O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash


-§. Òog‘ jinslarining abrazivligi



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

1.13-§. Òog‘ jinslarining abrazivligi
Jinslarning  abrazivligi  deb  ularning  burg‘ilash  jarayonida
jinslarni  parchalovchi  asboblarni  yedirish  qobiliyatiga  aytiladi.
Jinslarning abrazivligi ularni tashkil etuvchi minerallar qattiqligiga,
zarrachalarning bir-birlari bilan yopishish xarakteriga, zarrachalar-
ning yirikligi va formasiga, jinslarning zichligiga va ularning darzlanish
darajasiga bog‘liqdir. Jinslarni tashkil qiluvchi mineral zarrachalari
qanchalik qattiq va yirik bo‘lsa, ularning qirralari qanchalik uchli
bo‘lsa,  jinslarning  abrazivligi  shunchalik  yuqori  bo‘ladi.  Qattiq
minerallar (misol uchun kvars, korund, granit) — yumshoq jinslar
bilan  sementlangan  bo‘lsa  yoki  orasidagi  bo‘shliq  yumshoq
minerallar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bunday jinslarning abrazivligi
yuqoriroq bo‘ladi. Shu bilan birga qattiq tog‘ jinslaridan hosil bo‘lgan


25
shlamlar ham abraziv xususiyatlarga ega bo‘ladi. Biroq massivdagi
jinslarning abrazivligi bilan ularning shlamdagi abrazivlik darajasi
bir-biridan farq qiladi. Juda qattiq mayda zarrachali yoki shishasimon
strukturaga ega bo‘lgan jinslar massivda kam abrazivlikka ega bo‘lishi
mumkin,  biroq  ularning  yirik  o‘tkir  qirrali  zarrachalari    yuqori
abrazivlikka ega bo‘ladi.
Abraziv  yeyilish  jarayonini  bu  jinslarni  parchalovchi  asbob
keskichlari  bilan  yupqa  kesilishga  olib  kelgan  ayrim  tirnashlar
yig‘indisidan iborat deb tushunmoq kerak.
Jinslarning  abraziv  xususiyatlarini  aniqlashning    bir  necha
usullari  mavjud. Geologiya-qidiruv  tashkilotlari sharoitida eng
qulayi — po‘lat sterjenni, burg‘ilash kolonnasini va qo‘rg‘oshin
shariklarini yedirish usulidir. Ishlatish natijasida yedirilgan olmosli
va  qattiq  qotishmali  koronkalarning  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,
ularning  yedirilishi  burg‘ilanayotgan  jinslardan  hosil  bo‘lgan
shlamlarning harakati natijasida sodir bo‘lar ekan.
Shuning uchun ham CÒ  41-89-74 standartiga  asosan tog‘
jinslarining abrazivligini ÏÎAÏ-2M asbobi yordamida, mayda-
langan jinslar ichida qo‘rg‘oshin shariklarining yedirilish usulida
aniqlash tavsiya etiladi.
Asbobning uzatmasi elektrodvigatel 1 yordamida ishlaydi. Unga
harakat maxovik o‘rnatilgan ekssentrik val  orqali uzatiladi. Val
1.5-rasm. 
 Òog‘ jinslarining abrazivligini aniqlash uchun
ÏÎÀÏ-2M asbobining sxemasi.
12
11
1
5
4
3
2
8 7 9
4
6


26
podshiðnik 10 kronshteynlariga o‘rnatilgan. Valdan harakat shatun
orqali shatun va tayanchlar  ga  tayanuvchi ish organlariga
uzatiladi.  Qopqoq  3  ish  organlari  kamerasidagi  uchta  yuklama
silindrlar 5 ni ushlab turadi. Aylanma harakat muftadan tasmali
uzatma orqali boshqarish pulti shkiviga beriladi. Boshqarish pulti
shkivi yurishlar sonini hisoblovchi schotchiklar 12, rele, magnitli
puskatel  va o‘chirish  qurilmasidan tashkil topadi.
Abrazivlik quyidagi tartibda aniqlanadi: ÏOK hajm o‘lchovchi
asbobdan maydalangan tog‘ jinslari toza qog‘oz ustiga konussimon
ko‘rinishda to‘kiladi, so‘ng plastinka yordamida tekis qilib yoyiladi,
undan keyin esa yana konus tarzida to‘kiladi. Bir xil aralashma hosil
qilish uchun bunday aralashtirish jarayoni 2—3 marta qaytariladi.
Har bir yuklama silindrga diametri 3,25 mm bo‘lgan, og‘irligi
5 mg aniqlikkacha o‘lchangan va 1 sm
3
 hajmdagi maydalangan jinslar
joylashtiriladi. Yuklama silindrlar ÏOAÏ-2M asbobiga joylashtiri-
ladi, schotchik 18000 raqamiga qo‘yiladi va asbob ishga tushiriladi.
Asbob 20 minutli ishdan so‘ng avtomatik tarzda to‘xtatiladi, shunda
elektrodvigatel  28  ming  marta  aylanish  beradi.  Sinovdan  so‘ng
droblar ÏOAÏ-2M asbobining toza yuklama silindrlarida, 2/3 qismi
suvga to‘ldirilgan holda 5 minut davomida yuviladi. Yuvilgan drob
(ïèòðà) artilib quritiladi, har bir  bo‘lak tortiladi va drob massa-
sining kamayishi aniqlanadi. Jinslarning abrazivlik koeffitsiyenti,
K
a
= 0,01 · m,
bu yerda,  m — drob massasining kamayishi, mg.
Abrazivligi  bo‘yicha  tog‘  jinslarining  guruhlari  1.2-jadvalda
keltirilgan.
1.2-jadval
Abrazivligi
bo‘yicha jinslar
guruhi
Abrazivlik
Jinslar  abra-
zivlik darajasi
I
II
III
IV
V
VI
0,5
0,5—1 1,0—1,5
2,0—2,5 2,5—3,0
1,5—2,0
Kam
abraziv
Kuchsiz
abraziv
O‘rta
abraziv
Kuchli
abraziv
O‘ta
kuchli
abraziv
Abraziv


27

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish