534
- hayot haqidagi tushuncha va tsavvurlarini boyitish, ularning ma’naviyatini
yuksaltirish.
Ta’limiy va tarbiyaviy ishlardan tashqari, maxsus maktabgacha ta’lim
muassasasida barcha mashg‘ulotlarda korreksion ishlar keng tarzda amalga oshiriladi.
Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilot dasturining barcha bo‘limlariga nutq o‘stirish
ishlari - kooreksion ish sifatida kiritilgan. Dasturdagi talablarni amalga oshirishda
nutq o‘stirish ishlari asosiy o‘rin tutadi, chunki bolaning
bilish faoliyatidagi
kamchiliklar nutq o‘stirish
orqali bartaraf etiladi, shu ish asosida korreksion-
pedagogik ishlar amalga oshiriladi.
Nutq va tafakkur bir biri bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan psixik jarayonlar. Ularning
biridagi nuqson ikkiinchisiga albatta ta’sir ko‘rsatadi. Oligofren bolalarning bilish
faoliyatidagi kamchiliklar birlamchi va nutqdagi nuqsonlar ikkilamchi xodisa sifatida
kuzatiladi. Nutq nuqsoni bartaraf etilgani sari bolaning bilish faoliyatidagi
kamchiliklari ham kamayib boradi va aksiincha, bolaning bilish faoliyatidagi
nuqsonlari bartaraf etilgani sari, nutqidagi kamchiliklar ham kamayib boradi.
Ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotida nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida
tarbiyalanuvchilar so‘zning fonetik tuzilishi, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, ma’noli
qismlarga ajratish, ayrim so‘z turkumlari va ularning muhim belgilari bilan
tanishadilar gap va gap bo‘laklari haqida ma’lumot
oladilar maxsus mavzularga
aloqador imlo va tinish belgilari qoidalarini o‘rganadilar. Dasturda
tarbiyalanuvchilarni so‘zning leksik ma’nosi, ko‘p ma’noli, ma’no jihatidan bir-biriga
yakin ma’nodosh so‘zlar bilan tanishtirishga aloxida e’tibor beriladi. Shu bilan birga
tarbiyalanuvchilarda nutqni tinglash iktidori o‘stiriladi, adabiy tilda mulokatda
bo‘lish ko‘nikmalari hosil kilinadi, tilning asosiy belgilariga (tovush, so‘z, gapga )
ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi. Aqli zaif tarbiyalanuvchilarda
kuzatiladigan fonetiko-fonematik harakterdagi nuqsonlar,
nutqning umumiy
rivojlanishi va grammatik komponentdagi nuqsonlar grammatika va imloning
o‘zlashtirilishini ancha qiyinlashtiradi. Tarbiyalanuvchilar tovushlarni idrok etish va
talaffuz qilishga, bir biridan ajratish, analiz va sintez qilishga, ovozning kuchayishi
va pasayishini nazorat qilishga, pauza qilishga, unli va undosh, jarangli va jarangsiz
535
tovushlarni farqlashga o‘rganadilar. Tovush va harflar bo‘limida tarbiyalanuvchilar
nutq tovushlarini eshitib va talaffuz kilib, ularni bir biridan farq qiladigan xolatlarni,
adabiy til talaffuzi qoidalarini o‘rganadilar. So‘zni fonetik
va morfologik taxlil
qilishga asoslanuvchi imlo qoidalarini o‘zlashtirgan holda hatosiz yozish ko‘nikma
va malakalarini hosil qilish ishlariga xam dasturda aloxida o‘rin ajratilgan. Amaliy
mashqlar asosida tarbiyalanuvchilar buyum va narsalarning nomi,harakati,sifatini
bildiradigan so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar. Har bir mashg‘ulotda bolaning og‘zaki
nutqi rivojlantiriladi, bilish faoliyatidagi kamchiliklari izchillik bilan bartaraf etib
boriladi. Pedagog dastur talablariga rioya kilgan holda ishni frontal shaklda barcha
bolalar bilan amalga oshiradi. Biroq ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyalanuvchilaridan ayrimlari guruhdan orqada kolib
ketadilar, ularning bilimlari
dastur talablariga javob bermaydi, ular bilish malakalarini katta qiyinchiliklar bilan
o‘zlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: