Avvalo, o‗zining «Falsafatu Aristutalis» asarida hozirgi tilshunoslikning
dialektikasi haqida qiziqarli ma'lumot beradi. Farobiyning fikricha, faqat
insongina bilimga intiladi. Inson o‗zini qurshab to`rgan olamni va o‗zini
o‗zi bilish orqali eng yetuk mavjudotga aylanadi. Bilish insonning mohiyati. Bilishdan maqsad
haqiqatga erishmoqdir, – deydi muallimus-soniy. Har qanday bilish, dastavval, o‗zini qurshab
to`rgan olamdagi narsa va hodisalarni kuzatishdan boshlanadi. Chunki tafakkur faoliyati bilan
hosil qilingan mohiyat o‗zining tabiiy asosidan oldin bo‗lishi mumkin emas. Bu fikrlar
Farobiy o‗zining gnoseologik ta'limotida konkret borliqdan umumlashmalarga, abstrakt
tafakkurga, ideal dunyoga borishni tavsiya etadi. Mohiyat va uning bevosita kuzatishda
gavdalanishi o‗rtasidagi munosabatni ochish uchun Abu Nasr predikat (mahmul) tushunchasiga
katta e'tibor berdi. Ong konkret borliqning umumlashgan mohiyati sifatida baholandi. Predikat
mohiyatning ajralmas xossasi deb qaraldi. Farobiy mohiyat va uning yashashi o‗rtasidagi
munosabatni narsa va uning xossasi, substansiya va atribut munosabatiga tenglashtirdi.
Farobiy inson ongining ikki turga bo‗linishini ko‗rsatadi: 1) ichki (intuitiv) ong; 2) tashqi
(hosil qilingan) ong. Uning fikricha, birinchisi tabiat tomonidan beriladi. Ikkinchisi esa tabiatdan
maqsadga ko‗ra olinadi. Abu Nasr shunga muvofiq inson bilimini ham ikkiga bo‗ladi: 1) tug‗ma;
2) o‗qish va tajriba asosida erishilgan bilim.
Yangi tug‗ilgan bolada bilish imkoniyati, bilish ruhi bor. U – tug‗ma. Shu bilan birga inson
sezgi a'zolari bilan ana shu imkoniyatni yuzaga chiqaradi. Atrof-muhitni bilib boradi. Nom va
tushunchalar sezgi a'zolarimiz mahsulidir. U avloddan-avlodga beriladi. Shuning uchun ular
tug‗ma emas, balki qabul qilingan bilimlardir.
Ayrim Ovrupo olimlari Farobiyni Arastu falsafiy ta'limotining targ‗ibotchisi, o‗zining
falsafiy ta'limoti yo‗q, deb qaraydilar. Bu yanglish qarashdir. Farobiy Aflotun, Arastu ta'limotini
chuqur o‗zlashtirgan, Arastu ta'limotini ma'qul deb hisoblagan holda, shunchaki uning Sharqdagi
targ‗ibotchisi bo‗lib qolgan emas. U Arastu qarashlariga tanqidiy baho beradi va o‗zining
original fikrlarini bayon qiladi. Xususan, Arastu ilohiy ongni birinchi planga qo‗yib, bu ongsiz
hyech narsani bilish, fikrlash mumkin emas, desa, Farobiy bunga zid ravishda ong miya, asab,
muskullarning faoliyat mahsuli ekanini ta'kidlaydi.
Farobiy narsaning ob'ektivligini, uning mavjudligi bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir
qilishini e'tirof etadi. Biz faqat o‗zimizni qurshab to`rgan olamdagi narsalarni sezgi a'zolarimiz
orqali bilib olamiz. Ushlash, qo‗l tekkizish yo‗li bilan olingan bilimga quvvai lomisa, ko‗rish
orqali olingan bilimga esa quvvai nigohiy atamalarini qo‗llaydi. Shu bilan birgalikda eshitish
sezgisi orqali, nutq vositasida ham bilimga ega bo‗lish mumkinligini ta'kidlaydi. Bunday bilim
Do'stlaringiz bilan baham: