2.1-§. Qo‘lda aylanma burg‘ilash
Barcha operatsiyalar qo‘l bilan bajariladigan qo‘lda burg‘ilash
usuli yetib borish qiyin bo‘lgan sharoitlarda yakka va ko‘p
bo‘lmagan quduqlarni yumshoq cho‘kindi tog‘ jinslarida burg‘ilash
uchun ishlatiladi. Bu burg‘ilash usuli geologiya-suratga tushirish,
geologiya-qidiruv va muhandislik geologiyasi ishlarini olib
borishdagi quduqlarni burg‘ilash uchun ishlatiladi. Bunday
quduqlarning diametri 26 mm dan 200 mm ni va chuqurligi
20—25 metrgachani tashkil etadi.
Qo‘lda burg‘ilash usulida burg‘ilash snaryadi tarkibiga jinslarni
parchalovchi asbob, burg‘ilash va obsadka quvurlari va ularning
yordamchi uskunalari, burg‘ilash vishkasi, balansir va avariyalarni
bartaraf etuvchi asboblar kiradi.
Sekin aylantirib qo‘lda burg‘ilash usulida jinslarni pachalovchi
asboblar sifatida spiralli va qoshiqsimon burg‘ilar (2.1-a va b rasm)
ishlatiladi.
Spiralli burg‘ilar yumshoq plastik jinslarni (gil, suglinok, bo‘r)
burg‘ilash uchun ishlatiladi. Bu jinslar burg‘i aylanasida yaxshi
ushlanib turadi.
Qoshiqsimon burg‘ilar o‘zaro bog‘lanmagan yumshoq jinslarni
(qum, supes, suglinok) burg‘ilashda ishlatiladi.
2.1-rasm. Qo‘lda aylanma burg‘ilash uchun ishlatiladigan
jinslarni parchalovchi asbob.
A-A
a
b
A
A
39
Burg‘ining aylanishi bilan bir vaqtning o‘zida yuklama ta’sirida
cho‘michsimon tig‘ga ega bo‘lgan burg‘u jinsga botadi va uni zaboy
bo‘ylab kesadi.
Aylanma usul bilan yumshoq jinslar (supes, suglinok, lyoss,
gillar va yumshoq suglinok) burg‘ilanadi. Jinslarni parchalovchi
asbob (spiralli yoki qoshiqsimon burg‘i) maxsus o‘tkich yordamida
burg‘ilash quvurlari bilan tutashtiriladi va quduqqa tushiriladi, so‘ngra
aylantiruvchi xomut yordamida aylantiriladi.
Og‘irlik kuchi ta’sirida burg‘i jinslarga botadi va u bilan to‘ldi-
riladi. Burg‘i to‘lishi bilan uni quduqdan yuqoriga ko‘tarib olinadi,
burg‘i jinslardan bo‘shatilgach, burg‘ilashni davom ettirish uchun
yana quduqqa tushiriladi. Burg‘ilash asboblarini ko‘tarib-tushirish
burg‘ilash vishkasiga o‘rnatilgan lebyodka yordamida amalga
oshiriladi.
Qo‘lda burg‘ilash qurilmasining sxemasi 2.2-rasmda keltirilgan.
Burg‘ilash snaryadini ulash va yechish uchun instrumental
kluchlar va pastga qo‘yiladigan vilkalar ishlatiladi.
2.2-rasm. Qo‘lda burg‘ilash uchun qurilma sxemasi:
1 — jinslarni parchalovchi asbob; 2, 3 — burg‘ilash va obsadka
quvurlari; 4, 9 — quvurli va sharnirli xomutlar; 5 — farshtul;
6 — vishka; 7 — blok; 8 — kanat; 10 — lebyodka.
6
5
8
7
9
4
3
2
1
10
40
Do'stlaringiz bilan baham: |