Asosiy qoidalar


-modda. Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish vaqtida hozir bo‘ladigan shaxslar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

160-modda. Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish vaqtida hozir bo‘ladigan shaxslar
Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishda xolislar, zarurat bo‘lgan taqdirda mutaxassis va tarjimon
ham ishtirok etadilar.
Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish jarayonida bu harakatlar uyida o‘tkazilayotgan shaxsning o‘zi
yoki hech bo‘lmaganda uning voyaga yetgan oila a’zolaridan birining ishtirok etishi ta’minlanishi
lozim. Basharti ularning ishtirok etishini ta’minlashga imkon bo‘lmasa, tegishli hokimlik yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakili taklif qilinadi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qo‘yish yoki
tintuv ularning vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkazilishidan avval ularning surishtiruvchi
yoki tergovchining barcha harakatlari chog‘ida hozir bo‘lish hamda ana shu harakatlar xususida arz
qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart.
161-modda. Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi
Tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning
sanksiyasi bilan o‘tkaziladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv prokurorning sanksiyasisiz
o‘tkazilishi mumkin, lekin bunday holda keyinchalik shu o‘tkazilgan tintuv haqida yigirma to‘rt soat
ichida prokurorga xabar qilinadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar surishtiruvchi yoki tergovchining
prokurorga yuborgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim. Xabarnomaning nusxasi ishga qo‘shib
qo‘yiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga
asosan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa va hujjatlarni qidirib topish maqsadida turar joyga yoki
boshqa binoga kirishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishga kirishishdan oldin olib qo‘yish yoki
tintuv o‘tkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qo‘ydirishi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazilayotgan binoda yoki o‘zga joyda turgan
shaxslarning olib qo‘yish yoki tintuv tamom bo‘lgunga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini,
shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qo‘yishga
haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo‘yish chog‘ida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan so‘ng
olinishi lozim bo‘lgan narsa va hujjatlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan
taqdirda majburiy ravishda oladi. Basharti bu narsa va hujjatlar olib qo‘yishni amalga oshirish
to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv o‘tkaziladi.
Surishtiruvchi, tergovchi tintuv o‘tkazishga kirishayotganida qaror yoki ajrim taqdim
etganidan so‘ng, olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan narsa va hujjatlarni berishni taklif qiladi. Basharti ular
ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qo‘yish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsa yoki hujjatlar
berilmasa yoxud to‘liq holda topshirilmagan bo‘lsa, tintuv o‘tkaziladi. Tintuv chog‘ida bu xususdagi
qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan narsa yoki hujjatlar qidiriladi va olinadi. Ish uchun ahamiyatga
molik boshqa narsa yoki hujjatlar, shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda,


ular ham olib qo‘yilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsa yoki hujjatlarni olib qo‘yishga
undagan asoslar tintuv o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomada aks ettiriladi.
Olinayotgan narsa va hujjatlarning hammasi xolislarga, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishda
ishtirok etgan boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi, bayonnomada to‘liq aks ettiriladi, zarurat bo‘lgan
taqdirda o‘ralib, muhrlanadi. O‘ralgan va muhrlangan narsa va hujjatlarni keyingi tergov davomida
ochishga faqat xolislar ishtirokida yo‘l qo‘yiladi.
Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni
uning egasi o‘z ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchining, tergovchining o‘zi
ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat bo‘lmaganda qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning
shikastlantirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish