adekvat matematik modellari qaraladi. Shu sababli ZBN da tadqiq etishning asosiy
ZBN ning boshqa fanlar orasidagi o`rni. ZBN boshqarish sistemalarining
NamMTI, TJABIT kafedrasi. H.O.ABDULLAYEV. “AVTOMATIK
BOSHQARISH NAZARIYASI”. 2020-2021 O’QUV YILI
5
ning ishlash printsiplarining nazariyasi bilan birgalikda fanning nisbatan kengroq
tarmog`ini – avtomatikani tashkil etadi (BSEQ +ZBN = AVTOMATIKA).
Avtomatika esa, o`z navbatida texnikaviy kibernetikaning bo`limlaridan biri
hisoblanadi. Texnikaviy kibernetika boshqaruvchi elektron hisoblash
mashinalaridan foydalanib tuzilgan, murakkab texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari (TJABS) va sanoat korxonalarini
avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari (SKABS) ni o`rganadi.
ZBN ni o`rganish nima uchun dolzarb?
Avtomatlashtirish ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning bosh yo`nalishlaridan va
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishning muhim vositalaridan biri
hisoblanadi. Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi texnologik jarayonlarni
murakkablashishi va masshtablarining (ko`lamlarining) o`sishi, alohida agregatlar
va qurilmalarning birlik quvvatini ortishi, intensiv, kritikka yaqin yuqori
tezkorlikli rejimlarni qo`llash, mahsulot sifatiga talablarning ortishi, personalning
xavfsizligi, jihozlarning va atrof-muhitning saqlanishiga bo`lgan talablarning
o`tkirlashishi bilan xarakterlanadi.
Murakkab texnikaviy ob’ektlarning tejamli, ishonchli va xavfsiz ishlashini
ta’minlash faqat mukammal texnikaviy vositalar yordamidagina mumkin xolos.
Bunday mukammal texnikaviy vositalarni yaratish, ishlab chiqish, montaj etish,
sozlash va ekspluatatsiya qilish esa ZBN ni bilmasdan turib tasavvur etib
bo`lmaydi.
ZBN ni o`rganishdan maqsad – olingan (o`zlashtirilgan) bilimlarni ABS
larni loyihalashda, ishlab chiqarishda, montaj qilishda, sozlashda va ekspluatatsiya
qilishdagi amaliy faoliyatda hisobga olish (qo`llash).
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda zamonaviy an’analar (yo`nalishlar).
Quyidagilar shlab chiqarishni avtomatlashtirishda zamonaviy an’analar
(yo`nalishlar) hisoblanadilar:
1. EHM ni boshqarish uchun keng qo`llash;
2. O`lchash, nazorat va rostlashning mikroprotsessorli vositalari o`rnatilgan
mashina va jihozlarni yaratish;
3. Boshqarishning makro EHM li taqsimlangan strukturasiga o`tish;
4. Odam-mashina sistemalarini kiritish;
5. Yuqori ishonchli texnik sistemalarni qo`llash;
6. Boshqarish sistemalarini avtomatlashtirilgan loyihalash.
Avtomatik boshqarish muammosining mohiyati [2]
Inson turli ehtiyojlarini qondirish uchun turli-tuman texnologiyalarni
yaratdi. Bu texnologiyalarning hammasi inson amalga oshirgan maqsadga
muvofiq harakatlar to`plamidan iborat. Bunday harakatlarni operatsiyalar deb
ataymiz va ularni ikki sinfga ajratamiz: ishchi operatsiyalar va boshqarish
operatsiyalari. Ishchi operatsiyalarga jarayonni amalga oshirish uchun bevosita
zarur bo`lgam harakatlar, masalan, stanokda detalni qayta ishlashda yupqa