O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Nazorat uchun savollar
1. Burg‘ilash quduqlarining qanday turlari mavjud?
2. Òurli quduqlarning ishlatilish sharoitlari.
1.4-§.  Quduqlarni burg‘ilash jarayoni
sxemasi va mohiyati
«Burg‘ilash» va «quduqlarni bunyod etish» kabi tushunchalar
mavjud.
Burg‘ilash deganda quyidagi kompleks operatsiyalarga aytiladi,
ularni bajarish natijasida burg‘ilash qudug‘i hosil qilinadi. Burg‘ilash
jarayoni  quyidagi  jarayonlardan  tashkil  topadi:
1. Zaboyda tog‘ jinslarini parchalash.
2. Parchalangan tog‘ jinslari (shlam)ni zaboydan tashqariga
chiqarish.
3.  Mustahkam  bo‘lmagan  tog‘  jinslarida  quduq  devorlarini
mustahkamlash. Òog‘ jinslarini mexanik, elektrik, termik, portla-
tish, kimyoviy va boshqa usullar bilan parchalash mumkin.
Odatda,  burg‘ilashning  mexanik  usulida  turli  tog‘  jinslarini
parchalovchi asboblar qo‘llaniladi.
Bunda  tog‘  jinslarini  parchalovchi  asbob  statik  va  dinamik
kuchlar  ta’sirida  jinslarni  siqadi,  bosadi,  kesadi,  maydalaydi,
sindiradi, ishqalaydi va zichlaydi.
Parchalangan tog‘ jinslarini tashqariga chiqarishning quyidagi
usullari mavjud:
1. Gidravlik usulda tog‘ jinslari zarrachalari suyuqlik oqimi
yordamida yer yuzasiga ko‘tariladi (suv, gil eritmasi neft asosida
tayyorlangan maxsus yuvish suyuqliklari, polimer va boshqalar).
2. Pnevmatik usulda parchalangan mahsulot qisilgan havo yoki
gaz yordamida tashqariga chiqariladi.
3. Mexanik usul, bunda burg‘ilash usuliga qarab, burg‘ilash
yoki maxsus asboblar (burg‘ilash  stakani, qoshiqli yoki  burama


13
burg‘i, shnek, kolonka) yordamida parchalangan jinslar tashqariga
chiqariladi.
4. Kombinatsiyali usul — bunda yuqorida keltirilgan usullardan
ikki yoki uchtasi bir vaqtning o‘zida yoki navbatma-navbat ishla-
tiladi.
Mustahkam bo‘lmagan tog‘ jinslarida quduq devorlari aksariyat
hollarda  suvovchi  suyuqliklar  (gil,  polimer  eritmalari)  hamda
sement va tarkibida sementi bor ashyolar, sun’iy smolalar va bosh-
qalar bilan mustahkamlanadi. Quduq devorlarini uzoq muddatga
mustahkamlash  uchun,  asosan,  obsadka  quvurlari  ishlatiladi.
Obsadka quvurlari sifatida po‘lat quvurlardan tashqari zanglamaydi-
gan po‘latdan tayyorlangan, cho‘yandan, asbosementdan, plast-
massa va boshqa materiallardan tayyorlangan quvurlar ishlatilishi
mumkin.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish