Etno va grafiya, etnologiya, xalqshunoslik jahondagi barcha xalqlarning



Download 101,32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.07.2022
Hajmi101,32 Kb.
#798937
Bog'liq
Etnografiya - Vikipediya



Etnografiya
Etnografiya (etno... va ... grafiya), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning ,
etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari,
moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki
umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan
sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-
odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogliq holda
oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush
va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-
asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi
I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808-yilda maxsus jur.lar shu nom
bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi
bilan Parij antropologlari kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
E. dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib,
nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos maxsus tadqiqot usullari
va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar
(metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya,
arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.
Mazkur fanlarning oʻzaro bogʻliqligi tufayli keyingi yillarda qoʻshaloq ilmiy sohalar ham
yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika va boshqalar Hozirgi
davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda
oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada —
etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga
ega. Bundan tashqari, tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi oʻsimliklarni ekib oʻstirish yoki
yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi oʻziga xos turmush xususiyatlariga ega


elatlarning xoʻjalik xususiyatlarini anikdashda E. bilan hamkorlikda etnobotanika va
etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Xalqlarni oʻrganishda E. fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va usullardan
foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar eng samarali
ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.MikluxoMaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd
qilganlar. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya
usuli boʻlib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.
Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon orqali
maʼlumotlar toʻplash, muayyan maishiymadaniy turmush hodisalari, oilanikoh munosabatlari
va marosimlari, xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni
jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyatni
tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar)
zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda E. fani. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilgan qabila va elatlar toʻgʻrisidagi
eng qadimiy etn. maʼlumotlar ilk yozma manbalarda, yunon va rim mualliflari Gekatey,
Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida
uchraydi.
Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat va marosimlari
toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da ham
koʻrish mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-asrlardan arab istilosigacha Oʻrta Osiyo xalqlariga
tegishli maʼlumotlarni qadimiy axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy,
sugʻdiy, xorazmiy, baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar
Eronining oʻrta forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy
yozma yodgorliklarda uchratamiz.
Ilk oʻrta asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, alBalxiy, Istaxriy, Ibn
Havqal, Masʼudiy, Yoqut Hamaviylar oʻz sayohatnomalarida Sharq xalqlari E.si boʻyicha
qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirganlar.
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlgan "DadaQoʻrqut", "Alpomish", "Manas", "Goʻroʻgʻli"
dostonlari tarixiy va etn. jihatdan nihoyatda muhim manbalardir. Muhammad Xorazmiyning
"Surat alAarz", Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni Masʼudiy", "Amudaryo tarixi"; Mahmud
Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk", Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlari Oʻrta Osiyo, shu
jumladan, Oʻzbekiston shaharlari, ularning tarixi, tabiiygeografik sharoiti, etnotoponimiyasi,
ayrim shahar va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti,
maishiy turmushi va madaniyatining baʼzi jihatlari, diniy eʼtiqodlariga oid noyob maʼlumotlar
mujassamlashganligi bilan muhim ilmiy ahamiyatga ega.


Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda yashagan saroy tarixchilari va
solnomachilari, jumladan, Hofizi Abruning "Zubdat uttavorix" ("Tarixlar qaymogʻi"), Nizomiddin
Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn Kubraviy, Ali Kushchi va boshqalarning asarlarida
shu davrga oid etn. maʼlumotlarni uchratish mumkin.
Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning asarida, rus solnomalarida, mashhur
sayyoh Marko Poloning sayohatnomasida ham muhim maʼlumotlar jamlangan.
Boburnshtt "Boburnoma" asarida Movarounnahr va qoʻshni mamlakatlarda yashagan
elatlarning etnik tarkibi va tarixi, urf-odati va marosimlari madaniyati va maishiy turmushi
haqida, Gulbadanbegimshsht "Humoyunnoma" nomli tarixiybiografik asarida Toshkent va
Andijondan to Qashqar va Hind okeani boʻylarigacha qanday shaharlar, viloyatlar borligi,
ularning aholisi haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Oʻrta asrlar ilmiy merosi boʻlgan Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomai
shohiy"), Maʼsud ibn Koʻhistoniyning "Tarixi Abulxayrxoniy", Kamoliddin Binoiyning
"Shayboniynoma", Fazlulloh Roʻzbehonning "Mehmonnomai Buxoro", Abulgʻoziy
Bahodirxonning "Shajarayi turk" Kabi asarlarida qimmatli tarixiyetn. maʼlumotlar bor.
16—17-asrlarda Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarining vujudga kelishi va Rossiya davlati bilan
muntazam savdo va diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi natijasida rus elchilarining oʻzbek
xonliklariga qilgan safarlari jarayonida toʻplagan materiallarida ham etn. maʼlumotlar mavjud
boʻlib, ular maʼlum ilmiy qimmatga egadir.
Turkiston oʻlkasini jadal etn. oʻrganish oʻlkani mustamlaka qilish maqsadi bilan bogʻliq boʻlib,
oʻzbek xalqi E.siga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar toʻplash davri 19-asrdan boshlandi.
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, oʻzbeklarni etn. jihatdan oʻrganish yoʻlida 1872-yil
Moskvada ochilgan politexnika koʻrgazmasi munosabati bilan tayyorlangan "Turkiston
albomi", shuningdek, Rus geografiya jamiyatining Turkiston boʻlimi, Tibbiyot, antropologiya va
etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston boʻlimi, Turkiston arxeologiya havaskorlari
toʻgaragi, Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati, Xomutov toʻgaragi, Oʻrta Osiyo olimlari jamiyati,
Rus texnika jamiyatining Turkiston boʻlimi, Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimining
roli katta boʻldi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn. bilimlarning rivoji oʻlkada faoliyat koʻrsatgan rus
sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold,
M.S.Andreyev, A.A.Divayev, ʼ.L.Vyatkin, N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, erxotin
Nalivkinlar, I.I.Umnyakov, A.A. Semyonov, Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan bogʻliqdir. Ular amalga
oshirgan ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan boʻlsada, toʻplangan katta etn. materiallar
19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini tavsiflashda muhim ilmiy
ahamiyatga ega.


1918-yilda Turkiston xalq universitetiyaa oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs kiritilib, bu
mavzu boʻyicha maʼruzalar oʻqitila boshlandi.
1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri
boʻldi. 1930- yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar G.Alimov,
M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov, Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov,
X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va
rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha
muhim ishlarni amalga oshirishdi.
1943-yil 4-noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti
tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akad. M.Andreyev rahbarligidagi E.
boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi.
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi
(rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining rivojlanishida muhim bosqich
boʻldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar E.sining maxsus oʻrganilganligi,
Qoraqalpogʻistonda etn. fikrlarning shakllanishi uchun asos boʻldi.
1960—80 yillarda oʻzbek hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi boʻyicha
faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov, O.Suxareva, T.K.Xojayov va
boshqalar). Oʻzbeklar etnik tarixini oʻrganish bevosita akad. K.Shoniyozov nomi bilan bogʻliq.
Oʻzbekiston xalqlari folklori, Oʻzbekiston dekorativ va amaliy sanʼatining turli sohalari, xalq
musiqasi, teatri, raqs sanʼati, kiyimlari, anʼanaviy xalq taomlari, kishilarning maʼnaviy va
moddiy hayotini oʻrganish etn. manbalardan biri sifatida etnograflarning diqqat markazida
boʻddi. 1960, ayniqsa, 1980- yillar Oʻzbekiston E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga
nisbatan gʻoyat sermahsul, ayni vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb
masalalarini belgilash va ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga ogʻishmay va soʻzsiz amal
qilishda; monografik va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai
nazardan oʻrganib chiqilmaganligida; katta koʻlamdagi ilmiy tekshirish ishlarining etnos
xoʻjalik amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon boʻldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat bosqichiga oʻtdi.
Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va
istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy
madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm" nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy
institut va hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituti faoliyatini
takomillashtirish" haqidagi qarori (1998-yil 27-iyul) tarix fani va uning qismi E.ning vazifalarini


mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi, etnik tarix
muammolarini, oʻzbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona
yoritish imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga
aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va
qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi.
1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini (A.Ashirov,
U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov,
V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev,
S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo
viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpogʻiston
Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga
xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari
vujudga keddi.
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning oʻtmishi va
bugunini, hozirda oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi ahamiyatini oʻrganishga
bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari asosida maxsus
asarlar nashr etildi. Oliy oʻquv yurtlari uchun E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov "Oʻzbek
xalqi etnografiyasi", T., 1994), oʻqitish uslubi qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov), etnologiya
atamalari lugʻati (O.Boʻriyev) chop etildi.
Oʻzbekistonda E. fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi muammolari maxsus
tadqiqot mavzusi boʻldi (A.Doniyorov va D.Hoshimova). Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy
muassasalarida E. fanining dolzarb muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—2001-yillarda
Termiz va Qarshida etn. tadqiqotlar markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston FA Tarix instituti
etnologiya boʻlimi bu tadqiqotlar yoʻnalishini belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini bajarib
kelmoqda.
Jabborov I., Oʻzbekxalqi etnografiyasi, T., 1994; Shoniyozov K., Oʻzbekxalqining shakllanish
jarayoni, T., 2001; Doniyorov A. X., Oʻzbekiston etnografiyasi tarixidan ayrim lavhalar, T.,
2003; Doniyorov A.X., Mustaqil Oʻzbekiston etnografiyasi tarixshunosligining ayrim
masalalari, T., 2003; Oʻzbekiston etnologiyasi: yangicha qarashlar va yondashuvlar, T., 2004.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyot

Download 101,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish