O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

Initsiatsiya marosimi
Yangi Gvineya va melaneziyaliklarda tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo'lgan. Erkaklar qatoriga qabul qilinish uchun yoshlikdan tayyorgarlik ko'rilgan, o'spirinlar maxsus 
ajratilgan tarbiyachilar qo'liga topshirilgan, turli og'ir sinovlardan o'tkazilgan: masalan, bola 
do'pposlangan, tatuirovka qilingan, ovqat va uyqudan mahrum etilgan. O'spirinlar faqat «erkaklar 
taomi» -banan, shakarqamish va o'rmon mevalarini iste'mol qilishlari shart bo'lgan. Ayollar qo'lidan 
ovqat yeyish, ular o'stirgan daraxt mevasini tamaddi qilish qat'iyan man qilingan. Xullas, butun 
marosim o'g'il bolani onasidan, umuman ayollardan ajratib, erkaklar dunyosiga jalb qilishdan iborat 
bo'lgan. Ba'zan sinov va udumlar turli qo'shiq va raqslar, surnay navolari ostida o'tkazilgan. 
Koko qabilasida marosimning oxirida o'spirinlarga qabilaning odat va odob tartiblarini o'rgatish 
bilan birga turli nasihatlar ham berilgan. Masalan, ularga: «O'g'irlama! Fohishalik katta gunoh, unga 
berilgan tez o'ladi! Xotiningni urma! Birovning polizidan meva olma! Adolatli bo'lsang uzoq 
yashaysan!», deyilgan. Torresova bo'g'ozidagi orollarida quyidagicha nasihat diqqatga sazovor: 
«Birov sendan bir narsa so'rasa, yo'q dema! Agar unga taom, suv yoki yana boshqa narsa zarur 
bo'lsa, ayama, yarmini bergil! Shunda sen yaxshi odam bo'lasan! Agar sen va xotining ota-
onangdan hech narsa olmagan bo'lsanglar ham ularga g'amxo'rlik qilishni unutmangiz! Onangga 
hech vaqt qo'pollik qilma! Ota va onang sening qorningdagi taoming, agar ular o'lsa, sen och 
qolasan! Tog'ang va boshqa qavmu qarindoshlaringga ham g'amxo'rlik qilishni unutma!...». 
Marosim nog'oralar ovozi va surnay kuylari, o'rtaga boshiga konus shaklida baland niqob kiygan, 
ustiga qatma-qat yaproqlar yopingan tuyaqushga o'xshash daxshatli arvoh obrazidagi Duk-duk 
o'yini bilan tugaydi. Shunday qilib o'g'il bolalar erkaklar guruhiga o'tadi va o'z vaqtini asosan, 
oiladan va xotinlardan tashqari, «erkaklar uyi»da o'tkazishga majbur bo'ladi. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha erkaklar ittifoqining paydo bo'lishi ona urug'i 
hukmronligiga qarshi qaratilgan o'ziga xos qurol hisoblangan, ya'ni matriarxat urug'idan 
patriarxatga o'tish davri bilan bog'liq bo'lgan. Initsiatsiya natijasida bir oilada tug'ilib o'sgan o'spirin 
ona uyini tashlab, erkaklar uyiga, ya'ni urug' ixtiyoriga o'tadi va yangi oila tashkil qiladi. Ammo 
uning ahvoli ikkilanma va qarama-qarshi bo'lgan, bir tomondan u urug' a'zosi, ikkinchi tomondan 
21
Пучков П.И. Этнические развитие Австралии М. 1987.С.48. 


oila boshi, bir kecha erkaklar uyida yotsa, ikkinchi kecha o'z uyida yotadi, o'z vaqtining bir qismini 
umumiy urug' ishlariga sarflasa, ikkinchi qismini oilasiga ajratadi. N.A. Butinov ta'rificha, Yangi 
Gvineyadagi Maklay sohilida o'tkazilgan initsiatsiya tantanalari 10-15 yilda bir marta nishonlanib, 
hayotga yangi mehnatkash avlod kirib kelganligini namoyish qiladi. Mazkur marosimni 
nishonlashdan maqsad o'spirinlarni oilasidan ajratib urug' a'zoligiga o'tkazibgina qolmay, balki eng 
muhimi ularni uylanib, yangi oila va uyga ega bo'lgandan keyin ham erkaklar uyida saqlab 
qolishdan iboratdir. «Bunday marosimlar, — deb xulosa qiladi muallif, ikki vazifani bajaradi. 
Birinchidan - oiladan begonalashti-rish har bir erkak tomonidan individual holatda turli udumlar 
orqali (badanini «ayollar sarqiti»dan tozalash, ona qonidan qutulish uchun burundan qon oqizish, 
tilni sal kesish, xatna qilish odatlari) amalga oshiriladi. Ikkinchidan - urug'ga mustahkam bog'lanish 
ayollardan maxfiy saqlangan urug'ning muqaddas joyi erkaklar uyida, butun urug'doshlar 
tomonidan jamoaviy holatda yilda bir necha marta o'tkaziladigan ayol va bolalar ishtirok 
qilmaydigan urug'chilik bayramlari orqali namoyish qilinadi». 
Melaneziyada patriarxal quldorlik paydo bo'lgan. Qullar harbiy asirlar hisobiga to'ldirilgan. 
Patriarxal tipdagi juft nikoh uncha mustahkam bo'lmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va 
boshqarib turuvchi qavmu qarindoshlik munosabatlari ancha o'zgargan, katta qalin to'lash, 
ko'pxotinlik paydo bo'lgan. Gvineyaga borgan Ya. Volnevich so'nggi o'n yillikda kelin bahosi o'n 
hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bo'lib, kambag'al yigitlarga 
uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan. 
Eri o'lganda xotini ancha vaqt motam tutgan, keyin erining jasadini qabrdan kovlab olib 
ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus to'r xaltaga solib o'zi bilan olib yurgan. Kukuku qabilasida 
kishi o'lgandan keyin jasadni uyda maxsus ustunga yotqizib bir oycha dudlatib quritganlar, so'ng 
chiptaga o'rab qabristonga eltib qo'ygan-lar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba'zan 
bir skelet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha cho'zilishgan hollari kuzatilgan. Faqat 
qaynog'asi yoki qaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush qurishi 
mumkin bo'lgan. Ilgari ayrim qabilalarda bolasi o'lgan ayol bir barmog'ini motam belgisi sifatida 
kesib tashlagan va bo'yniga osib yurgan. 
Papuas va melaneziyaliklarning diniy e'tiqodida mana tushun-chasi muhim rol o'ynagan. Mana 
tabiatning turli hodisalari, arvohlar. boy kishilar bilan bog'liq qandaydir qiyofasiz kuch hisoblangan. 
Eng kuchli mana, odatda, qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari va ularning arvohlariga xos 
bo'lib, ularga sig'inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat kuchli bo'lgan. 
Ajdodlarning arvohlariga sig'inish e'tiqodi o'liklarning kalla suyagini maxsus muqaddas joylarda 
saqlash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiylikka o'tish davriga xos turli animistik 
tasavvurlar, sehrgarlik e'tiqodi (ayniqsa, boshliqlar manasi kuchi), dahshatli arvohlar obrazi va u 
bilan bog'liq marosimlar melaneziyaliklarning ma'naviy madaniyatiga ta'sir etgan. 
Bayramlarda kuy va raqslar ijro etilgan, ayniqsa, erkaklar raqsi turli xilda va dramatik 
mazmunda harbiy harakatlar, eshkak eshish kabilarda tasvirlangan. Dekorativ san'at, o'ymakorlik 
rivojlangan. Ammo amaliy bilimlar ancha past, faqat xalq tabobatigina bir oz rivoj topgan: uqalash, 
qon chiqarish, suyakni joyiga solish, trepanatsiya qilish, o'tlardan dori tayyorlashni puxta 
o'zlashtirganlar. 
Migratsiyaning kuchayishi natijasida ayrim orollarning etnik tuzilishi ancha o'zgargan, tub 
aholi soni kamayib, kelgindi ko'payib ketgan. Eski qabilaviy tuzum asta-sekin yemirilib, qabila 
boshliqlari mustamlakachilarning ma'muriy malaylariga aylangan. Fidji orolida serunum yerlarni 
egallagan mustamlakachilar plantatsiya xo'jaligini tuzib shakarqamish eka boshlaganlar. Ular ishchi 
kuchiga muhtoj bo'lib, qo'shni orollardan va Hindistondan juda ko'p yollanma ishchilarni olib 
kelganlar. Orol aholisining deyarli 50 foizini hozirda hindlar tashkil qiladi, tub aholi esa undan ham 
oz qolgan. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish