Etnolingvistika
(yunon.) - tilshunoslikning etnologiya bilan bog‘liq
bо‘lishi.
Etnolingvistika xalq odatlari, tasavvurlari, madaniyati bilan tilning о‘zaro aloqasi va ta’sirini
о‘rganadi. Shuningdek tilda aks etgan madaniy dalillarni dini va maxsus tillarni, tabularni, etnik
onomastikani va boshqalarni tahlil qiladi.
Etnonim
(yunon.) - xalqlarning nomlarini anglatuvchi atama.
Etnonimika
- qabila, xalq va boshqa etnik birliklarni о‘rganadigan fan.
Etnos
(yunon.) - elat, xalq. Etnologiyada urug‘, qabila, elat, xalq, millat etnos deb yuritiladi.
Etnotsentrizm
(yunon.) - insonning barcha hayotiy hodisalarini о‘zi uchun namuna deb
bilgan о‘z etnik guruhi qadriyatlari yuzasidan baholashga moyilligi; о‘z hayot tarzini boshqalar
ishidan afzal kо‘rish.
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
“ARXEOLOGIYA VA ETNOLOGIYA (ETNOLOGIYA)”
FANIDAN
ILOVALAR
QARSHI - 2021
Do'stlaringiz bilan baham: |