O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

3-topshiriq.
Mahmudxo`ja Behbudiyning «Padarkush» dramasidan olingan 
parchani o`qing. Dramatik janrning o`ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring. 
D o m l a: — Shariat ilmi va zaruriyati diniya bilmoq uchun boyvachchani o`qutmak, 
albatta, sizga lozimdur. 
B o y: — Shariat ilmini o`qutmakni lozim bilmayman, chunki ani mufti yo imom va 
muazzin qilmoqchi emasman. Azbaski, davlatim anga yetar. 
D o m l a: — Zaruroti diniyaga na dersiz? 
B o y: — Men o`zum besh vaqt nomozni keraklik duolari ila bilurman. O`zum 
o`rgaturman. 
D o m l a: — Xat va savodga na dersiz? Holbuki, savodi yo`q odam hech nimaga 
yaramaydur. 
B o y: — Bu fikringiz g`alat, chunki meni savodim yo`q, bovujud shul shahrimizni katta 
boylaridandurman va har ishni bilurman. 
D o m l a: — Siz ilgari zamonda bir navi ila boy bo`lubsiz, ammo endi boy bo`lmoq 
nari tursun, faqat ro`zg`or o`tkarmak uchun ilm kerak... 
4-topshiriq
. Sherni o`qing, uslubiy xossalarini aniqlang. Badiiy uslubning 
o`ziga xos xususiyatlarini toping. 


86 
BOBUR DARDI 
Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim,
Qaytib ona tuprog`imga ketolmadim.
Farg`onada qolmish do`st-u o`rtoqlarim,
Qaytib ular visoliga yetolmadim,
Amudaryo, suvlaringdan o`tolmadim... 
Qorlar erir bu daryolar oqar toshib,
Ketgim kelar ona yurtga tog`lar oshib,
Lekin dushman yo`lim to`sgay doim shoshib,
Ona diyor, visolingga yetolmayman,
Amudaryo, suvlaringdan o`tolmayman...
Dushmanlarning qo`li uzun zamon bo`ldi,
Ona yurtim yov qo`lida tamom bo`ldi,
Тashlab chiqdim — bu ishim ko`p yomon bo`ldi,
Qaytib endi u yoqlarga yetolmayman,
Amudaryo, suvlaringdan o`tolmayman.
Vafo qilmay jafo qildi do`st-u yorim,
Hind —afg`onga boshlab keldi nomus, orim,
Qaytmoq uchun garchi ko`pdir ixtiyorim,
Lekin ortga qaytolmayman, ketolmayman,
 
Amudaryo suvlaringdan o`tolmayman...
(Abdulhay Sobirov)
5-topshiriq.
O`qing, matnning qaysi uslubga xos ekanligini ayting. 
1. Qorda ko`milgan izni dadam ko`ribdi shekilli, kechqurun oyimdan so`radi:
— Kimga ko`mir berding? 
Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi. 
— Habiba buvi shamollab qopti. Ko`miri yo`q ekan, oborib berdim. Dadam oyimni 
urushmadi. (O`. Hoshimov) 
2. Ona tili hayotning qon tomiridir. Ona tiliga beparvo bo`lgan xalq halokatga 
mahkum. Diniga, ma'rifatiga, xulq-atvoriga, kiyim-kechagiga va hayot tarziga ko`ra 
o`zaro ko`p mushtaraklikka ega bo`lgan Ovro`pa xalqlari, shunga qaramay, har qaysisi 
o`z ona tilini saqlab qola bilgan. Ular ona tillari uchun jonlarini ham, mollarini ham 
ayamaydilar, chunki biladilarki, til yo`q bo`lsa, millat ham yo`q bo`lib ketadi. 
(Ismoilbek G`aspirali) 


87 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish