BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING VAQT TO‘GRISIDAGI
TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING BA‘ZI JIHATLARI
Abdiyeva Zilola -BuxDU
boshlang‟ich ta‟lim yo‟nalishi
1-kurs magistranti
Ilmiy rahbar- F.M.Qosimov
Vaqt mavhum tushunchadir. Psixologik nuqtayi nazaridan, o‘quvchi xotirasida eshitgan
ma‘lumotidan ko‘ra, ko‘z bilan ko‘rib, his qilib, ushlab ko‘rgan narsasi to‘g‘risidagi ma‘lumot uzoq
saqlanib qoladi.Vaqtni esa ko‘rib ham, ushlab ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘quvchilarda vaqt
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish boshqa miqdorlarni o‘rgatishga nisbatan murakkab jarayondir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vaqt tasavvurlarini shakllantirishga dastur bo‘yicha alohida
mavzular ajratilgan. Jumladan, 1-sinf matematika darsligida Vaqt tasavvurlari(32-bet), Hafta, hafta
kunlari(33-bet);
2-sinfda Vaqt o‘lchov birliklari: soat, minut. Vaqt, masofa va tezlikni topishga doir sodda
masalalar(47-bet) ;
3-sinfda Vaqt o‘lchov birliklari.(163-bet).Vaqt o‘lchov birliklari orasidagi munosabat(165-bet).
Kalendar(166-bet)
4-sinfda Tezlik, Vaqt, Masofa (63-bet)
mavzulari o‘z aksini topgan.
Xususan, 1-sinf o‘quvchilarida vaqt tasavvurlarini shakllantirish izchillik va uzviylik tamoyillari
asosida olib boriladi. Ya‘ni, o‘quvchilar ongida tayyorgarlik davrining o‘zidayoq, ―oldin‖, ―keyin‖
tushunchalari shakllantiriladi. Buni o‘quvchilarning partadagi o‘rni, doska oldida qandaydir shart
(masalan: o‘quvchilarga bir xonali sonlar yozilgan kartochkalar tarqatilib, o‘sish yoki kamayish tartibida
joylashing) asosida turishi va h.k. Bu tushunchalar o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning
ilk vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bu tushunchalarni o‘quvchilarda shakllantirishning eng yaxshi
yo‘li, shu so‘zlardan o‘rinli va ko‘p foydalanishdir. Boshlang‘ich sinf darsliklarida fazoviy tasavvurlarni
shakllantirishga alohida mavzu sifatida katta o‘rin ajratilmagan. Lekin darslikdagi topshiriqlarni bajarish
davomida o‘quvchilarda abstrakt tushunchalar ham shakllantirib borilishi ko‘zda tutilgan .
O‘qituvchi avvaliga o‘quvchi ko‘zi bilan ko‘rishi, real tasavvur qilishi mumkin bo‘lgan narsalar
vositasida tushuntirib o‘tadi. Jumladan, 1-sinf matemtika darsligidagi Narsalarning o‘zaro joylashuvi
mavzusiga qarasak, berilgan to‘plamlardagi istalgan meva yoki o‘yinchoqni ko‘rsatib, undan oldingi yoki
keyingi o‘rinda nima turganligini so‘rashning o‘zi shu tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Keyinroq esa, faqat eshitib tasavvur qilishi mumkin bo‘lgan holatlar misol ketiriladi. Masalan, Oldin
qo‘ng‘iroq chalinadi, kelin dars boshlanadi. Oldin qo‘llarimizni yuvamiz, keyin ovqatlanamiz. Avval
ruchkani olamiz, so‘ngra daftarga misollarni yozamiz. Avval bulut chiqadi, keyin yomg‘ir yog‘adi.
Darsda avval topshiriq bajariladi, keyin baholanadi… . O‘quvchilar bu tushunchalardan to‘g‘ri foydalana
olsagina ularda abstrakt tasavvur shakllanayotgan hisoblanadi. Bu jarayon tizimli amalga oshirilishi
uchun o‘quvchilarga ularning bilish imkoniyatiga mos turli matematik topshiriqlarni izchil berib borilishi
maqsadga muvofiq. Biz quyidagi topshiriqlarni yosh o‘qituvchilarimizga tavsiya qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |