Matematikadan didaktik materiallar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/61
Sana29.12.2021
Hajmi1,15 Mb.
#79223
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
Didaktik o'yinlar

 

 


25 

 

«Olma terish» o'yini 



 

Didaktik  topshiriq:  Matematikadan  berilgan  topshiriqlarni  o'quvchilar  jamoa  bo'lib 

bajarish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash. 

O'yin topshirig'i: O'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini о'stirish. 

O'yin  bayoni:  O'qituvchi  o'yin  qoidasi  bilan  tanishtiradi,  qanday  bajarish  haqida 

ma'lumot  beradi.  Bu  borada  o'qituvchi  oynai  jahon  orqali  berilayotgan  «Oltin  toj» 

ko'rsatuvini  eslashga  da'vat  etadi.  Topshiriq  xuddi  «Oltin  toj»dagi  o'yinga  o'xshatib 

bajariladi. 

Bu  o'yinni  tashkil  etish  uchun  o'qituvchi  quyidagilarni  tayyorlab  (jo'yadi:  magnit 

doska,  yozuv  doskasi,  olma  daraxtining  rasmi,  qalin  qog'ozdan  yasalgan  olma 

mevasining shakllari va savatchalar. 

Olma  mevasining  soni  sinfdagi  o'quvchilar  soniga,  savatchalar  esa  qatorlar  yoki 

guruhlar  soniga  teng  bo'ladi.  Magnit  doskasiga  qistirish  uchun,  olma  daraxti  rasmi 

chizilgan ko'rgazma va olma mevalarining orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlanadi. 

Shuningdek,  olma  mevalarining  o'rqa  tomoniga  yozib  qo'yilgan  misollarni  tez-tez 

dlmashtirib turish mumkin. 

Magnit  doskasiga  olma  daraxti  chizilgan  ko'rgazma  yopishtiriladi.  O'qituvchi 

o'quvchilarni  guruhlarga  bo'lib,  olma  terish  orqali  arifmetik  amallarni  bajarish 

musobaqasi  haqida  tushuncha  beradi.  Guruhlarga  olmani  terib  solish  uchun  bittadan 

savatcha beradi. Bu shartni bajarish uchun, avvalo yozuv doskasi oldiga guruhdan tartib 

bilan  bittadan  o'quvchi  chiqadi.  Olma  terish  uchun  har  qaysi  guruh  o'quvchilari  olma 

daraxtidan bittadan olmani uzib, uning orqasidagi misolni (o'z guruhlari uchun ajratilgan 

joyda)  bajarishadi.  Guruhdagi  o'quvchilar  ham  shu  misollarni  mustaqil  bajaradilar. 

O'yinda  eng  ko'p  olma  tergan  (ya'ni  ko'p  misol  yechgan)  guruh  g'olib  hisoblanadi. 

O'qituvchi  misollar  to'g'ri  yoki  noto'g'ri  yechilganini  nazorat  qiladi.  Agarda  o'quvchi 

misolni  noto'g'ri  yechsa,  u  olmani  daraxtdan  uzmasdan,  yerdan  olgan  hisoblanadi. 

Noto'g'ri yechilgan misolni guruhdagi boshqa o'quvchi doskada bajarishi mumkin. 

O'qituvchi  «Ana  endi  misollarning  javobini  to'g'ri  topdingiz,  endi  bemalol  olmani 

yesangiz ham bo'ladi», deb bolalarni qiziqtiradi. Bu o'yinni boshqa usulda ham bajarish 

mumkin. Xuddi «Oltin toj» o'yiniga o'xshab uchala qatordan bittadan o'quvchini chiqarib 

o'z  qo'lingiz  bilan  bittadan  olma  uzib  oling,  uning  javobini  qaysi  biringiz  birinchi 

aytsangiz o'sha o'quvchi g'olib hisoblanadi deb tushuntiriladi. Buni eshitgan o'quvchilar 

chaqqonlik bilan misolning javobini topishga harakat qiladilar. Undan tashqari «olmalar 

qaysi faslda pishadi?» deb so'ralganda o'quvchilar yoz, kuz deb javob beradilar. Demak, 

bu  o'yinni  ko'proq  kuz,  qish  faslida  o'tkazish  maqsadga  muvofiq.  Kuz  faslida  olmalar 

yig'ib terib olinayotgan payt bo'lsa, qishda esa g'amlab qo'yilgan olmalar haqida ma'lumot 

berish mumkin. Olmaning o'rniga boshqa mevalarni qo'yib ham shu o'yinni tashkil etish 

mumkin.  Masalan,  nok,  shaftoli,  ishkomdan  uzum  uzib  olish,  behi  va  hokazo.  Bu 

mevalarning  bizga  foydasi,  qanday  vitaminlarga  boy  ekanligi  haqida  og'zaki  so'rab 

bilimlarini  boyitib  borish  mumkin.  Masalan,  ayniqsa,  behi  shamollash  uchun  davo 

ekanligini  tushuntirib,  matematika  fanini  boshqa  fanlar  bilan  bog'lab  o'tish  maqsadga 

muvofiqdir. Demak, bu o'yin o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o'stirishga 

yordam beradi. 


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish