informatics.mccme.ru bu saytda ham boshqa saytlarga o‘xshagan unda ham masalalar,
ularni avtomatik testlash imkoniyati mavjuddir. Bu saytning boshqa saytlardan faqrli jihati
shundagi bu saytda dasturlash tilini boshlang‘ichdan boshlovchi foydalanuvchi ham ishlashi
mumkin. Bu tizimda chiziqli dasturlash mavzusidan boshlangan. Foydalanuvchi biror mavzu
bo‘yicha masala yechish uchun kirsa u uchun birinchi navbatda foydalanuvchi uchun shu mavzu
bo‘yicha nazariy ma’lumotlar taqdim etiladi. Nazariy ma’lumotlar Paskal dasturlash tili va C++
dasturlash tillari uchun alohida taqdim etiladi.
acm.tuit.uz tizimi O‘zbekistondagi birinchi dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik
testlovchi tizim bo‘lib u Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Informatika asoslari”
kafedrasida 2011-yil ishlab chiqilgan. Hozirda bu tizimdan barcha universitet, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari hamda maktab o‘quvchilari ishlab kelishmoqda.
acm.tuit.uz saytining Yangiliklar, Masalalar arxivi, Yechimni jo‘natish, Joriy natijalar,
Reyting, Yordam, Forum, Contest, Onlayn olimpiada bo‘limlari mavjud bo‘lib Yangiliklar
bo‘limida saytga oid, dasturlash bo‘yicha olimpiadalar haqidagi yangiliklar qo‘yib boriladi.
Masalalar arxivi bo‘limida tizimga qo‘yilgan masalalar ro‘yxati yani uning sarlavhasi qaysi
sohaga tegishliligi ishlaganlarning foiz miqdori, va jami urinishlar soni berilgan.
Saytning Reyting bo‘limida saytdan ro‘yxatdan o‘tgan va masalalarni yechishga
uringanlarning yechgan masalalari soni bo‘yicha reytingi keltirilgan.
Bu saytning qulay jihatlaridan biri shuki unda Forum bo‘limi mavjud bo‘lib unda
foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni muhokama qilishlari mumkin. Undan tashqari
bu forum bo‘limida ma’ruzachi Raxmonov Qurbon Sodiqovich tomonidan Toshkent axborot
texnologiyalarida o‘qitiladigan ma’ruza matnlari qo‘yib boriladi.
Hozirda bu saytdan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 14 000 dan, faol
foydalanuvchilar soni esa 7000 dan ortadi. Undan tashqari bu sayt orqali Toshket axborot
texnologiyalari universiteti, uning hududiy fialiallari va Toshkent shahridagi INHA universiteti
talabalari o‘rtasidagi olimpiadalar ham o‘tkazilib turadi.
algo.ubtuit.uz Bu dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim Toshkent
axborot texnologiyalarining Urgench filiali talabalari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib hozirda
uning ishlashini universitet talabalari nazorat qilib borishmoqda. Bu tizim foydalanuvchi uchun
qulay bo‘lgan interfeys (ko‘rinish) bilan boshqa tizimlardan ajralib turadi.
Bu saytda boshqa saytlar kabi onlayn musobaqalar tashkillashtirib turiladi. Tizimda
foydalanuvchilarning reytinlarini ko‘rishimiz mumkin va har bir foydalanuvchining qaysi
masalani yechdi, qaysi masalani yechishga urinib ko‘rdi barchasini mehmon sifatida ham ko‘rish
mumkin. Tizimga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Toshkent axborot texnologiyalari va uning
hududiy filiallarining guruhlar ro‘yhati mavjud bo‘lib universitetda tahsil olayotgan talabalar
o‘zlarini guruhlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Tizimda foydalanuvchilarning shaxsiy kabineti mavjud bo‘lib unda qaysi masalani
yechganligi qaysi masalaga uringanligi va qaysi masalaga umuman harakat qilmaganligi hamda
reytingda nechinchi o‘rinda ekanligi shunga o‘xshagan ma’lumotlarni topishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |