77
III bob. TURLI YOSHLI 0 ‘QUVCHILAR BILAN HARAKATLI
0 ‘YINLARNI 0 ‘TKAZISH
3.1 . 0 ‘qituvchi — harakatli o ‘yinlar tashkilotchisi
va boshqaruvchisi
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi harakatli o‘yinlami tashkil qilish
va o‘tkazishda quyidagilami nazarda tutishi lozim:
1. 0 ‘quvchilaming jismoniy barkamolligiga, salomatligining
yaxshilanishiga, chiniqishiga, tana a’zolari va umumiy ish qobiliya-
tining o‘sishiga yordam berish.
2. 0 ‘quvchilarda har xil sharoitlarda erkin harakat qila olish
imkonini beradigan bilimlar va kerakli harakat malakalarini hosil
qilish.
3. 0 ‘quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va
irodaviy sifatlami tarkib toptirish.
4.
0 ‘quvchilami turli o‘yinlar va jismoniy mashqlarga
qiziqtirish, kundalik jarayonlar tartibiga rioya qilishga odatlantirish.
5. 0 ‘quvchilarda harakatli o'yinlami mustaqil holda tashkil
etish va o‘tkazish uchun zamr bilim va malakalar hosil qilish.
Harakatli o‘yinlami o‘tkazishda o‘qituvchining tashkilotchi va
tarbiyachi sifatidagi vazifalari juda keng va mas’uliyatlidir.
0 ‘yinlar awalo to‘g‘ri tanlanishi, shug‘ullanuvchi bolalar yoshi,
jinsi va jismoniy imkoniyatlariga mos bo‘lishi darkor. 0 ‘yinni to‘g‘ri
tanlash va maqsadga muvofiq ravishda o'tkazish juda muhim
ahamiyatga ega. Ammo o‘yin hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifalarni
hal qilavermaydi. Tarbiya sohasida yaxshi natijaga erishish uchun
harakatli o‘yinlar tarbiyaviy mhda tashkil qilinishi va o‘tkazilishi
kerak. 0 ‘yin rahbari bolalar jamoasini yaxshi bilishi, har bir o‘yinning
mazmuni va qoidalari bilan batafsil tanishishi, yuksak pedagogik
mahoratga ega bo‘lishi lozim. Shundagina u harakath o‘yinlardan
ko‘zlangan ta’limga va tarbiyaviy maqsadlarga erisha oladl
Bolalar o‘yin davomida o‘z fe'l-atvori va shaxsiy xususiyatlarini
namoyish qiladilar. Bundan esa o‘qituvchi ulaming turU odatlarini,
salbiy va ijobiy qiziqishlarini bifib olishi, tegishU tadbirlarni
belgilashi, o‘yinni muayyan yo'nalishga soUb, ularda sofdillik,
mardlik, rostgo'ylik, hamjihatlik, o‘zaro hamkorlik, hurmat-izzat,
78
kabi hislatlami shakllantirishi lozim. Shu bilan birga u bolalarga
o‘yin qoidalarini buzmagan holda ijodiy tashabbus ko‘rsatishda har
jihatdan yordam berishi kerak.
0 ‘qituvchi
o‘yinlarni
o'tkazish jarayonida
pedagogikaning
didaktik prinsiplaridan foydalanishi va doimo ulami amalga oshirishga
erishishi lozim. 0 ‘qituvchi o'quvchilarga har bir o‘yinning mazmuni,
vazifasi va qoidalarini tushuntmb beradi. Bu esa ularga o‘yinga ongli
munosabatda bo‘lish, uni to‘g‘ri o‘iganib olish, o‘z xatolari va
yutuqlarini to‘g‘ri tushunish va o‘z harakatlarini o‘rtoqlarining
harakatlariga qiyoslab tahlil qilish imkonini beradl 0 ‘quvchining
o‘yin mashqlarini o‘rganishda o‘qituvchiga ko‘r-ko‘rona taqhd
qilaverishi ham maqsadga muvofiq emas. 0 ‘qituvchi o‘rgatadigan va
o‘quvchilar
ongh
ravishda
bajaradigan
harakatlar
bolalarda
tashkilotchilik ko‘nikmalarini tarbiyalashda yordam berishi kerak.
Bunga o‘yinni o‘tkazish uchun o‘quvchilardan hakamlar va ulaming
yordamchilarini tayyorlash yo‘U bilan erishiladi 0 ‘qituvchi bolalar
bilan o‘tkaziladigan o'yinlar bir oz muayyan qiyinchiliklami yengish
bilan bog‘Uq bo'lishiga, o‘yin jarayonida bajariladigai har bir vazifa
amalga oshishiga erishishi va to‘siqlar qanday zabt etilishiga ko‘ra
murakkablashtirib borilishi zarur. Bu ish bolalami mehnatsevarlikka
o‘rgatadi, ulardagi iroda kuchini orttirib boradi.
0 ‘qituvchi o‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko'rishda uning aniq
vazifalarini belgilab chiqadi, bu vazifalar bolalaming yoshiga mos,
ya’ni ular bajara oladigan bo‘lishi kerak.
0 ‘yinni tashkil qilish va o‘tkazishda o‘quvchilami iloji boricha
tashabbus
ko‘rsatib,
faol
qatnashishga
rag‘batlantirish juda
muhimdir.
Bolalar ijodiy faollik ko‘rsatib o'ynasalar, o‘yinlar ularda
tashkilotchilik malakasini o‘stiradi. Ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun o‘rtog‘iga yordam berish, o‘z hoUcha yoki o‘rtoqlari bilan
darhol bir qarorga kelish — ijodiy tashabbuskorlik hisoblanadi. Agar
bolalar o'yinni ilgari o'zlashtirgan bo‘lsalar, o ‘yin paytida ulaming
faolligi yanada ortishi mumkin.
0 ‘yin paytida bolalaming faollik ko‘rsatishi o‘qituvchining ana
shu o‘yinni o‘tkazishga qanday tayyorlanishiga ham bog'Uq bo‘ladi.
0 ‘qituvchiiing o‘zi o'yinni aniq va yaqqol tasawur qilishi, o‘yin
paytida o‘ynovchilaming o‘zaro munosabatlarini yaxshi tushunishi
lozim.
0 ‘yin rahbari keyinchalik bolalar o‘yinni qanday o‘zlashtirish-
lariga qarab, ulaxga sardorlik, hakamlik qilish ishlarini topshirishi va
bolalar o‘yinga uyushqoqlik bilan qatnashadigan bo‘lganlaridan so‘ng,
79
ular orasidan o'ziga yordamchilar tayinlashi kerak. Shunda ham
bolalar o'yinini rahbaming o‘zi kuzatib turmog'i lozirn. 0 ‘yinni
obrazli qilib tushuntirish, eng muhim omfflardan sanaladi. Bu ish,
ayniqsa, mazmunli o‘yinlami so‘zlab berishda g‘oyat zarur bo‘Ub,
o‘yin qatnashchilari o‘z rollarini to‘g‘ri bajarishlarida yordam beradi.
0 ‘quvchilar o‘yin mazmunini puxta o'zlashtirishlari uchun
rahbar og‘zaki tushuntirishni amalda ko'rsatish bilan, ya’ni
o‘yinning ayrim harakatlarini bajarib ko‘rsatish bilan oUb borishi
lozim. 0 ‘yin qoidalarini tushuntirishda, harakatlarni ifodalab
berishda,
ko‘rgazmaU qurollardan foydalanishda uning aniq
vazifalarini doimo nazarda tutishi zarur.
0 ‘yinlami rejalashtirishda ularning
mazmuni va
o‘zaro
bog‘Uqligini ham unutmaslik muayyan yoshdagi o‘quvchilarni
jismoniy tarbiyalash vazifalariga muvofiqligini hisobga olishi kerak.
Masalan, yangi bilim va malakalar mavjud bilim va malakalarga
bog‘lab berishi lozim. Aytaylik, mashg‘ulotlarda to ‘pni uzatish, ШЬ
olish, o‘ynatib oUb yurish va savatga tashlashning asosiy qoidalari
o‘rganilgan bo‘lsin. Mana shunga oid bilim va malakalarni
mustahkamlash uchun “To‘p onaboshiga” o‘yinini yoki uch
varianffl “To‘p o‘yinlari”ni tavsiya etish mumkin. Shuningdek
bunda qatnashuvchilaming o'sish va jismoniy tayyorgarlik darajasiga
mos o‘yinlami tanlash va o‘tkazish lozim. Har bir o‘yinning o‘ziga
xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo‘ladi. Shuning uchun o‘yinni
tanlashda undagi qiyinchiliklami o'quvchilar bir oz kuch sarflab
yenga olishlarini nazarda tutish kerak.
To‘siq yoki qiyinchiliklami yengishga, ya’ni yetarU darajada
kuch sarflashga majbur qilmaydigan o‘yin bolalarda hech qanday
qiziqish o‘yg‘otmaydi. Lekin lmch talab qiladigan o‘yin bolalaming
qo‘Udan keladigan bo‘lishi ham kerak. Shundagina u bolalarda o‘z
kuchlariga bo‘lgan ishonchni hosil qiladi va ularga ijobiy ta'sir
ko‘rsatadi. Juda yengil yoki haddan tashqari og‘ir o‘yinlar ham
qiziqarU o‘tmaydi
0 ‘qituvchi o‘yinlami osondan qiyinga, oddiydan murakkabga
tamoyffl bo‘yicha belgilashi lozim. Tashkil qilinishi sodda va
jamoalarga
bo‘linmay
o‘ynaladigan
o ‘yinlar
oddiy
o‘yinlar
hisoblanadi. Bunday o‘yinlaming qoidalari juda oson bo‘ladi.
Teng tarkibU jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar bir oz
murakkab va eng murakkab o‘yinlarga kiradi. Bunday o‘yinlaming
qoidalari qiyinroq va murakkabroq ham bo‘ladi. 0 ‘qituvchi tanish
o‘yinlardan notanish o‘yinlarga o‘tishni ham nazarda tutishi kerak.
Bu tadbir bolalami o‘yinga qiziqtirishda yordam beradi. Yangi
80
o‘rganiladigan
o‘yinlardagi harakatlaming
tanish
o‘yinlardagi
harakatlarga o'xshashi va tilarga hali bolalar uchun nom alum
qoidalar va harakatlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan,
o‘quvchilar “Epchil holalar” o‘yinini hiladilar, endi ularga “Ikki
ayoz” o‘yinini o‘rgatish mumkin va bu ish ancha oson bo‘ladi.
Chunki mana shu ikkala o‘yinning qoidalari o‘xshash, faqat ikkinchi
o‘yin murakkabroqdir.
Shu tariqa o‘rganiladigan o‘yinlar asta-sekin murakkablashib
borsa bolalarda yangi harakat ko‘nikmalari hosil bo‘lib boradi va
ilgari o‘rganilgan harakatlar takomillashib boradi. 0 ‘quvchilar
harakat ko‘nikmalarini, shuningdek, ilgari olgan bilimlarini puxta
o‘zlashtirishiga erishmoq uchun o‘yinlami muntazam ravishda
takrorlab borishi zamr. Ammo bu bir xil o‘yinlarni takrorlayverish
lozim, degan gap emas, balki mazmuni har xil o ‘yinlamiig ma’lum
bir qismini takrorlab turish, o'quvchilaming o‘yinlami puxta
o'zlashtirishlariga erishish, ulaming bilim va malakasini uzluksiz
tekshirib borish, demakdir. Bu ish o‘yin qatnashchilarining
kamchiliklarini va yo‘l qo'ygan xatolarini aniqlashda, o‘z vaqtida
tuzatishda yordam beradi. Bolalaming o ‘yinlami puxta o'zlashtirishi
ularga bu o ‘yinlardan bolalar oromgohi va boshqa joylarda mustaqil
ravishda foydalanish imkonini ham beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |