ning Misrda, Tobaristonda, Jurjonda qanday kattalikda va shaklda o‗sishini, mazasi qanday
bo‗lishini bayon qiladi hamda fikrini isbotlash, so‗zni o‗quvchi xotirasida yaxshi qoldirish uchun
sakkizta shoirdan she'riy parchalar keltiradi.
Yoki kitobning o‗n yettinchi maqolasi idjas (g„aynoli)ga bag‗ishlanadi. Bu so‗z rumcha
damasqina, siriyacha hahi akama yoki xuxi nisa, forscha girdi siyax deyilishi ko‗rsatiladi.
Rumcha nomi Damashq shahriga nisbatan olinganini taxmin qiladi. Forscha idjas ning olu nomi
bilan ham yuritilishi va «qora» rangiga ishora qilib, siyoh belgisi bilan qo‗llanilishi, shu bilan
sariq rangga ega bo‗lgan «o‗rik»ni bildiruvchi oludan farqlanishi, o„rik uchun «sariq» rangini
bildiruvchi zard (zardolu) belgisining qo‗shilishini bayon qiladi. Shundan so‗ng g‗aynoli
(sliva)ning qora, qizil va boshqa turli ranglarga ega bo‗lishi, mazasi haqida fikr yuritiladi. Uning
tog‗da o‗sadigan navi ham mavjudligi, uni qaynatib, ezib nonga qo‗shib pishirish mumkinligini
aytadi. Tobaristonda nishak, nisha alu deyilishi va ko‗proq sariq rangda bo‗lishi ta'kidlanadi.
Shuningdek, nilk ham g‗aynolilar turiga kirishi, uning ikki navi mavjudligi, biri sutday oq,
ikkinchisi esa ochiq qizil rangda bo‗lishi, g‗aynolining bu ikki turi Beruniyning ona tilida
olucha, uning daraxti esa baru nomi bilan yuritilishini aytadi. Beruniy ma'lum bir o‗simlik yoki
dorivor moddaning turli tillardagi nomlarini bir maqolada keltira turib, tillar o‗rtasidagi fonetik
o‗ziga xoslik haqida ham ma'lumot beradi. Xususan, arab tilidagi saydana va saydanani so‗zlari
etimologiyasi haqida to‗xtalib, bu ikki so‗zning boshidagi (sod) (chim)ning arab tiliga
moslashtirilishidir, deydi. Fikrini dalillash uchun qator shunga o‗xshasha misollar keltiradi: sin
chindan, saymun chaymundan, balus baluchdan, sarm charmdan kelib chiqqanini aytadi. Ana
shu asosda saydanani chandanani («sandal daraxti bilan savdo qiluvchi») so‗zidan arab tili
fonetikasiga moslashtirish orqali paydo bo‗lganini ta'kidlaydi.
Shuningdek, hind tili bilan arab tili fonologik tizimida katta tafovut borligini bayon qilib,
hind so‗zlarini arab tilida berishda bir qadar qiyinchilik mavjudligini aytadi. Ana shu
qiyinchilikni bartaraf qilish maqsadida arab alfavitiga qator o‗zgarishlar kiritadi. Qisman
forslardan foydalangan holda to‗rtta harf (p, ch, j, g) qo‗shadi.
Bundan tashqari forslarda so‗z boshida b va v fonemalarining o‗zaro erkin almashinishi
mumkinligiga diqqatni jalb etadi va ana shu almashinish asosida ayrim so‗zlarning kelib chiqishi
haqida fikr yuritadi. Masalan, o‗n ikkinchi maqola (paragraf) Abhalga bag‗ishlanadi. U rumcha
barutanun va
barutun, suryoniycha
barusa, forscha
burs va
vurs, zabulcha
vurs gunda deb
nomlanishini ta'kidlagan holda, fors tilida b-v fonemalarining talaffuzi bir-biriga yaqin ekani,
shuning uchun ko‗pincha ular o‗zaro oson almashinishini aytadi.
Beruniy morfologik birlik bo‗lgan morfemalar, ya'ni so‗zning ma'noli birliklari haqida ham
fikr yuritadi va ularni o‗zak hamda o‗zak bo‗lmagan (affiksal) turlarga ajratadi. Xususan, lotin
tilidagi otlar haqida gapirar ekan, rum tilida otlarning «sin», ba'zan «nun» harflari bilan
tugallanishi, bu ikki harf lotin grammatikasida o‗zakka kirmasligi, qo‗shimcha harf ekanini
ta'kidlaydi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarning o‗ziyoq buyuk tabiatshunos olimning tilshunoslikka
ham qanchalar dahldor ekanidan guvohlik beradi. Beruniy dunyo tillari, ularning farqli
xususiyatlari, leksikografiya, etimologiya, grammatika masalalari bo‗yicha o‗zining ma'lum
qarashlarini bayon qildi hamda bu bilan tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi va lingvistik
ta'limotning rivojiga hissa qo‗shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: