TA‘LIM TIZIMI SOHASIDAGI INNOVATSION ISLOHOTLAR – SIFATLI KADRLAR
TAYYORLASH GAROVI
Qilicheva G. H.Jondor tuman 49-IDUM
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Mamlakatimiz ta‘lim tizimini isloh etish ―O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖ gi
qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, Davlat ta‘lim standartlari hamda Prezidentimiz Sh.M.
Mirziyoyev rahnomaligida ishlab chiqilgan 2017−2021 yillarda O‗zbekistonni rivojlantirish harakatlar
strategiyasining beshta ustuvor yo‗nalishilarida hamda Prezidentimizning Oliy majlisga yo‗llagan
murjaatnomalarida o‗z aksini topgan.
Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar ta‘lim tizimi samaradorligini oshiriga xizmat qilishi,
asosiy maqsad tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan cheklanib qolmasdan, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashga yo‗naltirilgan bo‗lishi lozim.
―Ta‘lim tizimini isloh etishni boshlang‗ich maktabdan boshlash kerak edi‖ deganlar ham bor. Har
qanday islohotlar aniq maqsadga yo‗naltirilgan, ma‘lum muddat ichida amalga oshiriluvchi, puxta ishlab
chiqilgan loyiha bo‗lishi maqsadga muvofiq. Bu loyiha taxminan 10-15 yilga mo‗ljallangan bo‗lib, izchil
tadbirlar majmuasidan iborat bo‗lmog‗i darkor.
Ta‘lim tizimini boshlang‗ich maktab bosqichidan to oliy o‗quv yurtgacha bo‗lgan qismida amalga
oshiriladigan islohotlar mazmuni taxminan quyidagi mazmunda bo‗lishi mumkin: birinchi, ikkinchi,
uchinchi, to‗rtinchi sinfda boshlang‗ich ta‘lim bosqichida o‗quvchi jami to‗rtta asosiy fanlar bo‗yicha
maksimal 20 ball to‗plashi mumkin bo‗lsa, kamida 12 ball to‗plaganda o‗quvchi maktabning
boshlang‗ich ta‘lim bosqichini muvoffaqiyatli tugatgan hisoblanadi.
124
Maktab ta‘lim bosqichining ikkinchi bosqichi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va
to‗qqizinchi sinflarni tugatgach, yana asosiy beshta fandan o‗rtacha tortilgan reyting ballari yig‗indisi
yakuniy imtihonlar natijasida aniqlanib, maksimal 50 ballga, minimal 30 ballga ega bo‗lgan o‗quvchi
uzluksiz ta‘limning bu bosqichini muvafaqqiyatli tugatgan hisoblanadi va jami maktab ta‘lim tizimida
yiqqan o‗rtacha tortilgan ballari maksimal 70 ga, kamida 42 ga teng bo‗ladi. Ya‘ni maktabining a‘lo
baholarga bitirgan o‗quvchi maksimal 70 ballga ega bo‗lishi mumkin.
Umumiy o‗rta ta‘lim bosqichining yakunlovchi 3 yilda o‗quvchi kolledj yoki akademik litseyni
to‗qqizinchi, o‗ninchi va o‗n birinichi sinflarni bitirib, asosiy fan yo‗nalishlari bo‗yicha yakuniy
imtihonlar natijasida yana maksimal
o‗rtacha tortilgan 30 ballga, minimal 18 ballga ega bo‗ladi. Ya‘ni o‗quvchi akademik litseyni
bitirgan bo‗lsa, umumiy o‗rta ta‘lim ma‘lumotiga (kolledjni bitirgan bo‗lsa), o‗rta maxsus ta‘lim
ma‘lumotga ega bo‗ladi va maxsus guvohnoma yoki shahodatnoma bilan taqdirlanadi. Bu hujjat ham
avval beriladigan hujjatlar kabi qalbakilashtirilishidan muhofazalanishi maqsadida bir marotaba berilib,
davlat depozitariysi – ―daxlsiz quti‖sida saqlanadi.
Demak, o‗quvchining oliy o‗quv yurtiga kirib o‗qishni davom ettirgungacha yiqqan ballari
maksimal ( 20, 50, 30 ballar yig‗indisi) 100 ballga teng bo‗ladi, bu maksimal ko‗rsatkich, minimal (12,
30, 18 balla yig‗indisi) 60 ga teng bo‗ladi va o‗quvchi kelgusida o‗z hayot yo‗lini mustaqil tanlash
imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida oliy o‗quv yurtlarga kirish jarayonlari ko‗p yillik tajriba
va sinovlardan o‗tib shakllangan bo‗lib, o‗qishni davom ettirsh istagida bo‗lgan, o‗rta ma‘lumotli
o‗smirlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ko‗pgina rivojlangan mamlakatlarda, 100 dan 90 ballgacha
yiqqan talabalar kasb tanlashga ko‗maklashuvchi mutaxassislarning tavsiyanomalari asosida xohlagan
oliy o‗quv yurtlariga imtihonsiz kirib, o‗qishni davom ettirishlari mumkin. Ba‘zi mamlakatlarda maktab
va kollejda 90 balldan kam ball yiqqan yoshlarni reytingi yuqori, mashhur tibbiyot oliy o‗quv yurtlari
qabul qilmaydilar va ularga o‗qishni davom ettirishlari uchun boshqa, reytingi pastroq oliy o‗quv yurtiga
murojaat qilishlari tavsiya etilar ekan. Masalan, ba‘zi ommaviy axborot vositalarining ma‘lumotlariga
qaraganda 80 baldan kam ball yiqqan yoshlarni huquqshunos mutaxassis tayyorlovchi oliy o‗quv yurtlari
qabul qilmaydilar.
Albatta yoshlarning dunyoqarashlari, bilim ko‗nimalari faqat maktabda yoki kollejda
shakllanmaydi, ko‗pgina mashhur ixtirochilar, olimlar maktabda o‗rtacha ba‘zi istisno hollarda
o‗rtachadan past baholarga o‗qiganliklari haqidagi ma‘lumotlar ham yo‗q emas, lekin bunaqa holatlar
juda kam bo‗lib, olim va yuqori malakali mutaxassislarning deyarli barchasi yoshligidanoq o‗tkir zehnlari
bilan ajralib turadigan bolalar bo‗lib, maktab va kollejlarda a‘lo baholarga o‗qishganliklarini hech kim
inkor etmasa kerak. Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan ―Qozonda bo‗lsa, cho‗michga chiqadi‖ degan
xalqimiz naqli juda to‗g‗riligidan dalolat beradi.
Shunday bo‗lsa-da, maktab va kollejlarda ba‘zi sabablar ta‘sirida yetarli reyting ballari yig‗a
olmagan, oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olmoqchi bo‗lgan o‗quvchilar uchun uluksiz ta‘lim tizimida
yana bir imkoniyat yaratilishi mumkin, ya‘ni kollej, litseyni tugatayotgan o‗quvchi 1 yil davomida
maxsus vakolatli davlat tashkilotlarining ruxsatnoma - sertifikatlariga ega o‗quv markazlari (Kichik
biznes va xussiy tadbirkorlik korxonalari)da shartnoma asosida kam ball to‗plangan fan-predmetlaridan
qo‗shimcha reyting ballarni to‗plashlari mumkin, qo‗shimcha ballar yig‗indisi (barcha fanlardan)
maksimal 10 reyting balldan oshmasligi lozim. To‗plangan qo‗shimcha ballar ham davlat depozitariysiga
topshirilishi shart.
Bu jarayonga ta‘lim sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini
islohotlarga jalb etishda nafaqaga chiqqan oliy toifali pedagoglar salohiyatidan foydalanilsa ayni muddao
bo‗lar edi. Ya‘ni ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari orqali maktab o‗quvchilari bilan
maqsadli kasbga tayyorlash – ta‘lim darajasini oshirish kurslariga jalb etish orqali yoshi ulug‗, lekin
mehnat qilib charchamagan nafaqaxo‗rlar salohiyat – imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Demak, o‗quvchining maktab va kollejlarda yiqqan reyting ballari yig‗indisi 70 ballni tashkil etgan
bo‗lsa, shartnoma asosida yiqqan 10 ballar bilan qo‗shib hisoblanganda, (70+10) – 80 ballni tashkil etadi.
Mayli shundoq bo‗ldi ham deylik, Oliy ta‘lim muassasalaridagi o‗quv jarayoni samaradorligi
oshirish
uchun
faqat
professor-o‗qituvchilarning
malakalari, harakatlari yetarli bo‗lmaydi.
Mamlakatimizni yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar bilan ta‘minlash vazifasi iqtisodni barcha
sohasi, qolaversa aholining barcha qatlamlari uchun taaluqli vazifadir.
Chunki malakali mutaxassis tayyorlash uchun universistetdagi mashg‗ulotlarning o‗zi kifoya
qilmasligini barcha mutaxassislar yaxshi biladilar. Oliy ta‘lim muassasalarining ishlab chiqarish
korxonalari bilan kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik – integratsiya ishlarini amalga oshirish lozim
125
bo‗ladi. Buning uchun oliy o‗quv yurtini iqtisodiyot tarmog‗ining o‗ziga yaqin turdosh tarmog‗idagi yirik
korxonasi bilan shartnoma asosidagi hamkorlik aloqalari o‗rnatish amaliyoti yaxshi natija berishi qator
mamlakatlar tajribalarida isbotlangan.
Asosiy maqsad yoshlarimizni oliy o‗quv yurtiga kirish, o‗quv yurtidagi o‗quv jarayonida malaka va
ko‗nikmalarni egallashi bilan bog‗liq bo‗lgan barcha ruhiy noqulayliklardan xolos etishdir. Binobarin,
―Ta‘lim tizimidagi barcha islohotlarni tizimning maktab bosqichidan boshlash kerak‖, deyuvchilar ham
yo‗q emasligini yuqorida aytib o‗tgan edik.
Bu taklif soha mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‗rganilsa, islohotlarni izchilligini ta‘minlaydi
hamda Vatanimiz kelajagi bo‗lgan farzandlarimizni maktabdanoq yaxshi o‗qishga undovchi asosiy omil
bo‗lishi muqarar.
Do'stlaringiz bilan baham: |