O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

2.6-rasm. Shnekli burg‘ilash uchun asboblar:
a—shnek: 1—xvostovik; 2—reborda; 3—quvur; 4 — mufta;
5 — pales; 6—fiksator; b—kolonkaviy shnek: 1—koronka; 2—kern
qabul qiluvchi gilza; 3—shnek korpusi.
638
6
6
5
4
3
2
1
1
4
0
0
7
a
A
1
2 3
B
4
B
B-B
A-A
5
6
3
2
b
1


45
Kolonkaviy shnekli burg‘ilash qovushqoq jinslarni (suglinok
va  supes)  burg‘ilashdagina  ishlatilishi  mumkin.  Bu  holda
kolonkaviy shnek ichidagi  kern ishqalanish kuchi hisobiga saq-
lanib turadi.
Shnekli burg‘ilash uchun yengil olib yuriladigan, ko‘chma va
o‘ziyurar burg‘ilash qurilmalari ishlatiladi.
Yengil  olib  yuriladigan  qurilmalar  ÌÏ—1  (motopro-
bootbornik), Ä-10M, M-1 va KM-10 motoburlar diametrlari
50—1 00  mm,  chuqurligi  7—10  metrgacha  bo‘lgan  g‘ovak  va
bog‘langan jinslarni burg‘ilashda ishlatiladi. Qurilmalar tarkibiga
«Äðóæáà» motoarra dvigateli, reduktor va komplekt asboblari kiradi.
Motoburlarning massalari 12—32 kg ni tashkil etadi.
Kolonkaviy  motobur  KM-10  xizmat  ko‘rsatuvchi  personal-
larning mehnatini sezilarli darajada yengillashtiradi (2.7-rasm).
U aravacha 3 ga o‘rnatilgan aylantirgich 4 dan iborat bo‘lib, u
zanjirli  mexanizmi  yordamida  stoyka  2  bo‘ylab  harakatlanadi.
Stoykaning ostki qismi gruntga qoziq yordamida mahkamlanadi,
ustki  qismi  tiragich  6  bilan  tutashtiriladi.  Stoykaning  yuqori
qismiga yetakchi yulduzga mexanizmning  vali mahkamlangan.
Motobur KM-10 ishlagan paytda ishchiga  ta’sir  etuvchi reaktiv
burovchi moment va tebranishning oldini oladi, og‘irlik kuchini
berishni, snaryadni nari-beri surish va asbobni ko‘tarishni yengil-
lashtiradi. Qurilmaning massasi — 32 kg (shu jumladan, aylantirgich
2.7-rasm.
 KM-10 motobur:
1—zanjirli uzatma; 2—tiklagich; 3—aravacha; 4—aylantirgich;
5—benzobak; 6—tiragich; 7—shtir; 8—benzinli dvigatel.
638
8
6
5
4
3
2
1
7
1
4
0
0


46
— 14 kg )ni tashkil etadi. Uning yordamida diametri 105 mm bo‘lgan,
chuqurligi 3 — 5 metrgacha va diametri 70 mm bo‘lgan, chuqurligi
10 metrgacha bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash mumkin.
ÓÊÁ-12/25 rusumidagi ko‘chma burg‘ilash qurilmasi yum-
shoq va g‘ovak jinslarni  shnekli usul bilan burg‘ilash uchun ko‘zda
tutilgan.  Burg‘ilash  diametrlari  70,  105  va  140  mm  bo‘lganda
burg‘ilash chuqurligi o‘z navbatida 15, 10 va  5  metrni tashkil
etadi (2.8-rasm).
Qurilma  ikki  diapazonda  asbobni  aylantirish  chastotasini
ta’minlovchi  harakatlanuvchi aylantirgich, yo‘naltiruvchi rama
va  suyanchiqdan  hamda  zanjirli  uzatmaga  ega  bo‘lgan  qo‘l
lebyodkasidan iborat. Maksimal pastga beradigan bosim 4 kN,
uzatish  yo‘li  1200  mm  ni  tashkil  etadi.  «Äðóæáà-4»  benzinda
ishlovchi dvigatelning quvvati — 2,95 kW.
Avtotransport bilan yurish imkoni bor joylarda qurilmaning
o‘ziyurar  modifikatsiyasi  ÓÊÁ-12/25C   ni  ishlatish  mumkin.
Qurilma ÓÀÇ-469 Á rusumidagi avtomobil shassisiga joylashtirilgan.
2.8-rasm.
  ÓÊÁ-12/25  burg‘ilash qurilmasi:
1—yulduzcha; 2—zanjir; 3—benzobak; 4—aylantirgich; 5—aravacha:
6—lebyodka; 7—lebyodka dastasi; 8—tiklagich; 9—tiragich;
10—rama; 11—sentrator; 12—g‘ildirak.
1
2
3
4 5
6
7
8
9
10
12 11
1320


47
ÓØÁ-16 shnekli burg‘ilash qurilmasi chuqurligi 80 metrgacha
va diametri 150 mm bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash uchun  mo‘ljal-
langan. Machtasining balandligi 9,5 m bo‘lib, ÇÈË—131  avtomo-
bili shassisiga joylashtirilgan. Qurilma boshqa joyga ko‘chirilganda
machta gorizontal holatga keltiriladi. Burg‘ilash qurilmasi katta
yurish yo‘liga (6,5 metrgacha) ega bo‘lgan harakatlanuvchi aylan-
tirgichga va ikki barabanli yuk ko‘taruvchanligi 25 kN bo‘lgan
lebyodkaga ega.
Gusenitsa yurish imkoniyatiga ega bo‘lgan shnekli bur-
g‘ilash  qurilmalari (ÓØÁ-ÒM,  ØÀÊ-4,  ÓØ-27)  diametri
102—222  mm,  chuqurligi  80  metrgacha  bo‘lgan  quduqlarni
burg‘ilashni ta’minlaydi. Bu qurilmalarda uch va to‘rt tezlikka ega
bo‘lgan (70—460 ayl/min) harakatlantiruvchi aylantirgich o‘rna-
tilgan  bo‘lib,  uzatish  yo‘li  1399—3250  mm  va  bosim  berish
100 kN ni tashkil etadi.
Chiqib bo‘lmaydigan murakkab sharoitlarda qidiruv-kartirovkali
ishlarni bajarish uchun ÓÏÁ-100P — bo‘laklarga yengil  ajraladigan
qurilma va o‘ziyurar ÓÏÁ-100 ÃÒ  burg‘ilash qurilmasi ÃÒ-ÑM
gusenitsali transportyorga o‘rnatilgan.
ÓÏÁ-ÃÒ  qurilmasining  barcha  uzellari  (aylantirgich,  bur-
g‘ilash  snaryadini  uzatish  mexanizmi  va  machtani  ko‘tarish)
gidravlik uzatmalar yordamida bajariladi, bu esa aylanish chas-
totasini  bir  tekis  idora  qilish  va  snaryadni  asta-sekin  uzatish
imkonini beradi.
Shnekli burg‘ilashning asosiy texnologik rejim parametrlari —
og‘irlik kuchi, shnekning aylanish chastotasi hisoblanadi. Og‘irlik
kuchining oshirilishi burg‘ilash tezligining oshishiga olib keladi.
Biroq  bunda  doloto  bilan  parchalangan  jinslar  hajmi  shnekli
transportyor ish unumdorligidan oshmasligiga e’tiborni qaratish
kerak. Aks holda shneklarda jinslar tiqilib qolishi mumkin. Odatda,
yumshoq  jinslarni  burg‘ilashda  og‘irlik  kuchi  4,0  kN  ni,  qattiq
jinslarni burg‘ilashda og‘irlik kuchi 10 kN ni tashkil etadi.
Shnekning aylanish chastotasi  100—200 min 
-1
 atrofida bo‘lishi
kerak, uning kichik qiymati qovushqoq jinslarni burg‘ilash uchun
tegishlidir.  Qattiq  jinslarni  burg‘ilashda  shneklarning  aylanish
chastotasi 80—120 min
-1  
gacha kamaytiriladi.  Quduqni yaxshilab
tozalash  uchun  burg‘ilash  ishlari  tugagach,  snaryadni  200—300
min
-1 
chastotada bir necha minut davomida aylantirib turish tavsiya
etiladi.


48
Agar  quduqqa  (3,3

8,3)  10
-5 
m
3
/s  miqdorida  suv  quyilsa,
jinslarning  shnek  bo‘ylab  yuqoriga ko‘tarilishi yanada yaxshilanadi.
Qovushqoq  jinslarni burg‘ilashda suv moylovchi modda sifatida
ta’sir etib, shnek bilan jins orasidagi ishqalanish kuchini kamayti-
radi, ya’ni jinslarning ko‘tarilish tezligi ortadi. Biroq zaboyga suv
faqat  jinslar  yomon  ko‘tarilayotgandagina  quyiladi,  chunki  suv
gruntlarni  geologik o‘rganishni qiyinlashtiradi.
Shnekli  burg‘ilashning  ish  unumdorligi  turli  kategoriyadagi
jinslar uchun 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval
Shnekni burg‘ilashda jinslar namunalarini quduq ustida ko‘ta-
rilayotgan  jinslardan  olish  mumkin  bo‘ladi,  zaboydan  esa
namunalar maxsus gruntonoslar yordamida olinadi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish