Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134
Xolbeka Kuntug ‘mishning podsho bo ‘Iganidan bexabar, Zangar
otalaringga vafo qilmadi, sizlarga ham vafo qilm aydi, deya
0
‘g ‘illariga ot-ulov, qurol-yarog‘ berib, bobolariningyurti N o ‘g ‘ayga
jo ‘natadi. Ular Zangar shahridan chiqishda darvozabon qo ‘rboshi
bilan janjallashib, uni о ‘Idirib ketishadi. Sakkiz kecha-kunduz yo 7
bosib 01atog‘ degan joyga yetishadi. Ola tog ‘da o ‘n ming uyli qul
yilqi boqib yurar edi. Yilqilami ко ‘rib Mohiboyning fe ’li aynaydi
va bir to ‘p yilqini hay dab keta boshlaydi. О ‘rtada cho ‘ponlar bilan
qattiq jang bo'ladi. Jangda aka-uka g ‘olib chiqib, barcha yilqilami
N o ‘g ‘ay yurtiga hay dab ketishadi. Besh kunlik yo ‘1 yurgach, ikkalasi
ham horib-charchab, bir yerga q o ‘nib uxlab qolishadi. Bu orada
cho ‘ponlarni ikki yigit о ‘Idirib, yilqilam i haydab ketganini eshitib,
ular ortidan lashkar jo'natgan edi. Lashkaryetib kelib, uxlab yotgan
Gurkiboy va Mohiboyni bandi qilib Zangar shahriga olib ketishadi.


Bu ikki g o ‘dakni bandi qilib, o ‘n kun yo ‘l yurib, o ‘n kun 
deganda Zangar shahriga olib bordi. G urkiboy tavakkal qilib 
ketib borayotibdi, M ohiboy so‘zlab, yig‘lab borayotibdi. Shunda 
bularning kelayotgani Zangar shahriga ovoza b o ‘ldi. H ech bir 
eshitm agan odam qolmadi. «Yangi b o ‘lgan podsho yangi b o ‘lgan 
bandisini to ‘xtovsiz dorga tortadi», — deb ovoza b o ‘lib, yaxshi- 
yom on, yugruk-chobon, x u rd-u kalon, qiz-u juv o n k o ‘cha- 
k o ‘ylarda, tom larning ustiga chiqib, ko ‘rm agan odam qolmadi. 
Bu ikkovini ko ‘rib, yig‘lam agan odam b o ‘lmadi. «Hay attang, 
dunyosi qursin, shunday yosh b ach ch alar o ‘lib ketsa. «Xon 
g‘azabi — Xudo g ‘azabi», degan, chiqmasak b o ‘lar ekan, chiqib 
alam im iz ziyoda b o ‘ldi», — deb m ardum i shahar yig‘lashib, 
orqasidan ergasha berdilar. Endi yangi b o ‘lgan podshodan eshiting.
Arkoni davlat, um aro, vazir-vuzaro, qozi-fuzalo, m ufti-ulamo, 
maliram, yasovul, og‘achi, shig‘ovul — jamiy sipohilari bilan o ‘tirib 
edi. Ikkita go‘dakni olib borib, m anzur qildi. Ikki bandiga ikki 
yangi dor tuzab, qurdirib turib edi. Podsho k o ‘rgandan m ehri 
toblab, otalik m ehri qaynab, bachchalam i ko ‘rgandan uvuz eti 
uv b o ‘lib, to ‘la badani suv b o ‘lib, ko ‘ngli buzilib, bag‘ri ezilib, 
ko ‘zining yoshi tizilib, avvalgi aytib o ‘tirgan gaplariga pushaym on 
yeb: «Kel-e, bu bachchalam ing og‘ziga bir luqm a solay, agar 
bizlar qilganimiz yo‘q desa, ozod qilay, bu bolalar o ‘ldiradigan 
bola emas ekan-ku», — deb ikki bolasiga qarab bir so‘z dedi:
Yurgan yering balandmidi, pastmidi,
Ko‘p odam bandi qip senga qasdmidi,
Oqsuvdan ne deb haydading yilqimni,
Haydaganing yolg‘onmidi, rostmidi?
Yosh bachchalar, ko‘nglingni shod aylayin,
Bu foniy dunyodan faryod aylayin,
Munkir kelsang, bollar ozod aylayin,
Haydaganing yolg‘onmidi, rostmidi?
Bachchalar podshoning bu so‘zini eshitdi. «M unkir kelsa ozod 
b o ‘lar ekan, lekin m ardlik qo‘ldan ketadi», — deb Mohiboy:
— 
E podshoyim, m ardlar o ‘lam an deb so‘zidan qaytmabdi, — 
deb otasiga qarab bir so‘z dedi:


O'laman, deb mard qavlidan toyama,
Yo'qchilik jo'mardning ko‘zin o‘yama,
Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim,
Qo‘lingdan kelganing qilgin, ayama.
Mardlarning parvoyi bo‘lmas o'limdan,
Musulmonman, kalma kelar tilimdan,
O'laman, deb mard ham ikki so'zlarmi,
Munkir kelsam, mardlik ketar qo'limdan.
Shu bolalarni haydab borgan o ‘n ikki ming lashkar birdan 
chuvlab arz qildi:
— 
Taqsir podshoyim , bunday b o ‘yni y o ‘g ‘on bola yem ing 
yuzida yo‘q; taqsir, o ‘n kundan beri haydab kelyapmiz-a, ertadan- 
kechga davur bizlar bilan o ‘rlashib, o ‘r yog‘ini bizlarga bermay 
kelayotibdi. Bunday b o ‘yni yo‘g‘on bolani bizlar sira ko ‘rmay 
kelayotibmiz. Buning b o ‘ynini podsho ingichkartsin, — deb olib 
keldik.
Shunda podsho hayron b o ‘lib, nim a deyarini bilmay qoldi. 
A w aldan hukm b o ‘lgan emasmi, jallod-m irg‘azablar urib-so‘kib 
yangi tikilgan dorga qaratib olib keta berdi. Shunda Xolbeka 
bechora ham ayollar bilan doming oldidagi tomning ustiga chiqqan 
ekan, shunday tiklab qarasa, ikki bolasini ham jallod-m irg‘azablar 
olib kelayotibdi. Bolalarini tanib, ichi o ‘tday yonib, cliirqirab, 
tom dan o ‘zini tashladi...
Alqissa, Xolbekaning aqli shoshib qolgan edi. Jallodlardan ko‘p 
tayoq yeb, nim a derini bilmay, dom i ko‘rgandan, ayol emasmi, 
jo n i chiqib qo ‘rqib, ha derga holi, yurarga majoli b o ‘lmay, dorga 
qarab bir so‘z dedi:
Qaladin qalampir yuklar qalachi,
Durdonadan anbar tog‘ning og‘ochi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, doming og‘ochi.
Shonaman taralar qizlarning sochi,
Madad qiling Bobo Zangi podachi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, doming og‘ochi...


Enasining bu so‘zlariga Gurkiboyning achchig‘i kelib, enasiga 
qarab: «Е sho‘rli, qismati qattiq enam. Bu dunyoga kelib biror 
shod b o ‘lm ay yig‘lab o ‘tgan enam , taqdiringga k o ‘n -d a , bu 
og‘ochning qo‘lidan nim a keladi», — deb bir so‘z dedi:
Bizlar chiqdik, ena, Zangar elidan,
Bog‘bon uzar bog‘ning toza gulidan,
Yig‘lasang Xudoga yig‘la, enajon,
N ima kelar quv og‘ochning qo‘lidan...
Podsholar tolibdir taxt bilan tojga,
Ko‘ngli ketar doyim zakotman bojga,
N ima kelar quv og‘ochning qo‘lidan,
Kofirmiding, elanasan og‘ochga?..
G u rk ib o y q arasa, ja llo d la r M o h in in g b o sh id a, M o h in i 
o ‘ldirm oqchi b o ‘layotibdi. Shunda enasiga aytayotgan so‘zini 
q o ‘yib: « 0 ‘ jallodlar, avval m eni o ‘ldiringlar, m ening oldim da 
M ohi o ‘lmasin, m ening k o ‘zim ko‘rmasin. M ening yoshim katta, 
yo ‘l meniki», — deb jallodlarga qarab, bir so‘z aytayotibdi:
Beklar minar bedov oting tolmasin,
Hech kimsa dunyoda bizday bo‘lmasin,
M endan burun Mohi bebaxt o ‘lmasin,
Mohining o‘ligin ko‘zim ko‘rmasin.
Zolim jallod, bilmaganim bildirgin,
Yig‘latma Mohini, o‘ynab-kuldirgin,
Meni o ‘ldir, Mohini qo‘y, jallodlar,
Yoshim ulug‘, aw al meni o ‘ldirgin.
Shunda Molii zor yig‘lab: «Е jallodlar, gunohni m en qilganman, 
Gurkiboy meni shuncha qaytardi, aytganini qilmadim. Gurkining 
gunohi yo‘q, meni o ‘ldiringlar, Gurkini ozod qilinglar, m en Gurkining 
qoniga zomin bo‘lmayin», — deb jallodlarga qarab bir so‘z dedi:
Qonlar oqsin mening ikki ko‘zimdan,
Yangilmadim aslo aytgan so‘zimdan,
Bu ishda Gurkining yo‘qdir gunohi,
Qancha gunoh bo‘lsa yolg‘iz o‘zimdan...
Hech odam dunyoda bizday bo‘lmasin,
Bizday bo‘lsa bu dunyoga kelmasin,


Meni o ‘ldir, Gurkini ozod aylanglar,
Qoraxonning yurti sabil qolmasin;
N o‘g‘ayning yurti besohib bo‘lmasin,
Mening kasodimga Gurki o‘1masin.
Anda K untug‘mish to ‘ra taxtidan tushib, aqlidan adashib, nim a 
qilarini bilmay shoshib, chopib dom ing ostiga kelsa, tom oshabin 
zich -to ‘p b o ‘lib turibdi, yo ‘l bermaydi. Shunda to ‘ra zor yig‘lab, 
tomoshabinlarga qarab qoch, deb bir so‘z dedi:
Bolam kepti necha tog‘lardan osha,
Tkki zulfl gardaniga yarasha,
Po‘sht-a, po‘sht, tomoshabin jonlarim,
0 ‘lgamiing nesin qilasizlar tomosha.
Qo‘ldan ketib davr ilan davronlarim,
Vayron bo‘lib ko‘shk ilan ayvonlarim,
0 ‘lgamiing nesin qilasizlar tomosha,
Yo‘l beringlar, tomoshabin jonlarim.
Bolamning oldida men dod aylayin,
0 ‘z holima necha faryod aylayin,
0 ‘lgamiing nesin qilasizlar tomosha,
Qochinglar, bolamni ozod aylayin...
Quloq soling gapimning payvastiga,
Mayiblarday ingranadi Kuntug‘mish,
Bo‘zlab bordi zolim doming ostiga.
Odamlar podsho keldi deganiga jallodlar shoshib: «Shu vaqtga 
davur o ‘ldirmabsan, deb bizlami o ‘ldiradi. Shuning uchun kelgan- 
da podsho», — deb Mohiboyga pichoq solmoqqa shosliib, b o ‘ynida 
arqon bilan kurmak boylab, mirg‘azablarga «tort» deb yubordi. Tortib 
yubordi. K untug‘m ish to ‘ra chopib kelib, M ohiboyni suyab, 
jallodlarga: «Qo‘yib yubor ipni», — dedi. Jallodlar ipni qo‘yib 
yubordi. M oh in in g dam i tu tilib , dam i ichiga tushib qoldi. 
Kuntug‘mish to ‘ra Moliini ko‘kragiga olib: «Shamolni ocliinglar», — 
deb har ko‘zidan yetmish qatra yoshini to ‘kib, qaddi bukilib, 
M ohining betiga tiklab turibdi. Gurkiboy ham yig‘lab, ukasining 
oldiga borib: «Voh, ukam dan ayrildim», — deb yig‘lab turgan 
m ahalda, Xolbeka sho‘r ham: «Voh, bolam », — deb qarasa, 
Kuntug‘mish to ‘ra M ohini ko‘kragiga olib, ko‘tarib yig‘lab turibdi. 
Shunda Xolbeka oyim to ‘rasini yulmalab, erini qarg‘ab: «Podsho 
b o ‘lmay b o ‘luvsiz qolgur», — deb erini mushtlab qoldi. Xolbeka


bechora bilsa, Zangarga yangi b o ‘lgan podsho K untug‘m ish to ‘ra 
ekan. Shunda erini tanib, bir so‘z dedi:
Men seni shahzoda dedim, mard dedim,
Sen qanday siynamga qo'ygan dard eding,
Chiqsin ko'zing, tanimading bolangni,
Ne tilingman buni dorga tort, deding...
Armon bilan bilmaganim bildirding,
Zor yig'latib, ko‘zim yoshga to'ldirding,
Ne tilingman buni dorga tort deding,
Podsho bo'lib, o‘z bolangni o'ldirding.
Yura bilmay yurar yo'ldan toyrildim,
Ucha bilmay qanotimdan qayrildim,
Chiqsin ko'zing, tanimading bolangni,
Armon bilan men bolamdan ayrildim.
Men seni shahzoda dedim, mard dedim,
Sen qanday siynamga qo'ygan dard eding.
Xolbeka bechoraning: «Voh, M ohi», — deb yig‘laganiga hech 
kim da to b -toq at qolmadi. K untug‘m ish t o ‘raning: «Bolam», — 
deb n a ’ra tortgan dovushi osm onga yetdi. Gurkiboyning: «Voh, 
ukam», — deb yig‘laganiga hech kim toqat qilolmadi...
Alqissa, shu turgan xaloyiqlar qarasalar, shu qalandarxon 
K untug‘mish to ‘ra ekan, o ‘g ‘ri b o ‘lib q o ‘lga tushgan bachchalar 
qum da qolgan go‘daklar ekan. Arkoni davlat, X olm o‘m in bosh 
b o ‘lib kelib, M ohiboyni suyab ko‘tarib, arkka olib chiqib ketdilar. 
Bir soatdan keyin M ohiboy ko ‘zini ochib, o ‘ziga keldi. Xolbeka 
bechora M ohini bag‘riga olib, quvonib, yuragi yorilib qolay dedi. 
Mohiboyning boshidan tovoq-tovoq tilla-kum ushlam i sadaqa, deb 
chocha berdi.
Endi turgan katta-kichiklar, umarolar, amaldorlar, podshoning 
oldida turgan in ’om li kishilar K untug‘m ish t o ‘ra bilan qayta 
boshdan ko ‘rishib, ixlos-e’tiqodi ziyoda b o ‘lib, Gurkiboy bilan 
M ohiboyni izzat-hurm at qilib, shohona kiyimlar kiygizib, toji 
xisravni boshiga q o ‘yib, qayta boshdan m uborakbod qildilar. 
K u n tu g ‘m ish t o ‘ra h am k o ‘h n a x azin alarin i o ch irib , tilla- 
kum ushni elatiyasiga in ’om -ehson qila berdi. Endi Zangar eliga 
podshoh qirq kun to ‘y berdi.
Zangarning katta-kichigini yig‘ib, ham m asini o ‘zidan rozi 
qilib turgan vaqtida, arkoni davlat turib arz qildi: «Buvraxon 
podsho Azbarxo‘jani zindon qilgan edi, hali o ‘lgani yo‘q, zindonda


yotibdi. Farm oyishlari mima?» K untug‘m ish to ‘ra buyurdi: «Olib 
chiqinglar!»
Azbarxo‘jani zindondan olib chiqdilar. Kuntug‘mish ikki o‘g‘liga 
buyurdi: «Mening «do‘stimdan» o‘clilaringni olinglar. M en do‘stlik 
otini tutganm an, qosliiga bormayman, yuzini ko‘rmayman...»
Shunda M ohiboy bilan G urkiboy q o ‘llariga xanjarni olib, 
Azbarxo‘janing qosliiga bordi. Aytdi: «Huv otam ning «do‘sti», 
bizlarni taniysanm i? Bizlar Zarcham anning ch o ‘lida emaklab 
yig‘lab qolgan bolalar b o ‘lamiz. Sening shu qilgan «yaxshiligingni» 
qaytarm oqchi b o ‘lib keldik», deb ... ikki bola Azbarxo‘jani bosib 
oldi. B aqirtirib, tilin i k o ‘m aklayidan kesib oldi. A zbarxo‘ja 
gapirolmay, h o ‘kizday b o ‘kirib-bo‘kirib, itday b o ‘lib o ‘lib qoldi. 
G avdasini o ‘td a kuydirib, kulini sham olga uchirib yubordi. 
Azbarxo‘janing ishi tam om b o ‘ldi.
K untug‘m ish to ‘ra qirq kun, qirq tu n to ‘y berib, to ‘yi tam om
b o ‘ladigan kuni jam iy arkoni davlatini yig‘ib, X o lm o ‘m inni 
Zangarga podsho qildi. Zangar shahrining jam iy bek, um arolari 
X olm o‘minga dasti bay’at berdi.
Endi K untug‘mish to ‘ra N o ‘g ‘ay elga borm oqchi b o ‘lib, yo‘l 
jabdug‘ini tayyorlay berdi. Qatorda nori bilan, xazinada zari bilan, 
ikkita bolasi qoshida, Xolbeka yori bilan, qancha xizmatkor, qul, 
cho‘ri, kanizaklari bilan jo ‘nadi. Shunda X olm o‘m in Zangam ing 
ulug‘, akobirlari bilan o ‘n kunlik yerga billa kelib, K untug‘mish 
to ‘ra bilan xo‘shlashib, jiyanlari bilan ko‘risliib, yig‘lashib Zangarga 
qarab qaytdi.
K untug‘m ish to ‘ra om on-eson, sihat va salomat yurtiga borib, 
qavm -u qarindoshlari bilan, o ‘zining yor-u jo ‘ralari bilan, elining 
ulug‘, kattalari bilan ko‘risliib, o ‘ynab-kulisliib, otasi Qoraxonning 
toj-taxtiga ega b o ‘lib, davrini sura berdi.
Lekin Qoraxon podsho necha yillardan beri o ‘zining o ‘rniga 
qushbegisini qo ‘yib, K untug‘mishning o ‘tiga kuyib, tagizaminga 
k irib , to a t- ib o d a tg a m a sh g ‘u l b o ‘lib y o tib edi. B e c h o ra
ibodatxonasidan chiqib, yolg‘iz farzandini k o ‘rib, k o ‘rishib, 
nabiralarini ko‘rib, Xolbeka bilan k o ‘rishib, jam iy elini yig‘ib, 
ko ‘hna xazinalarini ochib, qirq kecha-qirq kunduz podshohona 
to ‘y qilib berib, o ‘zining taxtiga K untug‘mish to ‘rani chiqarib, 
o ‘zi boshidan muborakbod qilib, podsho qildi. K untug‘mish to ‘ra 
shunday qilib m urod-m aqsadiga yetdi.



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish