-12
-
Binobarin, rahbar faqat boshliq emas, balki murabbiy ham bo‘lishi bilan
birga, o‘zini ishonchli odam, ishchan va epchil xizmatchi sifatida ko‘rsata
olishi, xayrixohlik bilan hamsuhbatini tinglay olishi, o‘zining sabrsizligini,
ayniqsa, beparvoligini va suhbatdoshni yoqtirmasligini sezdirmasligi kerak
bo‘ladi. Shuningdek, rahbar sport maktabida murabbiylar bilan to‘g‘ri
munosabatni
o‘rnata
bilishi,
qarindosh-urug‘chilik
va
oshna-
og‘aynigarchilikka yo‘l qo‘ymasligi, BO‘SM xodimlarining hayotiy
muammolarini еchishga yordam berishi, moliyaviy masalalarda haqgo‘y va
beg‘araz bo‘lishi, psixologik muhit (iliq ruhiy iqlim)ni yarata olishi va
jamoada hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olishi ayni muddaodir.
BO‘SM rahbarining ish uslubi, omilkorligi va tadbirkorligi bugungi kun
talablariga mos kelishi darkor, undan tashabbuskorlik va eng muhimi, ijodiy
fikr yurgizish qobiliyati talab qilinadi. BO‘SM rahbari boshqalarga o‘rnak
bo‘ladigan shaxsiy sifat va fazilatlar bilan birga, yuksak bilimga, siyosiy ong
va tafakkur egasi bo‘lishi, adolatli va kamtarin inson bo‘lishi, sezgir va
e’tiborli bo‘lib,
pedagogik jamoa, ota-onalar, jamoatchilik fikrini ilg‘ay
olishi, keng dunyoqarashli, izlanuvchan, ilg‘or g‘oyalarga ijobiy baho
beruvchi shaxs bo‘lishi ham talab etiladi.
BO‘SM rahbari muloqotda o‘z qarorini bildiribgina qolmay,
jamoaga
ta’sir ko‘rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va
xohish uyg‘otishi zarur. Rahbarning qo‘pol gapirishi, baqirishi, so‘kinishi
qat’iyan man qilinadi, chunki uning shaxsiy obro‘si ko‘p jihatdan o‘z fikrini
qay tarzda bildirishiga, qanday so‘zlashiga ham bog‘liq. Rahbar pedagogik
intuitsiya, odob, nazokat egasi bo‘lishi lozim.
BO‘SM va boshqa sport ta’lim muassasalarida rahbarlar bugungi
axborotlashuv, tezkor o‘zgarishlarni anglab еtishi va ularga vaqtida javob
berishi juda ahamiyatlidir. Bugungi kunning rahbari bilimli, o‘qib-uqib
olgan, har bir soha bilimlarini
muntazam egallay oladigan, o‘zi uchun
yangilik yarata oladigan, ma’naviy dunyosi qanchalik boy bo‘lsa, jamoa
hayoti mazmunan shunchalik boy va qiziqarli bo‘ladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan rahbar kadrlarga
qo‘yilgan asosiy talablar yoki rahbar qanday bo‘lishini har bir qadamda
eslab turadigan quyidagi sifatlarga e’tibor beraylik:
-rahbar ko‘ngli ochiq, qalbi va ko‘ngli toza, yuksak aql-zakovat sohibi,
salohiyatli va har tomonlama shakllangan bo‘lishi kerak;
-rahbar o‘zini
tarbiya qilgan, bilim va maxorat bergan. ishonch
bildirilib, yuksak martabaga munosib ko‘rgan el-yurtiga halol xizmat qilishi,
zimmasidagi masuliyatni doimo xis qilib yashamog‘i kerak;
-13
-
-rahbar aqlli, tajribali, o‘z ishining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarga
tayanmog‘i, ularning fikriga quloq solmog‘i va shunga asoslanib xulosa
chiqarmog‘i lozim;
-rahbarning barcha ishlari xalqimiz hayotiga ijodiy ta’sir ko‘rsatmog‘i
kerak. Kimlargadir yaxshi ko‘rinish, maqtanish uchun qilingan ish rahbarni
obro‘sini to‘kadi;
-rahbarda xalqi va Vataniga fidoiylik,
tashabbuskorlik, qat’iyat va
talabchanlik bo‘lishi shart. Talabchanlikni zo‘ravonlikka, kat’iyatni
manmanlikka aylantirish o‘ta kaltabinlikdir. Manmanlik, zo‘ravonlik,
o‘zgalar fikriga qulok solmaslik rahbar kadrlarni yaxshi mutaxassislar,
fidoyilar, sodda va samimiy odamlardan uzoqlashtirib qo‘yadi. Rahbarning
qo‘l ostidagi murabbiy va mutaxassislarni ko‘pchilik oldida shaxsiga tegib
haqoratlashi uning ojizligidan, o‘z vazifasiga noloyiqligidan darak beradi;
-rahbar hech qachon fisqu-fasod va g‘iybat, maishatbozlikka va
axloqsizlikka berilmasligi kerak. Rahbar o‘zidan oldingi rahbarda ishlagan
yaxshi mutaxassislarni ishdan bo‘shatishi va o‘ziga raqib deb bilishi
achinarli hol bo‘lib, muassasa manfaatlariga jiddiy zarar еtkazadi;
-rahbar maqtovdan boshi aylanib, “dohiylik kasali”ga
chalinib
qolmasligi kerak. Chunki bunday rahbarlar atrofida o‘z manfatlarini
o‘ylovchi "maslahatgo‘ylar", "amalparast", laganbardor, poraxo‘r, oddiy
odamlarga zug‘um o‘tkazuvchi odamlar to‘planib qoladi va oqibatda xalq va
davlat manfaatlariga jiddiy ziyon еtadi;
-rahbar nafs balosiga qarshi turmog‘i, o‘z xodimlarini ham bu balodan
asramog‘i kerak. Rahbar aslo adolatsizlikka yo‘l qo‘ymasligi, barchani teng
ko‘rishi, kadrlarni o‘ziniki yoki begonaga ajratmasligi zarur;
-rahbar o‘z shaxsiy hayoti va turmush kechirishida ham boshqalarga
o‘rnak bo‘lishi, barcha ishlari ochiq va oshkora bo‘lishi lozim hamda vaqti-
vaqti bilan BO‘SM xodimlari oldida hisobot berib turishi rahbarga obro‘
keltiradi;
-rahbar o‘z g‘oyasi, fikri, harakat dasturiga ega bo‘lishi bilan birga,
barchani
ona-yurt taraqqiyotiga, xalqimizning tinch-totuvligi, farovonligi
yo‘lida yagona g‘oya atrofida jipslashtirishi shart.
-“Ommaviy madaniyat”, narkobiznes, odam savdosi va missionerlik
kabi milliy va diniy qadriyatlarimizga bolta uradigan buzg‘unchi g‘oyalar
va chaqiriqlar juda ko‘p uchraydi.