Joriy ko‘rsatma berish talabalar tomonidan amaliy ishlar bajarilayotganda
o‘tkaziladi. U odatda, yakka tartibda va guruh bo‘yicha o‘tkaziladi.
Joriy ko‘rsatma berishda usta butun o‘quv guruhi diqqatini o‘rganilayotgan
operatsiyani bajarishning eng samarali usullariga qaratadi, topshiriqni bajarishga
sust tayyorlangan talabalarga yordam beradi va hokazo. Usta faoliyatining yutug‘i
ko‘pincha butun guruh va har bir talaba ishi ustidan maqsadga yo‘naltirilgan
kuzatuvni tashkil etish mahoratidan bog‘liq bhladi. Guruhni faollashtirishga
musobaqa elementlari, o‘yin vaziyatlarini kiritish bilan, alohida operatsiyalar
bajarilishini bosqichma-bosqich baholash bilan erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |