3.2 . Jismoniy tarbiya darslarida qoilaniladigan
harakatli o ‘yin!ar
3.2.1.1-IV sinf o ‘quvchilariga mos harakatli o ‘yinlar
O'qituvchi har bir dars uchun bolalar organizmiga har taraflama
ijobiy ta’sir etuvchi turli harakatli o‘yinlami tanlashi va ularni
o‘tkazishda har xil usullardan foydalanib borishi lozim.
Darsda, shuningdek, turli o‘yinlarni o'tkazish jarayonida
o'rganiladigan materiallarning metodik jihatdan izchilligiga alohida
e ’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu izchillik,
birinchidan, darsning ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini to‘g‘ri hal
qilish, ikkinchidan, dars materiallarini to‘hq o‘tishga erishish,
uchinchidan, butun dars davomida har bir mashqni muayyan
m e’yorda amalga oshirish imkonini beradi.
Darsning boshida yoki o‘rtasida zo‘r e'tibor berishni va o‘zaro
muvofiq murakkab harakatlar qilishni taqozo etadigan o‘yin hamda
mashqlar o‘tkazilsa, dars oxirida o‘quvchilaming charchagan tana
a'zolarini birmuncha tinch holatga keltiradigan o‘yin va mashqlami
81
o‘tkazish keiak. Masalan, dars boshida bolalaming diqqatini jalb
qilish uchun “0 ‘ylab top”, “Hamma o ‘z joyiga”, “Man qilingan
harakat” singari o'yinlar o ‘tkazilsa, darsning asosiy qismida
“Quvnoq bolalar” , “Qoch bolam, kalhat keldi” kabi serharakat
o‘yinlami o‘tkazish tavsiya etiladi.
0 ‘rta yoshdagi o‘quvchilar bilan darsning asosiy qismida
“Cho‘pon”, “Qo‘y va bo‘ri”, “Oq tosh”, “Oq ayiqlar” va boshqa
o‘yinlami o‘tkazish, darsning yakunlovchi qismida esa kam harakatli
“Pat”, “Pr-r-r. (qush uchishini ifodalovchi tovush) singari o‘yinlarni
o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Agar butun dars faqat o‘yinlardan iborat bo'lsa, serharakat
o‘yinlami kam harakatli o'yinlar bilan, bir xil yo‘sindagi o‘yinlarni
ikldnchi xil o‘yinlar bilan navbatlashtirib o‘tkazish kerak.
Agar o‘qituvchi bir sport turi texnikasining ayrim qismini o‘yin
orqali bolalarga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysa, aw al
o‘yinning mazmuni va yo‘nalishini puxta o‘ylab olishi zamr.
Masalan,
“To‘pni oldirma” yoki “To‘p ilish” o‘yinlari
yordamida bolalarga to‘p uzatish va ШЬ olish harakatlarini o‘rgatish
belgilangan bo‘lsa, bu ishni faqat mazkur o‘yinlar orqah amalga
oshirib bo‘lmaydi. Chunki o‘ynayotganlaming asosiy e'tibori to'pni
tez uzatish va ШЬ olish bilan band bo‘Ub, o‘yin texnikasi
elementlarini bajarish e ’tibordan chetda qoladi. Agar bu ish tegishh
metodik ko‘rsatmalarga amal qiUb va ba’zi-bir o‘zgarishlar kiritib
o‘tkaziladigan o‘yinlar yordamida bajarilsa, maqsadga erishish
mumkin.
0 ‘ynovchilarni ortiq charchatib qo‘ymaslik uchun hayajonU va
ermak o'yinlarni ko‘p o‘tkazavermay, ularni bolalaming jismoniy
tayyorgarlik darajasi va organizm imkoniyatini hisobga olgan holda
boshqa xildagi o‘yin va mashqlar bilan qo‘shib oUb borish kerak.
Hushyor o‘qituvchi ayrim bolalaming charchash belgilarini
(rangi o‘chishini, harakatlari sustligi va o‘yinni davom ettirish istagi
yo‘qligini) darhol sezib oladi.
Jismoniy tarbiya darsining muhim xususiyatlaridan biri vaqtdan
unumU foydalanishdir. Bu tadbir darsni unumU o'tkazish imkonini
beradi. 0 ‘qituvchi o‘quvchilami darsda faol qatnashtirish uchun
barcha
imkoniyatlardan
foydalanishi,
shuningdek,
hamma
o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar bir me’yoida bo‘lishiga
erishishi lozim. Bunga esa har bir o‘yin va har bir ishtirokchi uchun
vaqtni aniq taqsimlash yo‘U bilan erishish mumkin. Agar
o‘ynovchilar soni juda ko‘p bo‘lsa, bir necha gumh yoki jamoa
82
tiizish, topshiriqni bajarish uchun belgilanadigan vaqtni qisqartirish
lozim.
0 ‘yin paytida uning qoidalarini huzgan o'quvchilami o‘yindan
chiqarib yuborish emas, balki, ularga jarima ochkolari berish orqah
“jazolash” maqsadga muvofiqdir.
0 ‘yin bo‘Unib qoUshiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga yaxshi
tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin o‘tkaziladigan joyni va kerakh asbob-
uskunalami oldindan taxt qiUb qo‘yish lozim.
0 ‘qituvchi
maktabning
imkoniyatlari va
o‘quvchilaming
tayyorgarlik darajasini hisobga oUb, o‘quv dasturida tavsiya etilgan
o‘yinlami o‘zgartirishi va ularga qo'shimchalar kiritishi mumkin.
HarakatU
o‘yinlami
o‘quv
yilining
choraklari
bo‘yicha
rejalashtirishda ob-havo sharoitlarini hisobga olish kerak. Masalan,
0 ‘zbekistonda dekabr, yanvar, fevral oylaridan boshqa paytlarda
mashg‘ulotlami ochiq havoda o'tkazish mumkin. Biroq ob-havo
yaxshi vaqtga mo‘ljallangan “Chillak”, “Oq tosh”, “Qoziq”,
“Tegizsang-minasan”, “Bayroq uchun kurash” singari o'yinlar reja-
lashtirilganida ehtiyot uchun ulaming o‘miga bino ichkarisida
o‘tkazsa bo‘ladigan o‘yinlami ham belgilab qo‘yish kerak.
Har bir chorak oxirida o ‘tkaziladigan nazoiat mashg‘ulotlari
uchun turU jismoniy mashqlardan iborat o'yinlami iejalashtirish
lozim. Bunday o‘yinlar o‘quvchilaming tayyorgarligini, egallagan
malakalarini, harakatlarining tezligi va o‘zaro muvofiqligini sinab
ko‘rishda yordam beradi. 0 ‘yin vaziyatida tez fikr yuritishni o‘stirish
maqsadi bilan o‘yinning ayrim usullarini o‘rgatishda sharoitga
muvofiq holda o‘yinga “raqib” o'yinchini kiritish ham mumkin.
Bolalar uchtm harakatU o‘yinlaming ahamiyati ularda muayyan
jismoniy sifatlami hosil qilish va ulam i takomillashtirish bilan
cheklanmaydi. HarakatU o‘yinlar bolalarda intizomlilik jamoada
o‘zini tuta bilish va uning sharafi, obro'si uchun kurashish,
o'rtoqlariga beg‘araz
yordam berish
kabi
fazilatlami ham
shakUantiradi.
I-IV sinf o‘quvchilarida uyushqoqlik bilan bir maromda yurish
ko‘nikmalari hosil qilish uchun xorovodU (doira bo‘Ub aylanib
raqsga tushiladigan, ashula aytiladigan) o‘yinlami, musiqa jo‘rligida
o‘ynaladigan o‘yinlami, shuningdek, aytilayotgan she’r matniga mos
harakatlar bajariladigan o‘yinlami tanlash lozim. Shu maqsadda
“Musiqa jo ‘rligida yurish”, “Karusel”, “0 ‘ylab top”, “Kimning
ovozi” singari ommaviy o'yinlardan, shuningdek,
“0 ‘razan-
burazan”, “Pat” , “Pr-r-r...”, “Oq terakmi - ko‘k terak” kabi milhy
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bu o‘yinlar juda oddiy va oson
83
bo‘lib, ulardan jismoniy tarbiya darslarida, xususan darsning boshi
va oxirida samarali foydalanib kelinayotir.
Turli harakatlami bajarishda ijodiy tafakkur va mustaqiUikni
o‘stirishga bevosita yordam beradigan “Pr-r-r...”, “Pat” , “Kim
keldi” singari mazmunli o‘yinlami tanlash va o‘tkazish ham
muhimdir.
Agar darsda bir nechta o‘yin o‘tkazilsa, ular turli yo‘sinda
bo'lishi, ularga har hil m ashqkr va harakatlar kiritilishi lozim.
0 ‘quvchilar bir darsning aniq vazifasini nazarda tutib, ana shu
vazifani amalga oshirishda yordam beradigan o‘yinlami tanlashi
kerak.
I-IV sinf o‘quvchilariga mos harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya
darsining asosi hisoblanadi. Shuning uchun maktab dasturida
o'yinlar boshqa mateiiallarga nisbatan ko‘proq o‘rin oladi. Buning
sababi shuki, dasturga kiritilgan har xil jismoniy mashqlarni bolalar
turli o‘yinlar vositasida osonroq idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar.
Masalan, ularga yugurib kelib uzunlikka sakrash ko‘nikmasini
o‘rgatish bo‘yicha alohida mashg'ulot o‘tkazilsa, o ‘qituvchi qo'ygan
vazifa
amalga
oshmay
qolishi
mumkin.
Chunki
mashqni
tushuntirish, amalda ko'rsatish, bajarish va qanday bajarilganini
aniqlash, xatolami tuzatish va hokazolar bolalar uchun zerikarli
boTadi. Agar bu ishda “Bo‘ri zovur ichida” o‘yinidan foydalanilsa,
maqsadga osongina erishiladi.
Harakatli o‘yinlami asosan darsniig asosiy va yakunlovchi
qismida o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki dasturda darsning kirish
qismida saf mashqlanni o'tkazish belgilangan.
0 ‘yinlarda yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg‘itish kabi
harakatlar bajarilishiga alohida e ’tibor berish lozim. Bu yoshdagi
bolalar bilan asosan oddiy va o‘rtacha murakkablikdagi o‘yinlar
o‘tkaziladi. Agar bolalar yetarli darajada tayyorlangan bo‘lsa, yanada
murakkabroq, ya’ni jamoalarga bo‘linib ijro etiladigan o‘yinlarni
ham o‘tkazish mumkin. Bolaiar bu o'yinlarda “Bir kishi hamma
uchun, hamma bir kishi uchun” prinsipi bo‘yicha birgalikda harakat
qilishni o‘rganadilar. Bu hol butun jamoaning, jamoadagi barcha
ishtirokchilaming mas’uliyatini orttiradL
Jamoali o‘yinlar yetarli darajada chaqqonlik, hozirjavoblik,
farosatlilik va jismoniy tayyoigarlikni talab qiladi va ayni vaqtda bu
xususiyatlami takomillashtiradi.
Jismoniy tarbiya darslari ko'pincha turli o‘yinlardan iborat
bo‘ladi va ularga gimnastika hamda sport o‘yinlarining asosiy turlari
— basketbol, voleybol va hokazolar ham kiritiladi.
84
0 ‘qituvchi harakatli o'yinlar yordamida jismoniy mashg‘ulot-
lami qiziqarli o‘tkazishi mumkin va bunday o‘yiniar o'quvchilarda
turli harakat ko‘nikmalami hosil qiladi.
Agar o‘qituvchi o‘z oldiga o‘quvchilarda sportning biror turi
bo‘yicha harakat ko‘nikmalarini hosil qilish vazifasini qo‘ysa, ayrim
darslar shu vazifani bajarishda yordam beradigan o'yinlardan iborat
bo‘lishi lozim. Shuni ham nazarda tutish kerakki, o‘yin darslarini
o‘tkazish o‘quvchilardan ayrim o‘yin harakatlari ko‘nikmalariga ega
bo‘lishni talab qiladi.
0 ‘yin darslarini har o‘quv choragining oxirgi o‘n kunliklarida
o‘tkazish maqsadga muvoliqroqdir. Chunki shunda o'qituvchiga
bolalar qanday harakat ko‘nikmalarini egallaganini aniqlash
imkonini beradi.
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darslarida hosil qilingan
harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlash uchun
xizmat qiladi. Darsning asosiy qismi muayyan vazifani amalga
oshirishga, masalan, basketbol o‘yittining asosiy elementlarini
o‘rgatishga doir o‘yin materiallaridan iborat bo‘lsa, uning kirish
qismida “to‘plar poygasi” singari harakatli o‘yinlardan foydalanish
mumkin. Bunday hollarda darsning asosiy qismiga “Ovchilar va
o‘rdaklar” , “Otishma” o‘yinlari kiritiladi.
0 ‘yinlardan foydalanishda faqat ulaming elementlari qanchalik
tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatini ham alohida hisobga
olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |