162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish
Ushbu Kodeksning
157
va
158-moddalarida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda
surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan
topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qo‘yishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu
Kodeksning
224-moddasiga
asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat
sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar
mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qo‘yishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda
shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bayonnomasi ushbu Kodeksning
163-moddasi
talablariga rioya qilgan
holda tuziladi.
(162-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish ushbu Kodeksning
157 — 161-moddalarida
ko‘rsatilgan qoidalar
asosida o‘tkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim
chiqarilmasdan o‘tkazilishi mumkin:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) gumon qilinuvchini ushlash chog‘ida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat
sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar bo‘lganda (ushbu
Kodeksning
224-moddasi
);
(162-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
2) gumon qilinuvchi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga
olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning
225-moddasiga
asosan bayonnoma tuzilganda;
(162-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilayotganida,
basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun
ahamiyatga molik narsa va hujjatlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylashga yetarli asoslar bo‘lganida;
4) olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qo‘yish
va tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga ko‘ra olinishi zarur bo‘lgan narsa yoki hujjatlarni
o‘z yonida yashirincha saqlamoqda deb o‘ylash uchun yetarli asoslar bo‘lganida.
Oldingi
tahrirga qarang.
Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qo‘yish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi
mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.
(162-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |