yoki e’tibor berilmayotgan bo’lsa, o’qituvchi bu
holatni o’qiga bo’lgan hurmatsizlik deb qabul qiladi.
➢
Ijtimoiy masofa farq ma’daniy tarzda turlicha bo’ladi.Ba’zi joylarda
suhbat bo’layotgan paytda bir-biriga yaqin turish oddiy ma’daniyatdek
qaraladi;boshqalarida bo’lsa, bir biridan uzoqda turish oddiy hol ko’rinadi
(Beaulieu, 2004). Agar o’quvchi va o’quvchi turli xil ijtimoiy masofa tanlasa
muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan o’quvchi yaqin masofani afzal
ko’rsa o’qituvchi buning teskarisini xohlasa bu shilqimlikka o’xshab
ko’rinadi, yoki bo’lmasam o’qituvchi yaqin masofani xohlab o’quvchi
xohlamasa bu ortiqch rasmiylik yoki ikkilanishdek tuyiladi.
➢
Kutish vaqti madaniy ravishda turlicha bo’ladi.Kutish vaqti bir insonning
savoli va ikkinchisining javobi o’rtasidagi oraliq hisoblanadi. Ba’zi
ma’daniyatda kutish vaqti nisbatan uzoq uch yoki to’rt sekund bo’ladi (Tharp
& Gallimore, 1989). Boshqa birlarida bo’lsa, inson gapini tugatib olishidan
oldin unga javob berib bezovta qilish (manfiy) oddiy hol sanaladi. Sinfxonada,
kutish vaqti nisbiy olganda bir sekundni tashkil qiladi; undan keyin o’qituvchi
boshqa o’quvchiga yuzlanib boshqa savol beradi.Agar oquvchi bir sekunddan
uzoq o’tib javob bersa u ikkilanganga o’xshab tuyuladi. Agar o’quvchi manfiy
kutish vaqtiga moyil bo’lsa, u biroz qo’pol va hovliqma bo’lib ko’rinadi.
112
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 77.
210
➢
Angliya madaniyati, savollar odatda biror ma’lumot olish uchun beriladi
va savol so’rayotgan insonda haqiqattan ham so’ralgan ma’lumot yo’q
bo’ladi. (Rogoff, 2003). Ko’plab sinfxonalarda, o’qituvchi odatda
o’quvchilardan savol so’raydi va javobini o’qituvchi allaqachon bilgan
bo’ladi, u shunchaki o’quvchi javobni biladimi yoki yo’q shuni tekshiradi
(Macbeth, 2003). Savol: “2 + 2 nechchi bo’ladi?” misol bo’ladi.Agar
o’quvchi bu tekshirilish maqsadni bilmasa chalg’ib ketishi yoki o’qituvchi
chindan ham e’tiborsiz deb o’ylashi turgan gap. Bundanda yomonio’qituvchi
xuddi o’quvchining bilmasligini boshqalarga oshkora qilib uni sharmanda
qilayotganga o’xshaydi.
113
Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan tub darajada ham mohiyat,
ham shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli
vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi.
Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari
tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga
nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash
sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.
Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga
muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan
yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.
Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira
(nektar) yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni
qondirish obyektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi
tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan
mavjudotlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar,
instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
56-rasm
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat
taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi
jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat
elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va
manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning
maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va
usullarini tashkil etadi.
113
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 81-83b.
211
Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy
borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib
chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi
davrlarda
faoliyat
funksiyalarining
murakkablashuvi,
turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy
ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar:
psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya,
huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki
ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va
talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning
anglanilganligi, unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi
va bog’liq ekanligi inson faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini
tasdiqlaydi.
57-rasm
212
Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad
bilan boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan
iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini
mukammal tarzda ochib bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha,
faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari
predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik,
xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan.
Yuqorida zikr etilgan tashqi va ichki faoliyatdan tashqari psixologiyada
tarkib nuqtai nazaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |