stansiyasi ochildi. Shu yildan paxtachilikda pishiq tolali va hosildor
“Amerika” navini ekish keng tarqala boshlandi.
Shuningdek, Turkistonda yangi ekinlar paydo bo‘lib,
Rossiya
iqtisodiyotiga foyda keltiradigan mahsulotlar yetishtirish oshirildi.
Qishloq xo‘jaligida pilla yetishtirish ko‘paytirildi, o‘lkada qand lavlagi,
kartoshka, karam ekinlarini ekish o'zlashtirildi. Vinochilik va
asalarichilik paydo bo‘ldi.
Turkistonni Rossiya bilan bog‘lash uchun qurilgan temir yo‘l
tizimi avvalo harbiy maqsadlarda qurilgan bo‘lsa-da, uning qurilishi
ma’lum darajada o ik a boyliklarini tashib ketishda ham foydalanildi.
1880-1889-yillar oralig‘ida Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo‘y,
Kushka, Buxoro,
Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Andijon shaharlarini
bog‘lovchi 0 ‘rta Osiyo temir yo‘li qurildi. 1890-1905-yillarda
Toshkent-Orenburg temir yoTi qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi
bilan bevosita bog‘landi. 1915- yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-
Shahrisabz-Kitob temir yo‘li qurildi.
Turkiston
Rossiyaning
markazi
bilan
temir yo‘l
orqali
bog‘langach, rus kapitali (sarmoyalari) oMkaga kirib kelishi jadallashfi.
Turkistonda
Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya
davlat bankining filiallari tashkil etildi. 0 ‘lkada bir qator zavodlar,
savdo shahobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi.
Paxta va uni xarid qilish bilan shug‘ullanuvchi 30 ga yaqin savdo
shahobchasi vujudga keldi. Turkiston iqtisodiyotiga yirik sarmoyadorlar
ta’siri kuchaydi. Masalan, yirik sarmoyador
Vodyayevlar Turkistonda
“Vodyayevlar savdo uyi”ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi.
Farg‘ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo'llar, paxta tozalash
zavodlari va Ivanovo to‘qimachilik korxonalari ham ushbu shirkatga
tegishli edi.
Turkistonda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ta’sirida milliy
sarmoyadorlar va ishchilarning shakllanish jarayoni boshladi. 1914-
yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lkada 49,5 ming ishchi bo‘lib, ulardan 25,5
mingi
sanoatda, 24 mingi temir y o i va unga xizmat qiluvchi
ustaxonalarda ishlagan. Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do'konlar,
tegirmonlar, yirik bog‘ va uzumzorlarga ega bo‘lgan mahalliy
mulkdorlar ham faoliyat yuritdi.
Turkiston iqtisodiyotining mustamlakachilik xususiyatidan yana
biri, o‘lka Rossiya tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 1895- yilda
Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan taxminan 6 million
rubl
miqdorida temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog‘och, choy,
114
oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo‘lsa, 1914-yilda sotilgan
buyumlar salmog‘i 243 million rubldan oshib ketdi. Sotilgan
mahsulotlarning 40 foizini o‘lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya
to‘qimachilik korxonalarida to‘qilgan gazlamalar tashkil etardi.
Rossiya savdogarlari va sanoatchilari Turkistonda sanoat
mahsulotlari
sotishdan ham, bu yerdan xomashyo sotib olishdan ham
katta daromad olardilar. Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida
Turkiston
Rossiya
Imperiyasining
nafaqat
siyosiy,
shuningdek, iqtisodiy mustamlakasiga aylantiriidi. 0 ‘lkada tramvay,
telegraf, elektr, telefon, temir yo‘l kabi fan-texnika yutuqlarining paydo
bo‘lishi shu davrga to‘g ‘ri kelishini ta’kidlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: