58
− reproduktiv xususiyat, uning asosida predmetni markazlash yotadi;
− fanda aniq tasdiqlangan tushunchalarni oʻrgatish;
− turli xil qarashlarni, atamalarni oʻquv jarayoniga olib kirmaslik;
− oʻquvchilarga muayyan tushunchalar boʻyicha aniq ta‘riflar berish;
– koʻp miqdordagi keragidan ortiq axborotlarni oʻzlashtirish;
− oʻquv mashgʻulotlarining ustuvor toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari, hurmat qilish va taqdirlash emas,
balki majburlash;
− intizomni ushlab turish;
− oʻqituvchi – boshliq, oʻquvchi – itoatkor.
Interfaol ta‘lim quyidagi xususiyatlarga ega:
− hayot uchun, jamiyatda va shaxsiy taraqqiyotda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun;
− axborotni bilish uchun emas, oʻz layoqatlarini taraqqiy ettirish asosida muhim kompetensiya,
uslub, fikrlash va faoliyat yoʻllarini oʻzlashtirish;
− oʻquvchining oʻziga ta‘lim-tarbiya natijalariga erishish jarayonini rejalashtirish va doimiy
oʻzini-oʻzi baholash jarayonida takomillashtirish imkonini berish;
− natijalarga erishish uchun shaxsiy vaj va javobgarlik asosida oʻquvchilarning mustaqil, oʻquv
faoliyatini tashkil etishning turlicha shakllari;
− oʻqituvchi boshliq emas, balki oʻquvchining qiziqishlari va qobiliyatlariga mos ravishda
jamiyatda, madaniyatda oʻrin egallashiga yordamchidir;
− oʻqituvchi ishining sifati uning oʻquvchilarni jamiyat talablari doirasida ta‘lim-tarbiya
natijalariga erishishga yoʻnaltirilgan faoliyatini baholashga imkon beruvchi koʻrsatkichlar tizimi orqali
aniqlanadi.
Mohiyatiga koʻra interfaollik oʻquvchilarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy
sifatlarini oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga
egaliklarini anglatadi. Interfaollik ijtimoiy sub‘ektlarning suhbat, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakat,
faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. An‘anaviy ta‘lim ham suhbatga asoslangan va bu suhbat
―oʻqituvchi-oʻquvchi‖, ―oʻqituvchi-oʻquvchilar jamoasi‖ shakllarida tashkil etiladi. Interfaol ta‘lim oʻqitish
jarayonining asosiy ishtirokchilari – oʻqituvchi, oʻquvchi va oʻquvchilar jamoasi oʻrtasida yuzaga
keladigan hamkorlik, qizgʻin bahs munozaralar, oʻzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil
etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda
yechimlarni birgalikda izlash, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda oʻquvchilarning oʻzaro hamkorliklarini
yuzaga keltirish, ―oʻqituvchi – oʻquvchi – oʻquvchilar jamoasi‖ning oʻzaro bir-birlarini hurmat qilishlari,
tushunishlari, samimiy munosabatda boʻlishlari bilan tavsiflanadi.
Oʻqituvchi interfaol ta‘lim yordamida oʻquvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik,
oʻzini-oʻzi nazorat, oʻzini-oʻzi boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash,
ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, murakkab vaziyatlardan chiqa
olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq boʻladi.
Koʻrinadiki, innovatsion ta‘lim sharoitida oʻqituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga,
muammolar boʻyicha mushohada yuritishga, muammolarni oʻz vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega
boʻlishi kerak. Ta‘limning an‘anaviy va innovatsion shakllarini uygʻunlashtirgan holda dars jarayoni
oqilona tashkil qilish oʻquvchilarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali bilimlarni oʻzlashtirishga, ijodiy
mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga, nutq va tafakkurini rivojlantirishga
imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: