Ishlab chiqarish ta’limi - o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulot bo‘lib, uning
maqsadi ishlab chiqarish sharoitlarida unumli mehnat uchun zarur bo‘lgan
boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish xisoblanadi. Ishlab chiqarish
ta’limi mashg‘ulotlarida bilimlarni yaxlitlashtirish va ularni talabaning amaliy
faoliyati jarayonida har tomonlama qo‘llash amalga oshadi. Bu ishlab chiqarish
ta’limi mashg‘ulotlarining tuzilmasini, mazmuni va o‘qitish usullarini, shuningdek
ularning davomiyligini aniqlab beradi. Ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari
tuzilmasida ko‘rsatma berish muhim bo‘lib ularga boshlang‘ich ko‘rsatma, joriy
ko‘rsatma va yakuniy ko‘rsatmalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |