234
Tayanch tushunchalar:
farmoyish hujjatlari, leksik xususiyat,
stilistik xususiyat,
buyruq, qaror, nizom, farmon, nutqiy qolip, matn tayyorlash.
Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal
qilish maqsadida buyruq, farmoyish, ko`rsatma kabi farmoyish hujjatlari tayyorlanadi.
Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar,
huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan
kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish)
va farmoyish
qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit
ko`rsatiladi, asos qilingan buyruq (hujjat)ga havola qilinadi.
Asoslashga ehtiyoj
bo`lmagan hollarda to`g`ridan to`g`ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so`zini bosh harflar
bilan ikki nuqta qo`yib yozishdan boshlanadi. Shundan so`ng farmoyish yoziladi. Agar
farmoyish bir nechta bo`lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi
felning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin,
belgilansin,
o`tkazilsin, qabul qilinsin kabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga
yuklatilgani, bazan esa ilgarigi joriy yoki boshqa hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi.
Bazan farmoyishdan so`ng buyruqqa asos bo`lgan hujjat nomi ham ko`rsatiladi.
Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
— hujjat jo`natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini,
mansabdor shaxs ismi,
otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to`la muvofiq holda
yozish;
— hujjat matniga aniq sarlavha qo`yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan:
XIZMAT SAFARI HAQIDA;
— hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o`rniga muvofiq joylashtirish, tartibi,
harflar hajmini to`g`ri belgilash;
— gap qurilishida so`zlar tartibiga qatiy rioya qilish;
— matnda ko`chma manoli so`z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi
birikmalarni, mavhum manoli so`zlarni qo`llamaslik;
— murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan
foydalanmaslik;
— norasmiy va asoslanmagan malumot yoki dalillarni kiritmaslik;
— muayyan andozaga solingan, qoliрlangan, soha atamasi
sifatida qabul qilingan
birikmalarni qo`llash;
— qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo`llamaslik;
235
— so`zlar va gaplarda imlo meyorlariga amal qilish, tinish belgilarni o`z o`rniga to`g`ri
qo`yish, tuzatish yoki o`chirishlarga yo`l qo`ymaslik;
— matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi, familiyasini aniq
ko`rsatish. Masalan: 2010- yilning 18- oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov
kabi.
NAMUNA:
Vazirlik nomi
Muassasa nomi
SARLAVHASI
00.00.0
joyi №____
B U Y R U Q
Asoslovchi (kirish) qismi
______________________________________________________
______________________________________________________
______________________________________________________
BUYURAMAN:
1.______________________________________________________
2.______________________________________________________
3. ______________________________
4. Buyruq ijrosini nazorat qilish_______________
zimmasiga yuklatilsin (lavozimi va familiyasi to liq yoziladi)
Direktor: (imzo)
I.Familiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: