maʼrvza: Elektr energiyasini kashf etilish tarixi. Reja: Elektr energiyani ishlatishning dastlabki davrlari


Elektr energetikasida yoritish kashfiyotlar tarixi



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#795810
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
resources-4

Elektr energetikasida yoritish kashfiyotlar tarixi. 
 
Elektr yoyli chiroqlar

uni dastlab 1803 yili rus olimi Vasiliy Petrov kashf 
qildi. Oradan etti yil oʻtgach, ingliz fizigi Devi ham xuddi Shunday ixtiro sohibiga 
aylandi. Ikkala olim bir-biridan bexabar holda yaratgan bu qurilmaning nur 
sochishi volta, yaʼni elektr yoyiga asoslangan boʻlib, ishlash tartibi soddagina edi: 
bir xil elementli batareyalardan iborat va kuchli toʻk manbaiga ulangan ikkita 
metall simning uchlari avval oʻzaro tutashtirilib, soʻngra bir-biridan bir necha 
millimetrga uzoqlashtirilsa, ularning oʻrtasida ajabtovur yorugʻlik paydo boʻlardi. 
Bordi-yu, simlar oʻrniga pista koʻmirdan yasalgan uchi oʻtkir sterjenlar qoʻllanilsa, 
nur koʻzni qamashtiradigan darajada yorqinlashardi. Biroq moslamaning ikkita 


jiddiy kamchiligi bor edi. Avvalo, koʻmir sterjenlar tez yonib tugardi. Bu elektrod 
bop boshlqa material topishni taqozo qilardi. Ikkinchidan, bir maromda nur 
taratishi uchun sterjenlararo masofani doimo me’yorida saqlash, ularni uzluksiz 
bir-biri tomon surib, yaqinlashtirib turish shart edi. Aks holda, oqibati tayin edi: 
oraliq masofa bilinar-bilinmas darajada uzaysa ham, chiroq nuri pirpirab, koʻzni 
toliqtirar, oxiri miltillab oʻchib qolardi. 
1844 yili fransuz fizigi Fuko yoylari oʻrtasidagi masofa qoʻlda sozlanadigan elektr 
chiroqqa asos soldi. Koʻmir sterjenni esa qattiq koks daraxti yogʻochidan 
tayyorlangan tayoqchaga almashtirdi. Koʻp oʻtmay ixtirosini Parij ahli e’tiboriga 
havola qildi. Aksariya ixtirochilar esa turli jabhalarda keng foydalanish uchun 
qoʻshimcha uskunalar yordamisiz nur sochadigan chiroq yaratish zarur, degan 
xulosaga kelishdi. 
Akademik Breg ustaxonasida ishlayotgan rus elektrotexnigi Yablochkov 1876 yili 
amaliy javob topdi. U ikkita qalin, pishiq-puxta koʻmir sterjenni parallel holatda 
joylashtirib, tag qismlarini gipsli plastinkaga mahkamladi. Plastinka ularni bir-
biridan ajratishga va uchlarida elektr yoyi hosil boʻlishiga xizmat qilardi. Sterjenlar 
yonib tugayotganida esa oʻzi ham issiqlikdan erib, bugʻlanib ketardi. 
Yablochkov loyihasi boʻyicha yasalgan elektr chiroqlar ham ilk bor Parijda 
porladi. Keyinchalik boshqa mamlakatlar koʻcha-xiyobonlarini ham tunlari nurga 
choʻlgʻadi. Lekin ular uzoq ishlamas, koʻmir sterjenlar koʻpi ikki soatda yonib 
tugardi. Ayni muammo ustida uzoq vaqt bosh qotirgan tadqiqotchilar bu chiroqni 
ichida havo yoʻq shisha idishga joylashtirish maqsadga muvofiq degan toʻxtamga 
kelishdi. Bunga erishish esa oson kechmadi. Kislorodni soʻrib olishga oid 
urinishlar hadeganda samara bermadi. Ana shunday bir vaziyatda amerikalik olim 
Jandus maslakdoshlari joniga aro kirdi. U idish ichiga lampaning oʻzini toʻligʻicha 
emas, balki faqat elektrodlarini joylashtirish kifoya, degan gʻoyani olgʻa surdi. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish