Savol va topshiriqlar:
1.
Milliy qadriyatlar qanday tushuncha ?
2.
Milliy ma'naviy me'ros qanday me'ros ?
3.
«Qadriyat» tushunchasi qanday tushuncha?
GRAMMATIKA: O`ZBEK TILIDA SO`Z YASALISHI
Reja:
1.
So`z yasalishi — tilshunoslik bo`limi sifatida.
2.
Yetakchi va ko`makchi morfema.
3.
So`z yasalish usullari.
Tayanch tushunchalar
: so`z yasalishi, affiks, suffiks, asos, yetakchi morfema,
ko`makchi morfema, morf, affiksatsiya, kompozitsiya, sintaktik usul.
So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma'noli
so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni
o`rganadi. «So`z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo`llanadi: 1)
tilshunoslikning so`z yasalishi bilan bog`liq hodisalarni tekshiruvchi bo`limini; 2)
umuman so`z yasalishi, so`z hosil qilinishini bildiradi.
Nutqda so`zlar tub yoki yasama shaklda qo`llanadi. Yasovchi affikslarga yoki
yasovchi qismlarga ega bo`lmagan so`z tub so`z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non,
havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o`n, yigirma, biz, hamma, bazi, bormoq, kelmoq,
o`qimoq, sekin, birga, hozir va h.k. Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so`z
26
yasama so`z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog`bon, gulzor, jonlan, birlash, ko`kar,
sezgir, zavqli so`zlari o`zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -
li) qo`shish usuli bilan yasalgan bo`lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk,
sohibjamol, sofdil, erksevar so`zlari so`zlarni yoki so`z shakllarini qo`shish, biriktirish
usuli bilan hosil qilingan.
Tilda mavjud bo`lgan so`z (yoki so`zlar, so`z shakllar negizida ma'lum usullar
bilan yangi ma'nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi. O`zbek tilida so`z
yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari
bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va yetakchi usullar
hisoblanadi.
Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil
qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq,
tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha,
ertalab va boshqalar.
So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z
o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba'zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida
qo`shilib, yangi ma'nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat,
bamani, beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe'l, badbashara va h.k. O`zbek tilida
so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin
turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar
tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona,
qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma'noli so`z yoki so`z shakllarining
qo`shiluvi, birikuvi orqali yangi so`z yasash kompozitsiya usuli bilan so`z yasash
deyiladi. Bu usul bilan qo`shma, ayrim juft so`zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta,
gultojixo`roz, asalari, tomorqa, xushfe'l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havorang, e'lon
qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gal, yonma-yon, zo`r-bazo`r, ketma-
ket va b.
Fonetik usul. Bu usulga ko`ra, so`zda fonetik o`zgarish yuz berib, yangi so`z hosil
qilinadi. Chunonchi, so`z urg`usining o`rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so`z
turkumiga doir so`zlar hosil bo`lishi mumkin: yo`zma — fe'l, yozma — sifat, suzma —
fe'l, suzma — ot, fizik — ot, fizik — sifat, akademik — ot, akademik — sifat va b.
Semantik usul. Bu usulga binoan, so`z ma'nosida o`zgarish ro`y berib, ma'nosi
boshqa-boshqa, shaklan o`xshash yangi so`z hosil bo`ladi: kun — sutkaning yorug`
27
qismi, kun - quyosh, planeta; ko`k — osmon, ko`k - havorangga o`xshash rang, bir —
son, birga, birdan, birda — ravish.
Fonetik va semantik usul hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy so`z
yasash usullari deb qaraladi.
Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko`ra, bir butun holda qo`llanadigan to`g`ri ma'noli
turg`un birikmalarning qismlari har xil yo`l bilan qisqartirilib so`z hosil qilinadi. Bu usul
rus tilidan kirgan bo`lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT — Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, ATS — Avtomatik
telefon stantsiyasi, ToshMI — Toshkent Meditsina instituti, filfak — filologiya
fakulteti, akademlitsey — akademik litsey, peduniversitet — pedagogika universiteti va
b.
Grammatika — tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning bo`limi.
Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z birikmasi, gap
hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidir.
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so`z
turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa, sintaksisda so`zlarning
bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi.
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo
leksikologiya leksik so`zni — leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni —
so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |