Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga muvofiq)
O’qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning bilim,
o’quv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil
harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim o’quvchilar shaxsini
shaklantirishning,ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy
bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida o’quvchilarning
bilish kuchlari rivojlantiriladi. O’qitish o’qituvchining o’quvchilarga bilim,uquv va
malaka tizimi berish,ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi
faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |